К содержанию
РецензированоUZ2024

SHAHRISABZLIK SHOIR VA XATTOTLAR

Hamzayeva Zebo

Международный журнал научных исследователей · 9 · 2024

Аннотация

Maqolada Shahrisabzlik shoirlar va xattotlar san'ati haqida so'z boradi. Shahrisabz — o'zining tarixiy, madaniy va adabiy merosi bilan mashhur bo'lgan o'lka bo'lib, u yerda ko'plab mashhur shoirlar, adiblar va xattotlar yashagan. Maqolada Shahrisabzlik taniqli shoirlar, ularning asarlari va ijodiy yutuqlari tahlil qilinadi. Shuningdek, shaharda rivojlangan xattotlik san'ati va uning o'ziga xos uslublari ham ko'rib chiqiladi. Shahrisabzlik adabiyot va san'atning o'ziga xos ahamiyati, shuningdek, xalqaro madaniyatga qo'shgan hissasihaqida so'z yuritiladi. Kalit so'zlar: Shahrisabz, shoirlar, xattotlik, adabiyot, san'at, madaniy meros, tarix, ijod, o'zbek adabiyoti, madaniyat. Shahrisabz shahri ko‘plab olim-u, fuzolalar, madaniyat vakillari, xattot-u shoirlar yurti. Darxaqiqat, Shahrisabz xalqini adabiyot va san’at asarlarini sevuvchilar, ijodkorlar makoni desak ham xech mubolag‘a bo‘lmaydi. XV-XIX asrlarda shahardan Ayyub Shahrisabz ibn Abulbaraka, Lozimiy Keshiy, Najmiy Keshiy, Hakim Shahrisabziy, Farax Shahrisabziy kabi shoirlaryetishib chiqqanlar. XIX- asr oxiri - XX - asr boshlariga kelib Mirzo Umrboqiy ShaHrisabziy, Fayzullaxo‘ja Ravnaqiy, Abdullo Rahmon Gulshaniy, Ismoilxon Shahrisabziy Faqiriy, Najmiddin Asiriy, Salohiddin Mannon o‘g‘li kabi yirik adabiyot vakillarini keltirish mumkin. Ushbu ijodkorlar o‘zbek klassik adabiyoti an’analarini Shahrisabz shahrida davom ettirgan keyingi vakillari hisoblanadilar. Yuqorida zikr qilingan xattot vashoirlarning ayrimlari haqida fikr yuritamiz. Fayzullaxo‘jaRayvaqiy. U shoirlikdan tashqari tasavvuf tarixiga oid asarlar muallifi ham bo‘lgan. “Ravnaqiy”, “Ramziy” taxalluslari bilan she’rlar yozgan. Fayzullaxo‘ja Ravnaqiy bundan tashqari xattotlik san’atidan ham xabardor bo‘lgan. U otasi izidan borib, 1919 yildan Shahrisabz qozisi sifatida isholib borgan. 1929 yildan boshlab qozilik sudlarini yo‘q qilinishi munosabati bilan sovet idoralariga yurist vazifasida faoliyat ko‘rsatgan. Sovet tuzumining qatag‘on siyositi yillarida (1930-1931 yillar ) u o‘z vazifasidan ketishga majbur bo‘lgan. Bu vaqtda Fayzullaxo‘ja Ravnaqiy o‘zining shaxsiy arxivi vakutubxonasini yashirib Tojikistongaketgan. 1950-yildan Shahrisabzga qaytib kelgan va davlat ishlariga umuman ishlaman. Fayzullaxo‘ja Ravnaqiyning dastlabki she’riy to‘plami “To‘hfatul ahbob fi tazkiratul as’hob” nomi bilan 1915 yilda Buxoroda nashr kilingan. Uning she’rlari asosan ishqiy va ijtimoiy mavzularga yozilgan. Ravnaqiyning shaxsiy kutubxonasida 100 ga yaqin qo‘lyozma kitoblar saqlangan. Bundan tashqari u 10 ga yaqin asarlar muallifi. Uning “Risolayi tariqati ishqiya”, “Risolaayi chishtiya”, “Risolayi jahriyayi yassaviya” asarlari shular sirasiga kiradi. Fayzullaxo‘ja Ravnaqiy xattot sifatida ham mashxur bo‘lgan. U “Bismilloh”ni 25 xil usulda yozib chiqqan. Uning arxivi vakutubxonasi Shahrisabzdaavlodlari qo‘lidasaqlanmoqda. 21 INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS ISSN:3030-332X Impact factor: 8,293 Volume 9,issue1,December 2024 https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR worldly knowledge Index: googlescholar, research gate, research bib, zenodo,open aire. https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X Abdulloh Rahmon Gulshaniy ham g‘azal, muxammas, ruboiylar yozgan. Shahrisabzda to‘g‘ilgan bu shoirumrining oxirgi yillarini Qamashi tumanidao‘tkazgan. 1917-yilda tanqidiy she’rlari uchun Buxoro amiri tomonidan zindongatashlanadi. Abdullo Rahmon Gulshaniy 1927-1929- yillarda Toshkentdagi O‘rta Osiyo davlat universitutida o‘qib, turli davlat idoralarida xizmat qilgan. 1962-yildan O‘z RFA Til va adabiyot institutida ilmiy xodim bo‘lib ishlay boshlagan. O‘zi qoldirgan ma’lumotlarga ko‘ra Gulshaniy jami 600misradan ortiqrok she’rlar yozgan. 1998-yili uning “Alvido” nomli she’riy tuplami nashr etilgan. Abdulloh Rahmon Gulshaniy murakkab janrlardan bo‘lgan muammo yo‘nalishida (tanqidiy) ijod qilishni yaxshi ko‘rgan. Bundan tashqari u har baytida oshiq va ma’shuqalar gavdalangan “Tuy-yu tuyona” deb nomlangan doston yozgan. Abdulloh Rahmon Gulshaniyning qo‘l yozma kitoblardan iborat kutubxonasi ham bo‘lgan. U 2 jilddan iborat “Gulistoni Gulshaniy” devona, 3 jilddan iborat bo‘lgan tojikcha she’rlar to‘plami va dostonlari hozirdaO‘ZRFA Sharqshunostlikinstituti fondidasaqlanmoqda. SalohiddinMannon o‘g‘li(Solihiy) Bu shoir ham Shahrisabzda yashab ijdod qilgan. U “Shoh Abbos va Shamsiqamar” nomli tarixiy didaktik doston yozgan. Salohiddin Mannon o‘g‘li (Solihiy) ning asarlari ham O‘Z RFA Sharqshunostlik intsituti fondida saqlanadi. Bu shoir ham xattotlik san’ati qo‘lyozma kitoblarini ko‘chirishda yaxshi natijalargaerishgan. Shahrisabz shahri ayni damlarda o‘zining xattotlari bilan ham mashxur bo‘lgan. Muhammad Yusufxo‘ja Shahrisabiy (Keshiy), Ibrohim Devona , Mulla Do‘st Muhammad Shahrisabziy, Bobobek Ishtabir, Mirzo Abdulvahhob, Mirzo Ibrohimxo‘ja, Imomiddin Shahrisabziy, Yormuhamma

Доказательный фрагмент

«Maqolada Shahrisabzlik shoirlar va xattotlar san'ati haqida so'z boradi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Maqolada Shahrisabzlik shoirlar va xattotlar san'ati haqida so'z boradi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Shahrisabz, shoirlar, xattotlik, adabiyot, san'at, madaniy meros, tarix, ijod, o'zbek, madaniyat., o'zbek adabiyoti
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники