Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
GEOGRAFIYA FANINING MAKTAB OʻQUVCHILARI HAYOTIDA TUTGAN OʻRNI
Jaksimuratov Azamat Bekmurat uli (Nukus davlat pedagogika instituti geografiya va iqtisodiy bilim asoslari bakalavr ta’lim yoʻnalishi 3-kurs talabasi, Kegeyli tumani 10-sonli umumta’lim maktabi geografiya va iqtisodiy bilim asoslari fani oʻqituvchisi)
Международный журнал научных исследователей · 10 · 2025
Аннотация
Geografiya fani maktab ta’limida oʻquvchilarning ilmiy va amaliy koʻnikmalarini shakllantirishda muhim ahamiyatga ega. Ushbu maqolada geografiyaning oʻquvchilarga taqdim etadigan bilimlar, amaliy koʻnikmalar va ekologik ongini rivojlantirishdagi roli tahlil etilgan. Geografiya fani nafaqat oʻquvchilarga tabiiy va ijtimoiy jarayonlarni oʻrganishga yordam beradi, balki ularda mantiqiy fikrlash, ekologik ma’suliyat va jamiyatdagi oʻrnini tushunish kabi koʻnikmalarni ham rivojlantiradi. Innovatsion pedagogik yondashuvlar, masalan, GAT texnologiyalari va interaktiv darslar geografiya fanini oʻquvchilarga yanada samarali va qiziqarli qilibtaqdim etishdamuhimvositalarhisoblanadi. Kalit soʻzlar:Geografiya, ta’lim, oʻquvchilar, ekologiya, ekologik ong, innovatsion pedagogika, GAT texnologiyalari, amaliy koʻnikmalar, jamiyat, mantiqiy fikrlash. Kirish. Geografiya fani ta’lim tizimida oʻquvchilarning nafaqat ilmiy bilimlarini, balki ularning shaxsiy rivojlanishini, ijtimoiy ongini va ekologik ma’suliyatini shakllantirishda muhim rol oʻynaydi. Bu fan oʻquvchilarga sayyoramizning tabiiy va ijtimoiy tizimlarini, iqtisodiy va ekologik jarayonlarni tushunishga yordam beradi. Geografiya darslarida oʻrgatilgan bilimlar nafaqat nazariy, balki amaliy ahamiyatga ega boʻlib, oʻquvchilarning dunyoqarashini kengaytiradi va ularni zamonaviy hayotda muvaffaqiyatli boʻlishga tayyorlaydi. Geografiyaning oʻquvchilarga oʻrganish jarayonidagi ahamiyati shundaki, bu fan oʻquvchilarga nafaqat ma’lum bir hudud yoki mamlakat haqida ma’lumot beradi, balki ularning koʻnikmalarini ham rivojlantiradi. Kartalar bilan ishlash, geografik axborotlarni tahlil qilish, global muammolarni tushunish va ularga yechim topish kabi koʻnikmalarni oʻrgatish geografiya fanining asosiy vazifalaridan biridir. Shu bilan birga, geografiya oʻquvchilarda tabiiy resurslarni tejashga, iqlim oʻzgarishlariga, ekologik muammolarga nisbatan ma’suliyatli boʻlishni shakllantiradi. Bugungi kunda, geografiya fani nafaqat tabiiy fanlar qatorida, balki aniq va ijtimoiy- gumanitar fanlar bilan ham chambarchas bogʻliq boʻlib, oʻquvchilarga nafaqat ilmiy, balki ijtimoiy va madaniy jihatdan ham keng qarashni taklif etadi. Ushbu maqolada, geografiyaning maktab ta’limidagi oʻrni, uning oʻquvchilarning bilimlarini kengaytirishdagi, amaliy koʻnikmalarni shakllantirishdagi, ekologik ongni rivojlantirishdagi va ijtimoiy ma’suliyatni oshirishdagi oʻrni muhokamaqilinadi. Asosiy qism. Geografiya fani oʻquvchilarning dunyoqarashini shakllantirishda, ularning ilmiy, aqliy va amaliy koʻnikmalarini rivojlantirishda muhim rol oʻynaydi. Geografiyani oʻrgatish orqali oʻquvchilar tabiat, jamiyat, iqtisodiyot va ekologiya haqidagi bilimlarni olishadi. Bu bilimlar ularni faqat oʻqitish bilan cheklanmay, balki ularning kundalik hayotida ham qoʻllanilishi mumkin boʻlgan koʻnikmalarni shakllantiradi. Geografiya fanining ta’lim tizimidagi ahamiyati shundaki, u oʻquvchilarga nafaqat oʻz hududlarini va mamlakatlarini, balki, butun dunyoni tushunishga yordam beradi. Hozirgi kunda ekologik muammolar, iqlim oʻzgarishlari, suv resurslarining kamayishi kabi global muammolar nafaqat olimlar, balki har bir insonni ham xavotirga solmoqda. 558 INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS ISSN:3030-332X Impact factor: 8,293 Volume 10,issue1,February 2025 https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR worldly knowledge Index: googlescholar, research gate, research bib, zenodo,open aire. https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X Geografiya darslarida oʻrgatilgan tabiiy resurslarning kamayishi, ekologik muvozanatning buzilishi kabi masalalar oʻquvchilarda atrof-muhitga boʻlgan ma’suliyatni rivojlantiradi. Bu fanning asosiy maqsadlaridan biri oʻquvchilarni ekologik ongli, atrof-muhitga eʻtiborli shaxslar sifatida tarbiyalashdir. Oʻquvchilar geografiya darslari orqali oʻzgaruvchan tabiiy sharoitlarga moslashishga, resurslarni tejashga va ekologik xavfsizlikni ta’minlashga oid bilimlarni oʻzlashtiradilar. Geografiya fanini oʻrgatish oʻquvchilarda amaliy koʻnikmalarni ham rivojlantiradi. Kartalar bilan ishlash, geografik axborotlarni tahlil qilish, statistik ma’lumotlarni oʻqish va tahlil qilish kabi koʻnikmalar, oʻquvchilarga nafaqat taʻlim jarayonida, balki kundalik hayotda ham foydalidir. Bularning barchasi oʻquvchilarda mantiqiy fikrlashni, analitik yondashuvni rivojlantiradi. Geografiya darslarida qoʻllaniladigan innovatsion pedagogik yondashuvlar, masalan, GAT (Geografik axborot tizimlari) texnologiyalaridan foydalanish, oʻquvchilarning amaliy koʻnikmalarini oshirishga yordam beradi. Geografiyaning oʻquvchilarda ijodkorlikni rivojlantirishdagi oʻrni ham katta. Geografiya oʻqituvchilari oʻquvchilarda yangi gʻoyalarni yaratish, geografik muammolarni hal etishda ijodiy yondashuvlarni qoʻllashni ragʻbatlantiradilar. Oʻquvchilar, geografik masalalarni yechishda oʻz fikrlarini erk
Доказательный фрагмент
«Geografiya fani maktab ta’limida oʻquvchilarning ilmiy va amaliy koʻnikmalarini shakllantirishda muhim ahamiyatga ega.»
Образец извлечения
Демо-превьюGeografiya fani maktab ta’limida oʻquvchilarning ilmiy va amaliy koʻnikmalarini shakllantirishda muhim ahamiyatga ega. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- ekologik ong, mantiqiy fikrlash., amaliy koʻnikmalar, ta’lim, Geografiya, innovatsion pedagogika, oʻquvchilar, GAT texnologiyalari, jamiyat, ekologiya
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
УчебникиМ.Исаова, Р.Хасанов +32014
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024