Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
GULJAMOL ASQAROVA SHE'RIYATIDA LIRIK KECHINMALAR TALQINI
MuslihiddinovaSevinch Erkinqizi
Международный журнал научных исследователей · 9 · 2024
Аннотация
Mazkur maqolada o'zbek she'riyatiga yangi bir ohang olib kirgan Guljamol Asqarovaning she'riyati o'rganilib,ijodkorning lirik kechinmalari aks etgan she'rlaridan namunalar keltiriladi.Hamda she'rlardagi olg'a surilgan g'oyalar satrlar jilovidan bir muncha erkin holdatahlil etiladi. Kalit so'zlar:lirik kechinma,tuyg'u,she'riyat,adabiyot,san'at,obraz,badiiy shakl,kurrai zamin,san'at tili,vosita. Adabiyot inson ko'ngliga taskin beruvchi,fikr va his-tuyg'ularini badiiy ifodalash orqali o'zaro ulashadigan san'at turidir.U doim yangilikni xush ko'radi.Safdoshlarini,qalbi poklarni o'z domiga tortadi.Ijodkordan katta jasorat talab qiladi.Bugun o‘zbek she’riyati o‘z tarixining yangi davriga qadam qo‘ydi.Istiqlol davri she’riyatiga xos muhim xususiyatlardan biri shundaki,milliy ranglarga ega bo‘lishi va milliy qadriyatlarni sharaflash bilan birga,milliy haqiqatni kashf etishi,inson qalbini yaqindan his etish,uning teran qatlamlariga nazar tashlash,undagi ezgu jihatlarni nurlantirishiorqali kitobxonsaviyasini yuqori darajaga ko‘tarishdir. Mana shunday jasoratlarni 70- yillarda boshlay olgan ijodkorlar haqida O'zbekiston Qahramoni Erkin Vohidov: “She’riyatimizga yangi avlod kirib keldi. Ohista, iymanib, ulug‘lar qoshida cho‘chinqirab emas, shaxdam, dadil, bamisoli to‘yxonaga kelgan o‘spirin kuyovnavkarlardek olatasir va so‘ron bilan kirib keldi… Ular shoir sifatida dolg‘ali, behalovat davr bolalari, qalbu xayollari anordek qontalash, kurrai zaminning istirobu umidlariga og‘ushta bo‘lgan, dunyoga ham zavqu shavq, ham xavotir ko‘zi bilan boqqan yoshlar. Ular, yana shoir sifatida, she’riyatda haqqoniyat va samimiyat, insonparvarlik g‘olib bo‘lib turgan, haqiqiy iste’dod qadrlanib nasihat o‘rnini badiiyat, jarangos o‘rnini ishontirish qudrati egallab turgan bir davrning ijodkorlari”,-deydi.[1] Hozirgi kunda ham adabiyot olamiga savlat ila kirib kelayotgan ijodkorlar mavjuddir.Ular inson qalbi bilan yaqinlikni talab etadigan davr ijodkorlaridir.Ana shunday davrda Guljamol Asqarova ham adabiyotni o'ziga oshno tutdi.Jasorat ila uning sahifalarida o'z qalamidan izlar qoldirishni boshladi.Uning "Dil fasli","Ro'shnolik","Bedor qo'ng'iroq","Baxt dastxati" nomli she'riy kitoblari nashr etilgan.Ijodkor she'rlarida lirik kechinmalarni tutqin etmay,satrlar ummonidaerkin suzgan. Lirik kechinma-bu she'riyatda shoirning ichki tuyg'ulari,hislarini va kechinmalarini ifodalash usulidir. Bu tushuncha ko'pincha sevgi, ayriliq,sog'inch,baxt yoki iztirob kabi kuchli hissiyotlar bilan bog'liq bo'lib,individual ruhiy holatlarni san'at tilida yetkazishni o'z ichiga oladi.Lirik kechinma orqali ijodkor shaxsiy his-tuyg'ularini obrazli va badiiy shaklda o'quvchilarga taqdim etadi. Odatda,bunday kechinmalar insonning kundalik hissiyotlarini chuqur tahlil qilishga qaratilgan bo'ladi.Shoir o'z she'rlarida faqat o'z hislarini emas,balki o'quvchilar hamda jamiyatning umumiy tuyg'ularini aks ettirishga intiladi,bu esа ijodiy asаrni keng ommaga tushunarli va qadrli qiladi.Shu bois,lirik kechinma inson qalbining nozik tomonlariga murojaat qilgan аsаrlаrdа аyniqsаyаqqol ko'rinadi. 71 INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS ISSN:3030-332X Impact factor: 8,293 Volume 9,issue1,December 2024 https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR worldly knowledge Index: googlescholar, research gate, research bib, zenodo,open aire. https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X Lirik kechinma misralar tarkibiga singdirilgan tarzda aks etadi. Bu haqida so’z yuritgan adabiyotshunos S.Meliyev shunday yozadi: «Kechinma asl holatda yoqishi va yoqmasligidan qat’iy nazar, san’at asarida qayta tiklanar ekan, muqarrar badiiy zavq manbaiga aylanadi, ya’ni albatta yoqimlilik kasb etadi».[2] Lirikaning birinchi elementi kechinmadir. Kechinma esa nafaqat tuyg’u,his,xayol balkifikr, tasavvur vaularning qorishig’isifatida yuzaga chiqadi. Onaqandoq o‘yin boshlab qo‘ydim men, Qandoq savdolarga boshimniberdim. Qandoq sahrolarda yurgandim ona, Qirq yil tovonimdan tikanlarterdim. Hayot egib borar mag‘rurboshimni, Boqsam yuragimda mislsizdog‘lar. Lekin havasimni keltirar mudom, Birovga suyanmay yuksalgan tog‘lar. [3] Guljamol Asqarovaning"Ona qandoq o'yin boshlab qo'ydim men..."nomli she'ridan olingan ushbu parchaga e'tibor beraylik.Unda ijodkorning afsus nadomati,qo'rquvi,sabr toqati,iltijosi va kelajakka umid bilan boqib,havasdan porlayotgan nigohining,kurashishni istayotgan qalbining taftini his etish mumkindir.Birgina:"Ona qandoq o'yin boshlab qo'ydim men" jumlasining o'zidayoq inson afsus-nadomatni yaqqol his etadi.Hayot esa afsus -nadomat bilan yashash uchun juda qisqadir.Lev Tolstoy aytganidek:”Hayotning ma’nosi uning o‘zida,harakatda va kurashda”dir.Kurashib yashar ekansan,shukronalik hissini ham unitmaslik kerak.”Sizda bor narsaga shukr qiling,chunki shukr qilib yashagan kishining qo‘lidan Alloh ne’matni tortib olmaydi”.(Umar ibn Xattob) S
Доказательный фрагмент
«Mazkur maqolada o'zbek she'riyatiga yangi bir ohang olib kirgan Guljamol Asqarovaning she'riyati o'rganilib,ijodkorning lirik kechinmalari aks etgan she'rlaridan namunalar keltiriladi.Hamda she'rlardagi olg'a surilgan…»
Образец извлечения
Демо-превьюMazkur maqolada o'zbek she'riyatiga yangi bir ohang olib kirgan Guljamol Asqarovaning she'riyati o'rganilib,ijodkorning lirik kechinmalari aks etgan she'rlaridan namunalar keltiriladi.Hamda she'rlardagi olg'a surilgan… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- lirik kechinma, tuyg'u, she'riyat, adabiyot, san'at, obraz, badiiy shakl, kurrai, vosita., kurrai zamin, san'at tili
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Диссертации и авторефератыYusupov Kuanıshbay Baltabayevich2026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025