К содержанию
РецензированоUZ2025

ISTE'MOLCHILAR HUQUQLARI VA ULARNING HIMOYASI

Turdiyev Abdulfayz Sherali o’g’li · Aloqa uchun: Tel.+--- Abdulfayz@gmail.com

Современная наука и исследования · 2025

Аннотация

This article covers the main rights of consumers, their legal guarantees and protection mechanisms. Also, the existing legislation on ensuring consumer rights in Uzbekistan, problems and ways to solve them will be discussed. The importance of protecting consumer rights in the formation of fair market relations is analyzed. Also, information is provided about the organizations that consumers can turn to in case of violation of their rights and the procedure for filing a complaint. 855 Fevral, 2025-Yil Key words: consumer rights, legal protection, poor quality product, service, consumer protection law, state control, complaint procedure, fraud, consumer culture, fair market. Zamonaviy jamiyatda har bir fuqaro iste’molchi sifatida mahsulot va xizmatlardan foydalanadi. Sifatli mahsulot xarid qilish, to‘g‘ri ma’lumot olish va xavfsiz xizmatlardan foydalanish iste’molchilarning asosiy huquqlaridandir. Ammo ba’zan sifatsiz mahsulot, firibgarlik yoki xizmat ko‘rsatishdagi qonunbuzarliklar iste’molchilarning manfaatlariga zarar yetkazishi mumkin. Shu sababli, iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish nafaqat ularning shaxsiy manfaatlarini ta’minlash, balki adolatli va raqobatbardosh iqtisodiyotni shakllantirishning muhim shartlaridan biridir. O‘zbekistonda iste’molchilarning huquqlari maxsus qonunlar bilan himoyalangan bo‘lib, davlat organlari va jamoatchilik tashkilotlari ularning manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirmoqda. Ushbu maqolada iste’molchi huquqlari, ularni himoya qilish mexanizmlari va O‘zbekistondagi mavjud tartib-qoidalar haqida so‘z yuritiladi. Hozirgi kundagi bozor iqtisodiyotida iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish dolzarb masala sifatida nafaqat mamlakat hududi shuningdek, xalqaro miqyosda ham alohida ahamiyat kasb etmoqda. O‘zbekiston Respublikasida o‘z navbatida iste’molchilar huquqlarini himoya qilish bo‘yicha Fuqarolik kodeksi, “Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi va “Elektron tijorat to‘g‘risida”gi qonunlari bilan shuningdek, qonun osti hujjatlar asosida tartibga solinadi. O‘zbekiston Respublikasining “iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi qonuning 1-moddasida iste’molchi - foyda chiqarib olish bilan bog‘liq bo‘lmagan holda shaxsiy iste’mol yoki boshqa maqsadlarda tovar sotib oluvchi, ish, xizmatga buyurtma beruvchi yoxud shu niyatda bo‘lgan fuqaro (jismoniy shaxs) sifatida belgilangan. Bu norma shuni anglatadiki, faqatgina jismoniy shaxslargina iste’molchi bo‘la oladi, yuridik shaxslar esa bunday huquqqa ega emas. Iste’molchi iqtisodiy munosabatlarda zaif tomon sifatida shartnomaviy munosabatlarda ustuvor huquqqa ega hisoblanadi. Iste’molchilarning tovar ish, xizmatni erkin tanlash va uning tegishli darajada sifatli bo‘lishi kerakligi bo’yicha huquqlarida tovar ish, xizmatning xavfsiz bo‘lishi, ishlab chiqaruvchi ijrochi, sotuvchi iste’molchiga o‘zi realizatsiya qilayotgan tovar ish, xizmatlar haqida o‘z vaqtida zarur, to‘g‘ri va tushunarli ma’lumot berishi, bunda mazkur ma’lumot tovarlarning etiketkalarida, tamg‘alarida, texnik hujjatida yoki tovarlarning ishlarning, xizmatlarning ayrim turlari uchun qabul qilingan boshqa usulda iste’molchilarga yetkazilishi lozimligi anglashiladi. 856 Fevral, 2025-Yil Shuningdek, iste’molchilarning hayoti, sog‘lig‘i va mol-mulki uchun xavfli nuqsoni bo‘lgan tovar ish, xizmat shuningdek, ishlab chiqaruvchi ijrochi, sotuvchining g‘ayriqonuniy harakati harakatsizligi tufayli yetkazilgan moddiy ziyon, ma’naviy zararning to‘liq hajmda qoplanishi kabi huquqlarida tovar ish, xizmatning tuzilishiga, ishlab chiqarilishiga, tarkibiga bog‘liq bo‘lgan va boshqa nuqsonlari, shuningdek iste’molchining hayoti, sog‘lig‘i yoki mol- mulkining xavfsizligini ta’min eta olmaydigan materiallar, uskunalar, asbob-anjomlar, moslamalar yoki boshqa vositalar qo‘llanilishi oqibatida iste’molchining hayotiga, sog‘lig‘i yoki mol-mulkiga yetkazilgan zarar sotuvchi ishlab chiqaruvchi, ijrochi tomonidan qoplanishi lozimligi, shu bilan birga iste’molchining hayoti, sog‘lig‘i yoki mol-mulkiga yetkazilgan zarar, agar u normativ hujjatlarda nazarda tutilgan tovarning xizmat yaroqlilik muddati mobaynida, bunday muddat belgilanmagan taqdirda esa, tovar ishlab chiqarilgan ish, xizmat qabul qilingan paytdan e’tiboran o‘n yil mobaynida yuzaga kelgan bo‘lsa, qoplanishi lozimligi va iste’molchining huquqlari buzilishi tufayli unga yetkazilgan ma’naviy zarar uchun uni yetkazgan shaxs, basharti u aybdor bo‘lsa, haq to‘lashi lozimligi, ma’naviy zarar uchun haq to‘lash mulkiy ziyon va iste’molchi ko‘rgan zararning o‘rni qoplanishidan qat’i nazar, amalga oshirilishidir. Iste'molchilar huquqlarini himoya qilish tizimi odatda oshkoralik va tovarlar va xizmatlar to'g'risida xabardorlikni joriy etish, bozorda raqobatni rivojlantirish, firibgarliklarning oldini olish, mijozlarni o'qitish va adolatsiz harakatlarning oldini olishni o'z ichiga oladi. Iste’molchi buzilgan huquqlari yoki qonun bilan muhofaza etiladigan manfa

Доказательный фрагмент

«This article covers the main rights of consumers, their legal guarantees and protection mechanisms.»

Образец извлечения

Демо-превью

This article covers the main rights of consumers, their legal guarantees and protection mechanisms. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
consumer rights, legal protection, poor quality product, service, consumer, xizmat ko‘rsatish, iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qonuni, shikoyat qilish tartibi, firibgarlik, davlat nazorati, huquqiy himoya, sifatsiz mahsulot, iste’mol madaniyati, iste'molchi huquqlari, adolatli bozor.
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники