Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
JADID VA QADIMCHILIK: O'ZBEK JAMIYATIDAGI MADANIY KURASH
Begaliyev Nurbek · Axmadova Ruxshona
Международный журнал научных исследователей · 9 · 2024
Аннотация
Данная тезисная работа посвящена исследованию культурной борьбы между джадидизмом и консерватизмом, сформировавшимися в узбекском обществе в конце XIX — начале XX века. В работе рассматриваются идеи просветительства джадидов, их стремление к модернизации и реформам, а также усилия консерваторов по сохранению традиционных ценностей. Тезис анализирует идеологию обоих направлений, их влияние на общественную жизнь и противоречия в контексте их воздействия на политическое, экономическое и культурное развитие узбекского общества. Данная борьба раскрывает место узбекского общества на пути модернизации и динамику культурной жизни того времени. Ключевые слова: джадидизм, консерватизм,культурная борьба, модернизация, реформы, узбекскоеобщество. Jadidchilik — XIX asr oxiri va XX asr boshlarida O‘rta Osiyoda paydo bo‘lgan islohotchilik harakati bo‘lib, uning asosiy maqsadi jamiyatni yangilash va zamonaviy rivojlanishga yo‘naltirish edi. Jadidchilik daslab ma'rifatparvarlikdan boshlanadi. Turkistonda Mahmudxo'ja Behbudiy, Muvarqori Abdurashidxon o'g'li, Fayzulla Xo'jayev, Abdulla Avloniy, Ubaydulla Asadullaxo'jaev va boshqalar ushbu harakatning boshida turdilar. Farg'ona vodiysida esa jadidchilikning atoqli namoyandalari: A. Zohiriy, O. Mahmudov, Is’hoqxon Ibrat, Cho'lpon va boshqalar edi. [1] Ushbu davrda jadidchilik harakati bilan bir vaqtda ularning qarashlariga zid ravishda qadimchilar (eskilik tarafdorlari, islohotlarga qarshi) ham mavjud edi. Jadidlar va qadimchilar o'rtasidagi asosiy farq ularning ijtimoiy, siyosiy, va madaniy qarashlarida namoyon 92 INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS ISSN:3030-332X Impact factor: 8,293 Volume 9,issue1,December 2024 https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR worldly knowledge Index: googlescholar, research gate, research bib, zenodo,open aire. https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X bo‘lgan. Jadidlar taraqqiyotni qo‘llab-quvvatlagan modernist guruh bo‘lsa, qadimchilar an’analarni himoya qiluvchi konservativ kuch edi. Bu qarama-qarshilik nafaqat ta’lim sohasida, balkijamiyat hayotining barchajabhalarida o‘z aksinitopgan. Jadidchilikg‘oyalari: 1. Ma’rifatparvarlik: Savodxonlikni oshirish va yangi usulda ta’lim tizimini joriy etish, zamonaviy bilimlarni, xususan, matematika, tabiiy fanlar va xorijiy tillarni o‘qitish. Abdulla Avloniy va Behbudiy yangi maktablar (usuli jadid) tashkil etish orqali bu g‘oyani targ‘ib qilishgan. 2. Modernizatsiya: Yevropa tajribasidan ilhomlanib jamiyatni zamonaviylashtirish, san’at, madaniyat va adabiyotdailg‘org‘oyalarni ilgari surish. 3. Din va fan uyg‘unligi: Dinning yangicha talqinini targ‘ib qilish, Qur’onga asoslangan, ammo ilm-fan varivojlanishga qarshi bo‘lmagan talqin, radikal dindorlikkaqarshi chiqish. 4. Ayollarning huquqlari: Ayollarning ta’lim olish huquqini ta’minlash, ayollarning jamiyatdagi o‘rnini mustahkamlash. 5. Milliy uyg‘onish: Turkiston xalqlarining yagona madaniy uyg‘onish g‘oyasini ilgari surish, mustamlakachilikkaqarshi kurash vamilliy o‘zlikni tiklash. Qadimchilikg‘oyalari: 1. An’anaviy ta’limni saqlash: Madrasalardagi eski o‘qitish usullarini himoya qilish, faqatgina diniybilimlarni ustuvordeb hisoblash, zamonaviy fanlarni o‘qitishgaqarshi chiqish. 2. Dinning markaziy o‘rinda bo‘lishi: Din jamiyat hayotining barcha sohalarida ustuvor bo‘lishi kerak, deb hisoblash, ijtimoiy islohotlarni “dinga xiyonat”deb baholash. 3. Zamonaviylashtirishga qarshilik: Yevropa va rus madaniyatining jamiyatga kirib kelishiga qat’iy qarshi turish, an’anaviy turmush tarzinihimoya qilish. Jadidlarning asosiy maqsadi xalqni savodli, ma’rifatli, va ijtimoiy jihatdan faol qilish orqali Rossiya imperiyasi mustamlakachilik siyosatiga qarshi turish edi. Ular jamiyatni mustaqil fikrlaydigan va o‘z taqdirini boshqaradigan holatga olib chiqishni istashgan. Bu harakat, ayniqsa, yangi avlod uchun milliy va ma'rifiy uyg‘onishning muhim qismiga aylangan. Ular jamiyatni qoloqlik va mustamlaka zulmidan qutqarish yo‘lini ta'lim va ma'rifat orqali ko‘rishgan. Mavjud vaziyatda, ya'ni kuchli siyosiy-harbiy tayanchga ega bo'lganmustamlakachi hukumat bilan millat kеlajagi yo'lida bеllashishning yagona yo'li, xalqni dunyoviy ilm-fan bilan qurollantirish, xalqaro talablardoirasidagi mutaxassislar tayyorlashdan iborat edi. Qadimchilar esa o‘tmishdagi an’anaviy turmush tarzini saqlashni maqsad qilgan. Ularning qarashlari o‘z davridagi an’analar, diniy qadriyatlar va mahalliy urf-odatlarni himoya qilishga asoslangan edi. Jamiyat hayotining barcha sohalarini diniy qoidalarga asoslashni talab qilishgan. Yevropa madaniyati va texnologiyalarini milliy o‘zlikkatahdid sifatidako‘rishgan. Dinsizlik shior qilib olingan sosialistik jamiyatda har qanday diniy ulamo johil, dindorlar esa jamiyat taraqqiyotini orqaga tortuvchi qora kuchlar sifatida talqin etildi. Aslida esa, milliy- ozodlik kurashi tarixida Turkiston ulamolarin
Доказательный фрагмент
«Данная тезисная работа посвящена исследованию культурной борьбы между джадидизмом и консерватизмом, сформировавшимися в узбекском обществе в конце XIX — начале XX века.»
Образец извлечения
Демо-превьюДанная тезисная работа посвящена исследованию культурной борьбы между джадидизмом и консерватизмом, сформировавшимися в узбекском обществе в конце XIX — начале XX века. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Jadidism, Conservatism, cultural struggle, modernization, reforms, Uzbeksociety, madaniy kurash, islohotlar, Oʻzbek jamiyati., qadimchilik, Jadidchilik, modernizatsiya
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Диссертации и авторефератыYusupov Kuanıshbay Baltabayevich2026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025