Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
ZAIF ESHITUVCHI BOLALARNING MAYDA QO’L MOTORIKASINI RIVOJLANTIRISH METODIKASI
Djurayeva SohibaBarat qizi · SolijonovaGullola Saidjon qizi · Boymurodova SevinchSirojiddin qizi
Международный журнал научных исследователей · 9 · 2024
Аннотация
В данной статье приведены система развивающих упражнений, игровые приемы и практические рекомендации по работе с мелкой ручной моторикой при формированииустнойречи слабослышащих детей. Ключевые слова:Слабослышащий ребенок, речь, артикуляционная моторика, моторика рук,физиологическое,психологическое развитие,методика. Bugungi kunda eshitishida nuqsoni bo'lgan bolalarni ijtimoiy qo’llab-quvvatlash, ta’lim- tarbiya jarayonini ularga mos ravishda tashkil etish, sog'lom jamiyatga tenglashtirishdek o'ta mas'uliyatli vazifalar bir qator me'yoriy hujjatlarda o'z ifodasini topgan bo'lib, asosiy maqsad o'quvchilarni mustaqil hayotga va kasb-hunarga tayyorlash, jamiyatda o'z o'rinlarini topishlariga yordam berishdan iboratdir. Eshitishida nuqsoni bo'lgan bolalarga ta'lim-tarbiya berish qonuniyatlarini o'rganish, eshitish idrokini rivojlantirish tizimini takomillashtirish, og’zaki nutqini shakllantirish, umumiy va mayda motorikani rivojlantirish ishlari surdopedagoglar tomonidan to’g’ri amalga oshirilishikerak. Eshitish qobiliyati buzilgan shaxslarni sifatli o'qitish, tarbiyalash, rivojlantirish va reabilitatsiya qilishning shartlaridan biri bu surdopedagoglar tomonidan tashkil qilingan korreksion mashg’ulotlarning to’g’ri va samaradorligida. Eshitish holatiga ko'ra, zaif eshituvchi, kar bolalar va kech kar bo’lgan bolalar bir biridan farqlanadi. Kar bolalarni o’qitish va tarbiyalashning tayyorlov bosqichida daktil va imo-ishora nutqi yetakchilik qilsa, zaif eshituvchi bolalarda o’g’zaki nutq asosiy o’rinni egallaydi. Eshitish qobiliyatining buzulishi, nutqning normal rivojlanishdan chetga chiqishga hamda, bolaning mustaqil bo’lish imkoniyatiga to’sqinlik qiladi. Bola nutqining to’laqonli rivojlanishi normal eshitish faoliyatiga 33 INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS ISSN:3030-332X Impact factor: 8,293 Volume 9,issue1,December 2024 https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR worldly knowledge Index: googlescholar, research gate, research bib, zenodo,open aire. https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X uzviy bog’liqdir. Mayda qo’l motorikasining harakatchanligi o’g’zaki nutqning shakllanishiga turtki bo’ladi. Ilmiy izlanishlarga ko’ra M.M.Kolsova “Bola nutqining rivojlanish darajasi to’g’ridan to’g’ri qo’lning mayda motorikasiga bog’liq” ekanligini ta’kidlab o’tgan. L.F.Fomina fikricha “Agar barmoqlar harakatining rivojlanishi yoshga mos kelsa, unda nutqing rivojlanishi me’yoriy darajada bo’ladi. Agar barmoqlar harakati oqsasa, unda nutq ham sustrivojlanadi”. Mayda motorika - bu zaif eshituvchi bolalarni qo'l-oyoqlarining kaftlari va barmoqlari bilan mayda, nozik va aniq harakatlarni amalga oshirish qobiliyatidir. Mayda motorika sohasi o'ziga xos hamiyatga ega bo'lib u ko'p sonli va turli xil harakatlarni o'z ichiga oladi. Masalan: oddiy harakatlardan tortib (masalan, o'yinchoqni ushlash) murakkab harakatlargacha (yozish va rasm chizish). Mayda motorikalar bola tug'ilgan paytidan boshlab rivojlana boshlaydi. Dastlab, go'dak o'z qo'llarini o'rganadi va asta sekin ularni boshqarishga o'tadi. U buyumlarni butun kafti bilan ushlaydi, keyin esa faqat ikkita(katti va ko'rsatkich) barmog'i bilan ularni manipulyatsiya qiladi. Shu orqali bolalar daslab o'yinchoqlar, keyin qoshiq, qalam, mo'yqalam kabi buyumlarni tog'ri ushlashga o'rgatiladi. Mayda motorikaning zaif eshituvchi bola organizmidagi o'rni ahamiyatli bo’lib, ularni asab tizimi, ko'rish qobiliyati, diqqat e'tibor, xotira va idrok qilish kabi organizm xususiyatlarini shakllanishi va rivojlanishiga hamda yozuv va chizuv qobiliyatlari, fikrlash jarayonlariga ijobiy ta'sir ko'rsatadi. Bundan tashqari bolaning nutqini rivojlanishida ham mayda motorikanini ta'siri yuqori bo'lib, dastlab bolaning tovushlarini shakllanishiga va nutqini o'sishiga motivatsiya beradi. Bolalarning mayda motorikasini rivojlantirish uchun ko'plab mashg'ulotlar, o'yinlar va mashqlar mavjud. Ularni quyidagi guruhlarga ajratishimiz mumkin: barmoq o'yinlari, mayda buyumlar bilan bog'liq o'yinlar, shakl yasash va rasm chizish, barmoqlarni massaj qilish. Mayda motorikani rivojlantirishning eng oddiy va samarali usuli bu kaftlarni massaj qilishdir. Bu usul har qanday yosh uchun eng oddiy va universal usul hisoblanadi. Bunda zaif eshituvchi bolaning kaftlarini silanadi va umassaj qilinadi. "Qog'oz yirtish" usuli - Bolaga bir necha varoq yumshoq rangli qog'oz beriladi, bola uni bajarib ushlab ko'radi, qo'llarida aylantiradi va yirtadi. Bu mashg'ulot bolaga juda katta zavq bag'ishlaydi. "Sahifalarni varaqlash" - bu usul 1 yoshdan so'ng qog'oz yirtishni rasmlari ko'p bo'lgan kitobcha yoki jurnal sahifalarini varaqlashga almashtirish mumkin bo'ladi. Albatta bunda bolani ehtiyotkorlik bilan bajarishga o'rgatish lozim. "Munchoqlar bilan ishlash" - bolalar bu mashg'ulotda mayda buyumlarni manipulyatsiya qilishadi. Bunda bola turli o'lcham va shakldagi munchoq
Доказательный фрагмент
«В данной статье приведены система развивающих упражнений, игровые приемы и практические рекомендации по работе с мелкой ручной моторикой при формированииустнойречи слабослышащих детей.»
Образец извлечения
Демо-превьюВ данной статье приведены система развивающих упражнений, игровые приемы и практические рекомендации по работе с мелкой ручной моторикой при формированииустнойречи слабослышащих детей. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- hearing-impaired child, speech, articulation motor skills, fine hand motor skills, Zaif eshituvchi bola, fiziologik, artikulyatsiya motorika, psixologik rivojlanish, metodika., mayda qo‘l motorikasi, nutq
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
МонографииK.J.Murodov2026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025