Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
ZULFIYAXONIM SHEʼRIYATIDA OBRAZLAR TIZIMI IFODASI
Shomurotova Gulbahor Ravshan qizi
Современная наука и исследования · 587 · 68-69 · 2025
Аннотация
This article analyzes the life path of the Uzbek poetess Zulfiyakhanim Israilova and the scope of her poems. Also, poetess Zulfia's ability to create a poetic work was considered in terms of her poems. Key words: Zulfiya's life path, translations, award laureate, state award named after "Zulfiya". "Zulfiya" taxallusi ostida ijod qilgan oʻzbek shoirasi Zulfiyaxonim Isroilova 1915-yil bahorining ilk kuni boʻlmish, 1- martda Toshkent shahrida Isroil temirchi oilasida tavallud topgan. Zukko shoira dastlab 1922-yildan 1931- yilgacha maktabda ,1931-1934- yillar oraligʻida qizlar bilim yurtida tahsil olgan. Jurnalist va nashriyotchi boʻlgan oʻzbek shoirasi 1935-1938- yillar mobaynida til va adabiyot instituti aspiranti, 1938- 1948- yillarda bolalar nashriyoti muharriri, Oʻzbekiston davlat nashriyoti boʻlim mudiri, 1953- yilgacha "Saodat" jurnalida boʻlim mudiri, 1953- 1980- yillarda shu jurnal bosh muharriri lavozimlarida ishlagan. Zulfiyaxonim, taniqli oʻzbek adibi Hamid Olimjon bilan 1935- yilda turmush qurgan. Ammo ular orzularga toʻla hayot kechirayotgan bir vaqtda taqdirning shafqatsizligi tufayli 1944- yilda Hamid Olimjon baxtsiz hodisa avto halokat tufayli hayotdan koʻz yumdi. Oʻzbek sheʼriyatiga ulkan hissa qoʻshgan shoiraning ilk sheʼri 1931- yil "Ishchi" gazetasida, 1932- yil " Hayot varaqlari" kabi sheʼrlar toʻplami bosilib chiqqan. Shoiraning umr yoʻldoshi 882 Fevral, 2025-Yil vafotidan soʻng ruhiy sog’inchilar va qalb iztiroblari bilan toʻla sheʼrlar Zulfiya ijodida jiddiy oʻzgarishlar sodir boʻldi. Uning koʻpgina sheʼrlarida vatanparvarlik, xalqiga boʻlgan muhabbat kabi mavzular ilgari surilgan boʻlsada, ma'yuslik ohangi bor edi. Uning hislari aks etgan sheʼridan 1 parcha aytib oʻtsak: Oʻzing tashna etding, oʻzing suv tutding, Qalbimdagi sahrom, daryomsan xalqim. Seni seva-seva men boyib ketdim, Dunyo ichra topgan, dunyomsan xalqim. 1940- yil oxirida eʼlon qilingan davlatining sanʼat va adabiyot toʻgʻrisidagi qarorlari oʻzbek adabiyotiga ham katta zarar keltiradi. Bular shoira Zulfiyani ham chetlab oʻtmadi. Zulfiya - badbin kayfiyatlar, pessimistik kechinmalar kuychisi sifatida tana toshlar ostida qolgan. Ammo koʻp oʻtmay, oʻzbek ayollar hayotini yaxshi biluvchi shoira va jurnalist sifatida dugonalari haqida she'r va publitsistik maqolalar yozib, ularni ijtimoiy faollikka chaqirdi. Oʻzbek shoirasi oʻz ijodida bardavom davom etdi va 50- yillarning ikkinchi yarmida u Osiyo va Afrika yozuvchilarining "tinchlik va xalqaro birdamlik" shiori ostida oʻtgan harakatida faol qatnashib, jahonning bir qator mamlakatlarida boʻldi. Hindiston, Misr, Yaponiya va qoʻshni respublikalarga qilgan safari shoira ijodida chuqur iz qoldirdi. Zulfiya ijodida faqatgina oʻzbek hayot koʻlami bilan cheklanib qolmay, uning ijodiga xorijiy xalqlar hayoti manzaralari ham kirib keldi. 70- yillardan boshlab uning ijodidagi milliy hayot tasvirida yangi ranglar kamalagi paydo boʻldi. "Oʻylar" (1965) sheʼriy guldastasi bilan boshlangan voqelikni falsafiy idrok etish tamoyili " Visol" (1972), " Yillar, yillar..." (1975) sheʼriy kitoblarda davom etib, shoira ijodida chinakam badiiy yuksalish davri boshlanganini namoyish etdi. Zulfiyaxonim hayotining muhim bir qismini, H. Olimjonning adabiy merosini oʻrganishga bagʻishladi. U shoirning " Semurgʻ" yoki " Parizod va Bunyod " dostoni asosida qoʻgʻirchoq teatri uchun " Semurgʻ" pyesasi (S. Somova bilan hamkorlikda) hamda " Zaynab va Omon" operasi librettosini yozdi. "Javharlar Neru" (1968), "Nilufar" (1971) mukofotlari, hamda Hamza nomidagi Oʻzbekiston davlat mukofoti (1970) laureati, Bolgariyaning " Kirill va metodiy" (1972) ordeni sovrindori oʻzbek shoirasi Zulfiya Isroilova Oʻzbekiston respublikasi prezidenti I. A. Karimov 883 Fevral, 2025-Yil nazaridan ham chetda qolmagan. Prezidentimiz aytganlaridek: " Nafaqat oʻz sheʼrlari balki, butun hayoti bilan oʻzbek ayolini manaviy qiyofasini namoyon etgan atoqli shoirimiz Zulfiyaxonimni ham ming fidoyi insonlar qatoriga qoʻshgan boʻlardim", deya taʼkidladi. Xulosa qilib aytadigan boʻlsam, Zulfiyaxonim nafaqat sheʼriyatda mohirona ijod qilgan, u oʻz ijodi bilan bir qatorda chin oʻzbek ayoli timsolini oʻzida mujassamlashtirgan. Hayotning turli sinovlariga, tamal toshlariga, kuchli irodasi ila dosh bergan shoira, H. Olimjon vafotidan soʻng turmush qurmagan va yolgʻiz ayol boshi bilan ikkita farzandini voyaga yetkazgan. Bugun ushbu maqolani yozish va oʻzbek shoirasi Zulfiyaxonim ijodiga chuqurroq nazar solish orqali yana bir karra amin boʻldimki, oʻzbek adabiyotida XX asrda har qancha ziddiyatli, mashaqqatli va murakkab yoʻlni bosib oʻtgan boʻlmasin, unda bir qator tom maʼnodagi ijodkorlar yetishib chiqgan, ular orasida porloq yulduzlardan biri bu Zulfiyaxonim boʻlgan. Oʻzbek shoirasi boʻlmish Zulfiyaxonimga serqirra ijodkor, sadoqatli yor, irodali ayol sifatida, mukammal inson nazarida qarash mumkin. Birinchi Prezidentimiz aytganlaridek: "uning jahon minbarlaridan yangragan sheʼrlari, sharq ayollarining aql-u zakosi, fazlu kamolining yorqin ifodasi s
Доказательный фрагмент
«This article analyzes the life path of the Uzbek poetess Zulfiyakhanim Israilova and the scope of her poems.»
Образец извлечения
Демо-превьюThis article analyzes the life path of the Uzbek poetess Zulfiyakhanim Israilova and the scope of her poems. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Zulfiya's life path, translations, award laureate, state award named after, Zulfiyaning hayot yoʻli, mukofot laureati, tarjimalari
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Диссертации и авторефератыYusupov Kuanıshbay Baltabayevich2026
МонографииK.J.Murodov2026