К содержанию
РецензированоUZ2026

SIFAT- OT TURKUMIDAGI ORALIQ SO‘ZLARNING IZOHLI LUG‘ATDAGI IFODASI

LUG‘ATDAGI IFODASI · Asadov To‘lqin Hamroyevich

Современные подходы и новые исследования в современной науке · 2026

Аннотация

Mazkur maqolada so‘z turkumlari borasida tadqiqotlar olib borgan olimlar e’tirof etilib, ikki va undan ortiq so‘z turkumida ham tadqiq etiladigan oraliq so‘zlar, jumladan, sifat-ot so‘zlarning funksional-semantik tabiati, ushbu so‘zlarning “O‘zbek tilining izohli lug‘ati”dagi ifodasi, sifat-ot orasidagi so‘zlarning turkumlilikka munosabati borasida fikr-mulohazalar bayon etilgan. Keltirilgan nazariy ma’lumotlar lug‘atdan olingan misollar bilan izohlangan. Kalit so‘zlar: so‘z turkumi, semantik, morfologik, sintaktik mezon, oraliq so‘z, sifat-ot so‘z, predmetlik va belgi-xususiyat, ko‘pma’nolilik, polifuksiyanallik, omonimiya. Ma’lumki, barcha tillar so‘zlari o‘zining grammatik tabiati, semantik xususiyatiga qarab turlicha guruhlarga (kategoriyalarga) bo‘linadi. Grammatik qurilishi har xil bo‘lgan tillardagi so‘zlar semantik, grammatik, qo‘llanish doirasi, o‘zaro birikishi doim ham uyg‘un bo‘lavermaydi. Asosiysi, so‘zlarni turkumlarga ajratishda tillar uchun umumiy sanalgan yagona bir qonuniyat ham mavjud emas. Muayyan bir tilda so‘zlarni turkumlash shu tildagi so‘zlarning o‘ziga xos ma’nosi, grammatik xususiyati, so‘z yasash tizimi va so‘zlarning o‘zaro birikish qobiliyati asosida ishlab chiqilishi lozimki, hatto qardosh tillar oilasida ham so‘zlarni turkumlashda qandaydir farqlanishlar sezilishi mumkin holat sanaladi[1,5]. Ma’lumki, tilshunoslik nazariyasida so‘zlarni turkumlashtirish (kategoriyalashtirish) da semantik, morfologik, sintaktik mezonga amal qilish ommalashgan. Jahon tilshunosligi, turkologiya, o‘zbek tilshunosligida so‘zlarni turkumlashda ayrim tilshunoslar so‘zning leksik ma’nosini yetakchi qilib olsa, boshqalari so‘zning shakli va o‘zgarishini yoki so‘zning gap tarkibidagi vazifasini yetakchi omil sifatida baholashadi. Ta’kidlash o‘rinliki, so‘z turkumlarini belgilashda antik tilshunoslikda, asosan, semantik mezonga tayanib ish ko‘rilgan. Morfologik va sintaktik xususiyatlar esa qo‘shimcha – ikkilamchi, ya’ni 1 Ўзбек тилининг изоҳли луғати. 5 жилдли. – Т.: Ўз.мил.энц., 2006-2008. 128 CURRENT APPROACHES AND NEW RESEARCH IN MODERN SCIENCES International scientific-online conference so‘zning ma’no xususiyatidan kelib chiqadigan belgi sifatida qabul qilingan[3;5;6]. Professor J.Eltazarov rahbarligida yuzaga kelgan A.Botirovaning “O‘zbek tilida so‘z turkumlarining birlamchi va ikkilamchi vazifasining funksional-sintaktik tahlili” nomli dissertatsiyasida lug‘at qatlamidagi ayrim so‘zlarning ikki paradigma (so‘z turkumi)dan ham o‘rin egallay olishi (oraliq so‘z ekanligi) so‘zlarni turkumlashda uch asosli mezonga soya solishi haqida haqli shunday fikr kuzatiladi: “Bu mezonlar tilning paydo bo‘lishi, shakllanishi va tarqqiyoti kesimida so‘zning rivoji muammosi bilan bir tomondan, so‘zlarning polifunksionallik xususiyatlari bilan ikkinchi tomondan bog‘lanib ketadi. Boshqacha aytganda, diaxronik jihatdan ayrim so‘zlarning o‘z turkumlarini tark etib, boshqa turkumlarga ko‘chishi hodisasi bilan birga, tilning muayyan bir sinxronik holatida kamida ikki paradigmaga kirish imkoniyatining saqlanib turishi bu mezonlarning har doim ham birday amal qila olmasligini ko‘rsatadi. Chunki til dalillari so‘zni turkumlarga aratishning semantik, sintaktik, morfologik mezoni istalgan so‘zni biror turkumga kiritish uchun yetarli bo‘lavermaydi”[2,7]. Bundan xulosa chiqadiki, so‘z turkumlari va ularni farqlash bilan bog‘liq muammolarning yuzaga kela borishiga ba’zida tilning ijtimoiyligi ham sabab bo‘ladi. Umuman, tining ijtimoiyligi evazi o‘laroq ayrim so‘zlar polifunksionallik kasb eta boradi. Bu esa ularda ikki va undan ortiq paradigmada ham o‘rin topa olish imkoniyatini yuzaga keltiradi. Lekin so‘zdagi polifunksionallik doim ham bir turkumdagi so‘zni boshqa turkumga o‘tib ketishiga yo‘l ochavermaydi. Polifunksionallik, ya’ni bu kabi so‘zlarning so‘z turkumlariga munosabati masalasida fanda uzoq yillardan beri ikki xil qarash mavjud. Ayrim tadqiqotchilar bu borada: “Bir so‘z turkumi vazifasida ikkinchisining kelishi bu so‘zning bora-bora tamoman boshqasiga o‘tib olishi, ya’ni boshqa turkumga aylanishi bilan tugashi”ni ta’kidlasalar[4,27], boshqa tadqiqotchilar fikriga ko‘ra “barcha so‘zlarning gapda funksional o‘zgarish jarayoni doimo bir so‘z turkumining, albatta, boshqasiga aylanishi bilan tugallanganda edi so‘z turkumlari o‘z barqarorligini allaqachon yo‘qotgan bo‘lib, bugungi kunda tilshunoslikda so‘z turkumlari tushunchasi va u bilan bog‘liq terminlar ham bo‘lmas edi[7,210]”. Keyingi fikrga qo‘shilgan holda ayta olamizki, albatta, nutqiy kontekst so‘zlarni turkumlash uchun asos bo‘la ololmaydi, ya’ni til sathi qonuniyatlari bilan hisoblashish so‘zlarni turkumlashdagi chalkashliklarga bir qadar yechim bo‘la oladi. To‘g‘ri, ayrim so‘zlarning polifunksionallik xususiyati 129 CURRENT APPROACHES AND NEW RESEARCH IN MODERN SCIENCES International scientific-online conference bu so‘zda bora-bora ikki va undan ortiq paradigmada ham o‘rin topa olish imkoniyatini yaratgan. Kuzatishlar ko‘rsatadiki, “O‘zbek tilining izohli lug

Доказательный фрагмент

«Mazkur maqolada so‘z turkumlari borasida tadqiqotlar olib borgan olimlar e’tirof etilib, ikki va undan ortiq so‘z turkumida ham tadqiq etiladigan oraliq so‘zlar, jumladan, sifat-ot so‘zlarning funksional-semantik tabi…»

Образец извлечения

Демо-превью

Mazkur maqolada so‘z turkumlari borasida tadqiqotlar olib borgan olimlar e’tirof etilib, ikki va undan ortiq so‘z turkumida ham tadqiq etiladigan oraliq so‘zlar, jumladan, sifat-ot so‘zlarning funksional-semantik tabi… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
sifat-ot so‘z, oraliq so‘z, morfologik, omonimiya., sintaktik mezon, semantik, polifuksiyanallik, ko‘pma’nolilik, so‘z turkumi, predmetlik va belgi-xususiyat
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники