К содержанию
РецензированоUZ2026

ERIX FROMMN IJTIMOIY-EKZISTENSIAL KONSEPSIYASINING ILMIY-NAZARIY ASOSLARI

ILMIY-NAZARIY ASOSLARI · Asatulloev Inomjon Abobakir ugli

Современные подходы и новые исследования в современной науке · 2026

Аннотация

In the existential philosophy of Erich Fromm, the human soul's tendency to creativity and destruction, the desire for domination or submission in people, the content and social significance of love and hatred for life are analyzed. Keywords: creativity, destruction, desire for domination, submission, soul, social dependence, alienation. Erix Frommn ijtimoiy-ekzistensial qarashlarining konseptsal asoslari ekzistensializm falsafasini shakllanishi va ekzistensial yondashuvlarga borib taqaladi. SHu ma’noda, Frommning ekzistensial falsafasining konseptual asoslarini ko‘rib chiqish uchun ekzistensializm va eszistensial falsafaning mazmun-mohiyati, asosiy g‘oyalari va nazariyalarini ko‘rib chiqish maqsadga muvofiq ish bo‘ladi. Ekzistensializm falsafasi XX asr boshlarida Germaniyada yuzaga keldi. Bu davrda ijtimoiy-siyosiy sharoit Birinchi Jahon urushidan so‘ng ancha murakkab edi. Germaniya urushda qatnashgan asosiy davlatlardan bo‘lib, bu urushda engilishi munosabati bilan ichki siyosiy-iqtisodiy ahvol nihoyatda og‘irlashdi. Mamlakatda ishsizlik, iqtisodiy tanglik avj oldi. Germaniyadagi ziyoli tabaqa vakillari ruhiy inqirozga yuz tutgan edilar. Bunday sharoitda yangi falsafiy g‘oyalarning shakllanishi uchun ehtiyoj va zamin mavjud edi. Ekzistensializm falsafasi aynan shunday sharoitda vujudga keldi. Uning nazariy va g‘oyaviy asoslarini S.Kerkegor va A.SHopengauerning tushkunlik falsafasi, N.Berdyaevning romantik va mistik qarashlari, F.Nitsshe va V.Dilteyning «hayot falsafasi» tashkil etadi. Badiiy adabiyotda ekzistensializmning shakllanishiga Kafka, Mark Avreliy, F.Dostoevskiylarning ijodi katta ta’sir ko‘rsatdi. Ekzistensionalizm falsafasida «ekzistensiya tushunchasi asosiy tushunchalardan biri hisoblanadi. «Ekzistensiya» - «mavjudlik» degan ma’noni anglatadi. Bu tushunchaning shakllanishida neokantchilikning ham ta’siri bo‘lgan. Ayniqsa, «ekzistensiya» tushunchasi Kantning «narsa o‘zida» tushunchasiga o‘xshab ketadi. Kant falsafasida «narsa o‘zida» biz uchun sirli bir olam bo‘lib qolganday va bu sirli olamga o‘tish, ya’ni Kantning iborasi bilan «transendensiya» sodir bo‘lishi qanday mushkul bo‘lsa, ekzistensionalizm 111 CURRENT APPROACHES AND NEW RESEARCH IN MODERN SCIENCES International scientific-online conference falsafasida ham inson borlig‘ini bilish va shu borliqning ichki mohiyatini tushunish nihoyatda qiyin. Insonning mavjudligida hayotning mohiyati ochilmaydi. Biz «Inson borlig‘ining mohiyati nimada?» degan savolni o‘rtaga tashlay olmaymiz. SHuning uchun ham inson hayotining mavjudligi, mohiyati, mazmuni biz uchun sir bo‘lib qolaveradi. «Nega?» degan savol tug‘iladi.Bu savolga javobni ekzistensialistlar insonning begonalashuvidan axtaradilar. Dastlab, inson tabiat ko‘ynida yashar ekan, uni o‘zidan ajralmagan holda tabiatning bir qismi sifatida mavjud bo‘lgan. Lekin ko‘hna o‘tmishning bu davri uzoqqa cho‘zilmagan. Inson tafakkuri taraqqiyoti natijasida u sun’iy tabiat yaratib, o‘zini tabiatdan ajrata boshladi. Bu begonalashish jarayoni xususiy mulkning shakllanishi, shaharlarning paydo bo‘lishi natijasida nihoyatda kuchayib bordi. Inson aqli yaratgan fan va uning yutug‘i bo‘lgan texnika begonalashish jarayonining kuchayishiga olib keldi. Qachonlardir yagona bo‘lgan odamzod millatlar, elatlar va davlatlarga bo‘linib ketdi. Natijada inson, ham tabiatdan, ham kishilik jamiyatidagi o‘zaro qardoshlik aloqalaridan begonalashib qoldi. Bu begonalashishning ikkinchi bosqichi bo‘ldi. Ekzistensialistlar fikricha, begonalashish jarayonining uchinchi bosqichi hozirgi zamonda davom etmoqda. Bu bosqichda inson o‘zining ichki olamidan, o‘zining hayotidan, mazmunidan ham begonalashib qolmoqda. Inson o‘zining botiniy tabiatini yo‘qotib, faqat zohiriy tabiatda yashab, unga moslashib bormoqda. Inson tobora o‘zining ichki hissiyotlarini yo‘qotib jamiyat mashinasining bir zarrachasiga aylanib qolmoqda. Demak, ekzistensialistlar fikricha, inson jamiyatda o‘zining qandaydir rolini bajarib boradi. Bu xilma-xil niqoblar ortida insonning asl qiyofasi yashirinib yotadi. Bu asl qiyofa qachon ochilishi mumkin. Bu qiyofa zaminida yotgan inson mohiyati qachon yuzaga chiqadi? Bu masala ekzistensionalizmni nihoyatda qiziqtirib keldi. Ekzistensializm falsafasi inson o‘z hayotining mohiyati va ma’nosini anglashi uchun, u erkinlikka va erkin tanlash huquqiga ega bo‘lishi kerak, degan fikrlarni ilgari surdi. Lekin inson bu erkinlikni suiste’mol qilib, bilim mevasidan tatib ko‘rdi va shu bilan gunohkor bandaga aylandi. Uning gunohi bilimga ega ekanligidir. SHu bilim orqali inson o‘zining fojiasiga o‘zi sabab bo‘ldi. Ekzistensial faylasuflar fikricha, hozirgi jamiyatdagi inson hayotga bo‘lgan qiziqishini tobora yo‘qotib bormoqda. U tabiatning go‘zalligini ham, boshqa insonlar kayfiyatini ham his qilmaydi. Inson faqat aqli bilan yashar ekan, aql uni faqat o‘z manfaatlarini ko‘zlashga undaydi. Natijada inson hayotidan ezgulik o‘rniga faqat foyda axtaradi. Bunday odamning ongi dasturlashtirilgan mashinaga, kompyuterga o‘xshab qoladi. Inson ham

Доказательный фрагмент

«In the existential philosophy of Erich Fromm, the human soul's tendency to creativity and destruction, the desire for domination or submission in people, the content and social significance of love and hatred for life…»

Образец извлечения

Демо-превью

In the existential philosophy of Erich Fromm, the human soul's tendency to creativity and destruction, the desire for domination or submission in people, the content and social significance of love and hatred for life… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
creativity, destruction, desire for domination, submission, soul, alienation., social dependence
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники