Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
O‘ZBEKISTON MADANIY MEROSI: TURIZMNI JAHON BRENDIGA AYLANTIRISH YO‘LLARI
AYLANTIRISH YO‘LLARI · Islomova Sadoqat Azim qizi
Современная наука и исследования · 2025
Аннотация
This article highlights the rich cultural heritage of Uzbekistan and the issues of further development of its place in the field of tourism on a global scale. Modern approaches, including digital technologies, ecotourism, and sustainable development strategies are important for Uzbekistan's historical cities and monuments to become international tourism centers. Also, ways to form cultural heritage as an international brand, develop tourist infrastructure and promote it on a global scale will be considered. 860 Fevral, 2025-Yil Keywords: Uzbekistan, cultural heritage, tourism, world brand, historical monuments, ecotourism, sustainable development, digital technologies, infrastructure, international promotion. O‘zbekiston boy madaniy merosi va betakror tarixiy obidalari bilan jahon hamjamiyatining e’tiborini tortib kelmoqda. Samarqand, Buxoro, Xiva kabi qadimiy shaharlar o‘zining me’moriy yodgorliklari, milliy qadriyatlari va tarixiy ahamiyati bilan Markaziy Osiyoning eng jozibali turistik maskanlari hisoblanadi. Shu bilan birga, turizm sohasini yanada rivojlantirish, milliy merosni xalqaro miqyosda targ‘ib qilish va uni barqaror iqtisodiy resursga aylantirish dolzarb masalalardan biri bo‘lib qolmoqda. Bugungi kunda raqamli texnologiyalar, ekoturizm va innovatsion marketing strategiyalaridan foydalanish turizm rivojida muhim o‘rin egallamoqda. O‘zbekistonning madaniy merosini jahon brendiga aylantirish uchun zamonaviy infratuzilmani takomillashtirish, xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish va xalqaro miqyosda samarali targ‘ibot ishlarini olib borish lozim. Ushbu maqolada O‘zbekiston turizmini rivojlantirish va madaniy merosni global miqyosda tanitishning asosiy yo‘nalishlari va istiqbollari tahlil qilinadi. O‘zbekiston madaniyati, Markaziy Osiyo xalqlarining ko‘p asrlik an’analari va turmush tarzi bilan chambarchas bog‘liq boy tarixga ega. Oʻzbekiston madaniy merosini oʻrganish, asrash va ommalashtirish boʻyicha Butunjahon jamiyatini taʼsis etish boʻyicha deklaratsiya qabul qilindi. Ana shu masalada Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevga murojaatnoma yoʻllangandi. Prezidentimizning bevosita yordami bilan, bir qator davlat, nodavlat va xalqaro tashkilotlar hamkorligida oʻtgan davr mobaynida Oʻzbekiston madaniy merosini tadqiq etish borasida juda katta ibratli ishlar amalga oshirildi. Turizmni rivojlantirish mumkin bo'lgan hududlar obyektlarni va xatlovdan o'tkazish yakunlari asosida Aydarko'l (Jizzax va Navoiy viloyatlari), To'dako'l (Navoiy viloyati) va Uchqizil (Surxondaryo viloyati) ko'llari atrofida rekreatsiya turizmini rivojlantirishga qaratilgan chora- tadbirlar ishlab chiqish va amalga oshirish yurtimizning boy tarixi, sohada amalga oshirilayotgan islohotlar ko‘lamini hisobga olsak, ushbu sohada erishilgan natijalar kishini quvontiradigan darajada emas. Sababi, sohani taraqqiy etishi nafaqat mamlakatning turistik jozibadorligini oshishiga, shu bilan birga, iqtisodiyot, aholi bandligi, infratuzilma rivoji, ilm-fan taraqqiyoti kabi ko‘plab sohalarga o‘zining ijobiy ta’sirini ko‘rsatadi. O‘zbekiston turizm sohasida jahon brendiga aylanishi uchun samarali targ‘ibot va marketing strategiyalarini ishlab chiqish muhim ahamiyat kasb etadi. Xalqaro maydonda O‘zbekistonning tarixiy shaharlari, madaniy merosi va turistik yo‘nalishlarini keng targ‘ib qilish uchun zamonaviy vositalardan foydalanish zarur. 861 Fevral, 2025-Yil Xorijiy ommaviy axborot vositalarida O‘zbekiston haqidagi maxsus hujjatli filmlar, maqolalar va reportajlar orqali mamlakatning jozibador turistik manzillari yoritilishi lozim. Mashhur telekanallar, nufuzli sayohat jurnallari va internet nashrlarida O‘zbekiston turizmi haqidagi maxsus loyihalar tashkil etilishi uning xalqaro maydondagi obro‘sini oshiradi. Bugungi kunda ijtimoiy tarmoqlar va blogerlik faoliyati turizm targ‘ibotida katta o‘rin egallaydi. Mashhur sayohat blogerlarini O‘zbekistonga taklif etish va ularning tajribalarini millionlab kuzatuvchilariga yetkazish samarali usullardan biridir. Shuningdek, turistik kontent yaratish orqali mamlakatning tabiiy va madaniy merosi ommalashtirilishi mumkin. Xalqaro turizm ko‘rgazmalarida faol ishtirok etish ham brendni shakllantirishning asosiy yo‘nalishlaridan biridir. O‘zbekistonning milliy turizm salohiyatini namoyish qilish uchun Berlindagi ITB, Londondagi WTM kabi yirik xalqaro turizm yarmarkalarida maxsus milliy stendlar tashkil etish, chet ellik investorlar va sayyohlarni jalb qilishda muhim rol o‘ynaydi. O‘zbekiston turizmini rivojlantirishda raqamli texnologiyalardan foydalanish ham muhim sanaladi. Ko‘p tilli turistik veb-saytlar, mobil ilovalar va virtual ekskursiyalar orqali O‘zbekistonning turistik yo‘nalishlari dunyo sayyohlariga yanada yaqinlashtirilishi lozim. Elektron viza tizimini yanada takomillashtirish, xalqaro aviaqatnovlarni kengaytirish va turistik infratuzilmani zamonaviy talablarga moslashtirish orqali sayyohlar uchun qulay sharoit yaratish O‘zbekistonning global turizm brendi sifatida shakllanishiga yordam beradi. Sh
Доказательный фрагмент
«This article highlights the rich cultural heritage of Uzbekistan and the issues of further development of its place in the field of tourism on a global scale.»
Образец извлечения
Демо-превьюThis article highlights the rich cultural heritage of Uzbekistan and the issues of further development of its place in the field of tourism on a global scale. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Uzbekistan, cultural heritage, tourism, world brand, historical monuments, turizm, raqamli texnologiyalar, O‘zbekiston, infratuzilma, xalqaro targ‘ibot., tarixiy obidalar, barqaror rivojlanish, ekoturizm, madaniy meros, jahon brendi
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025
МонографииK.J.Murodov2026