Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
ERIX FROMM EKZISTENSIAL FALSAFASIDA INSON QALBI TAHLILI
QALBI TAHLILI · Asatulloev Inomjon Abobakir o‘g‘li
Развитие педагогических технологий в современных науках · 2026
Аннотация
Erix Fromm ekzistensial falsafasida inson qalbining yaratuvchilik va buzg‘unchilikka moyilligi, insonlardagi hukmronlikka intilishni yoki bo‘ysunishga moyillik, hayotga muhabbat va nafratning mazmuni va ijtimoiy ahamiyati tahlil qilingan. Kalit so‘zlar: yaratuvchilik, buzg‘unchilik, hukmronlikka intilish, bo‘ysunishga moyillik, qalb, ijtimoiy qaramlik, begonalashuv. Erix Fromm falsafasida inson qalbining hukmronlik istagi, boshqalarni ezish va kamsitish orqali lazzatlanish mayli sadizm deyiladi. Mazoxistik xususiyatga qarama-qarshi xolat sadizm hissoblanadi. Erix Fromm sadistik tendensiyani 3 tipini ko‘rsatadi: «birinchisi, boshqa odamlarni o‘ziga qaram qilish va ularni xohlagancha boshqarish; ikkinchisi, odamlar ustidan mutloq hukmronlik o‘rnatibgina qolmay, ularni eksplutatsiya qilish va ulardan foydalanish hisoblanadi. Egalik qilish hissi boshqalarni moddiy boyliklarinigina emas, axloqiy va intellektual sifatlariga ham qaratilgan bo‘ladi; uchinchisi, boshqa odamlarni azoblash va ularni qiynalayotganligini ko‘rishda namoyon bo‘ladi»[4]. Faylasuf sadizmning kelib chiqishi jinsiy munosabatlarni buzilishi bilan bog‘liq emasligini ilgari suradi. Bu moyillikni nafaqat jinsiy aloqada, balki boshqa tabiiy aloqalarda ham kuzatish mumkin. Inson boshqa bir mavjudotni nazorat qilishni, azoblashni istaydi va bu uning yashirin xohishi hisoblanadi. «Sadizmning mohiyati tirik mavjudot ustidan chinakam va cheksiz hukmronlikka ega bo‘lishdir. Birov o‘zini himoya qilish qobiliyatiga ega bo‘lmasa, unga og‘riq va tahqir etkazish mutlaq ustunlikka ega bo‘ladi»[14]. Frommgacha sadizm va mazoxizm jinsiy aloqa anamaliyalari fenomeni sifatida ko‘rilgan. Olim xulosa qiladiki, «sadizm (va mazoxizm) jinsiy zo‘ravonlik sifatida bu ulkan sohaning faqat kichik qismini ifodalaydi, bu hodisalar jinsiy aloqa bilan bog‘liq emas. Jinsiy bo‘lmagan sadistlikda odam - ojiz va himoyasiz mavjudotni (insonni yoki hayvonni) topadi va unga jismoniy azob beradi, hatto uni hayotdan mahrum qilishga urinadi»[14;61]. Jamiyatda o‘z o‘rnini topaolmagan yoki bolalikdan istaklari bostirilgan inson oila a’zolariga yoki boshqalarga sadistik munosabatda bo‘ladi. 77 DEVELOPMENT OF PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES IN MODERN SCIENCES International scientific-online conference Mazoxistik va sadistik moyilliklar boshqalar to‘g‘risida xaddan tashqari g‘amxo‘rlik qilish va mehribonlik qilish kabi niqoblar bilan yashiringan bo‘ladi. Mazoxistning qaramligi ochiq oydin ko‘rinsa, sadistga o‘ziga tegishli odam kerak, zero, u o‘zining kuchli deb his etishi uning kimnidir xo‘jayini ekanligiga asoslanadi. Aslida odamlar o‘z hukmronligi ostidagi insonlarga hamma narsani - mehr-muhabbat, e’tibor, hurmatni berishi mumkin, faqat bir narasani bermaydi - ozodlik va mustaqillik huquqini bermaydi. Ushbu holatlarni ota-onalarning farzandlari bilan bo‘lgan munosbatlarida ham uchratish mumkin. Amerikalik olim xarakterning mazoxistik belgilari va tegishli buzuqlik qaerdan kelib chiqadi, degan savol qo‘yadi. Ya’ni, ham mazoxistik, ham sadistik mayllarning umumiy belgilari nimalardan iborat? Uning fikricha, ham mazoxistik, ham sadistik intilishlar individga yolg‘izlik va kuchsizlikning chidab bo‘lmaydigan uqubatlaridan halos bo‘lishga ko‘maklashadi. Mazoxistlar ustida olib borilgan psixonalitik kuzatishlar ularda yolg‘izlik dahshati va o‘z ojizligini his etish kuchayib borishini namoyon qiladi. Erix Fromm fikriga ko‘ra, «mazoxizmda individ yolg‘izlik va xaqirlik (hechlik)ning chidab bo‘lmas hissi tufayli harakatga keladi. U psixologik ma’nodagi o‘z «men»idan voz kechib bu hisni bartaraf etmoqchi bo‘ladi; buning uchun o‘zini kamsitadi, azob chekadi va o‘zini haddan tashqari xaqirlikka olib boradi. Biroq og‘riq va iztirob-aslo u intilayotgan narsa emas; og‘riq va iztirob - bu baho bo‘lib, u ana shu bahoni anglanmagan umidda, anglanmagan maqsadga erishish uchun to‘laydi. Bu juda og‘ir baho; o‘zini azobga tiqayotgan bu to‘lovchiga yana va yana ko‘proq to‘lashga to‘g‘ri keladi; u hech qachon to‘laganlari evaziga ichki olami va xotirjamlikka erisha olmaydi»[4;131-132]. Demak, inson qalbidagi siqilgan istaklar va uning tadrijiy davomi insonda yangicha xarakterni shakllantiradi. Shuni ta’kidlash joizki, psixologik nuqtai nazardan mazoxistik va sadistik tendensiya ham faqat bitta sababdan - yolg‘izlik uqubatlariga chiday olmaslik va o‘z shaxsining kuchsizligidan kelib chiqadi. Ular bir biri bilan shunday dialektik bog‘liqki, birini ikkinchisi to‘ldiradi. Sirtdan qaraganda ular bir-birini istesno etadi, biroq ularning asosida ayni bir ehtiyoj yotadi. Sadizm va buzg‘unchilik garchi bir-biri bilan bog‘langan bo‘lsa-da, bir xil hodisa emas. Buzg‘unchi shaxs ob’ektni yo‘q qilishga, ya’ni undan qutulishga intiladi, sadist esa ob’ekt ustidan hukmronlik qilishga intiladi va uni yo‘qotganida iztirob chekadi. Ko‘pchilik, mazoxistik hodisani muhabbatning namoyon bo‘lishi, deb hisoblaydi. Boshqalar uchun o‘zidan to‘la voz kechish, uning manfaatlari yo‘lida o‘z huquq va istaklaridan voz kechish-ana shularning hammasin
Доказательный фрагмент
«Erix Fromm ekzistensial falsafasida inson qalbining yaratuvchilik va buzg‘unchilikka moyilligi, insonlardagi hukmronlikka intilishni yoki bo‘ysunishga moyillik, hayotga muhabbat va nafratning mazmuni va ijtimoiy ahami…»
Образец извлечения
Демо-превьюErix Fromm ekzistensial falsafasida inson qalbining yaratuvchilik va buzg‘unchilikka moyilligi, insonlardagi hukmronlikka intilishni yoki bo‘ysunishga moyillik, hayotga muhabbat va nafratning mazmuni va ijtimoiy ahami… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- yaratuvchilik, buzg‘unchilik, hukmronlikka intilish, begonalashuv., ijtimoiy qaramlik, bo‘ysunishga moyillik, qalb
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
МонографииK.J.Murodov2026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025