К содержанию
РецензированоUZ2024

YOSH YENGIL ATLETIKACHILARNI TAYYORLASH USULLARI

YOSHYENGIL ATLETIKACHILARNI TAYYORLASHUSULLARI · Axrorjon Nuriddinov

Международный журнал научных исследователей · 9 · 2024

Аннотация

Ushbu maqolada yengil atletika sporti bilan shug’ullanuvchi yosh atletlarning tayyorgarlik jarayonlarida kerak bo‘ladigan usullar va sport qoidalari haqida ma’lumotlar keltirilgan. Kalitso‘zlar: sakrash, yugurish, tezlik,sport, uchish, harakat, mushak. KIRISH Gorizontal tezlikni vertikal tezlikka o‘tkazish samaradorligini belgilab beruvchi omillardan biri depsinadigan oyoqni qo‘yish burchagi hisoblanadi. Hamma sakrashlarda oyoq itarilish joyiga tez, chaqqon va qattiq qo‘yiladi, oyoq kafti tayanchga tegishi bilanoq u tizza bo‘g’imidan tekislanishi kerak. Depsinadigan oyoqni qo‘yish burchagi oyoqni qo‘yish joyi va UOMni sirt chizig’i bilan bog’lovchi oyoqning uzunasiga o‘qi bo‘yicha aniqlanadi. Gorizontal tezlikni vertikaliga qancha ko‘proq o‘tkazish kerak bo‘lsa, oyoqni qo‘yish burchagi shuncha kichikroq (o‘tkirroq) bo‘ladi, oyoq UOM proyeksiyasidan uzoqroqqa qo‘yiladi. Tekislangan depsinadigan oyoqni qattiq va tez qo‘yish yana shunga bog’liqki, tekis oyoq yuklamani yengilroq ko‘taradi, tayanchga beriladigan bosim itarilishning birinchi qismida sakrovchining tana og’irligidan bir necha marta ortiq bo‘ladi. Oyoqni qo‘yishpaytida oyoq mushaklari zo‘riqqan bo‘ladi, bu egiluvchan amortizatsiyaga va mushaklarning qayishqoq tarkiblarining samaraliroq cho‘zilishiga yordam beradi. Anatomiyadan ma’lumki, zo‘riqqan mushaklar ular cho‘zilganda keyinchalik katta mushak kuchlanishlarini hosil qiladi. Depsinishning birinchi qismida itariladigan oyoqning gorizontal tezligi va to‘xtatuvchi harakati, qadam tashlaydigan oyoq va qo‘llar harakatining inertsiya kuchlari hisobiga tayanchga bosim o‘tkazish kuchi oshadi; UOMning kamayishi uzatiladi (kamayish kattaligi sakrash turiga bog’liq); zo‘riqqan mushaklar va boylamlarni cho‘ziltirish amalga oshiriladi. Ikkinchi, yaratuvchi qismida tayanchreaksiyasi kuchining oshishi natijasida sakrovchi tanasining harakat tezligi vektori o‘zgaradi; depsinish tugashiga yaqin tayanchga bosim o‘tkazish kuchlari kamayadi; cho‘zilgan mushaklar va boylamlar o‘z energiyasini sakrovchi tanasiga beradi; qadam tashlaydigan oyoq va qo‘llar harakatlarining inertsiya kuchlari harakat tezligi vektorining o‘zgarishida ishtirok etadi. Bu hamma omillar sakrovchi tanasining boshlang’ich uchib chiqish tezligini hosil qiladi. Sakrovchi tanasining boshlang’ich uchib chiqish tezligi vektori va gorizont tufayli hosil bo‘ladigan burchak uchib chiqish burchagi deb ataladi. U depsinadigan oyoq depsinish joyidan uzilgan paytda hosil bo‘ladi. Uchib chiqish burchagini tayanch nuqtasini va UOMni birlashtirib turuvchi depsinadigan oyoqning uzunasiga o‘qi bo‘yicha aniqlash mumkin (uchib chiqish burchagini to‘g’ri aniqlash uchun maxsus asboblar qo‘llaniladi). Sakrashlarning natijaliligini belgilab beruvchi asosiy omillar – sakrovchi UOMining boshlang’ich tezligi va uchib chiqish burchagi. Sakrovchi UOMining boshlang’ich tezligi depsinadigan oyoq uzilgan aytda aniqlanadi va quyidagilargabog’liqbo‘ladi: -yugurib kelishning gorizontaltezligiga; -gorizontaltezliknivertikaliga o‘tkazish paytidagi mushak kuchlanishlari kattaligiga; -shu kuchlanishlarning ta’sirqilishvaqtiga; -depsinadigan oyoqni qo‘yish burchagiga. 257 INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS ISSN:3030-332X Impact factor: 8,293 Volume 9,issue1,December 2024 https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR worldly knowledge Index: googlescholar, research gate, research bib, zenodo,open aire. https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X Gorizontal tezlik qismini vertikal tezlikka o‘tkazish paytidagi mushak kuchlanishlari kattaligini tavsiflab, sof kuchlanishlar kattaligi emas, balki kuch impulsi, ya’ni vaqt birligi ichidagi kuchlanishlar kattaligi to‘g’risida gapirish lozim. Mushak kuchlanishlari kattaligi qancha ko‘p va ularning namoyon bo‘lish vaqtiqancha kam bo‘lsa, mushaklarning portlovchan kuchini ifodalovchi kuch impulsi shuncha yuqori bo‘ladi. Shunday qilib, sakrashlarda natijani ko‘tarish uchun oyoq mushaklarining faqat kuchini emas, balki kuch impulsi bilan tavisflanuvchi portlaydigan kuchini rivojlantirish muhim. Bu xususiyat “to‘ntarilib” va “fosbyuri-flop” usullarida balandlikka sakrashlarda depsinish vaqti taqqoslanganda aniq ko‘zga tashlanadi. Birinchi usulda depsinish vaqti ikkinchisiga qaraganda ancha ko‘p, ya’ni birinchi holda kuch bilan depsinish, ikkinchisida esa tezkor (portlovchan) depsinish kuzatiladi. Ikkinchi holda balandlikka sakrash natijalari yuqoriroq. Bu farqlarning anatomik belgilarini qarab chiqadigan bo‘lsak, shuni ko‘ramizki, “to‘ntarilib” sakrash usulida sakrovchilar “fosbyuri-flop” usulida sakrovchilarga nisbatan ancha gavdaliroq, oyoqlarining mushak massasi ko‘proq bo‘ladi. “Fosbyuri-flop” usulida sakrovchilar, odatda, ozg’in va oyoq mushak massasi ularda kamroq bo‘ladi. Uchib chiqish burchagi depsinadigan oyoqni qo‘yish burchagiga va tezlik o‘tkazilayotgan paytda mushak kuchlanishlarini

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada yengil atletika sporti bilan shug’ullanuvchi yosh atletlarning tayyorgarlik jarayonlarida kerak bo‘ladigan usullar va sport qoidalari haqida ma’lumotlar keltirilgan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada yengil atletika sporti bilan shug’ullanuvchi yosh atletlarning tayyorgarlik jarayonlarida kerak bo‘ladigan usullar va sport qoidalari haqida ma’lumotlar keltirilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
tezlik, yugurish, mushak., harakat, sakrash, uchish, sport
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники