К содержанию
РецензированоUZ2026

EKO MADANIYAT VA ATROF-MUHITNI ASRAB-AVAYLASH, JAMOAT JOYLARIDA YANGI TEXNOLOGIYALARNI JORIY QILISH

EDUCATION SYSTEM · Doniyorova Zulayho Uchqunjon qizi

Наука и инновации в системе образования · 2026

Аннотация

Bugungi kunda mamlakatimizda atrof-muhitni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, sanitariya va ekologik holatni yaxshilashni ta'minlash sohasida izchil ishlar olib borilmoqda. Atrof-muhit muhofazasi nihoyatda muhim. Yashash uchun tabiatni asrashimiz, tabiiy resurslarni oqilona boshqarishimiz, ulardan tejamkorlik bilan foydalanishimiz zarur. Shuningdek, bugungi kunda yer sharidagi ko'plab ekotizimlar zaxirasi deyarli butkul tugab, ortga qaytarib bo'lmaydigan darajaga yuz tutgan, boz ustiga aholi nufusi o'sib borayotgan, iqtisodiy taraqqiyotga ehtiyoj kun sayin ortayotgan vaziyatda atrof-muhitni saqlash har qachongidan ham dolzarb vazifa sanaladi. Kalit so'zlar: tabiat, atrof-muhit, ekologiya, xavfsizlik, hudud, tabiatdan foydalanish, tabiiy resurslar, sifat, ifloslanish, cho'llanish, qurg'oqchilik. O‘zbekiston, boshqa ko‘plab davlatlar singari, inson salomatligi va ekotizimlariga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi jiddiy ekologik muammolarga duch kelmoqda. Shu bilan birga, resurslar va fuqarolar salomatligini saqlash zaruriyatini hisobga olgan holda, mamlakat hukumati ekologik inqirozlarning oldini olish bo'yicha chora-tadbirlarni faol ishlab chiqmoqda va atrof-muhit holatini yaxshilash uchun innovatsion yondashuvlarni joriy qilmoqda. Bugun O‘zbekistonda ekologiya sohasi tub o‘zgarishlarni boshdan kechirmoqda, har bir insonning qulay atrof-muhitga bo‘lgan huquqi mamlakatimizning yangi Konstitutsiyasida mustahkamlab qo‘yilgan. O‘zbekiston mustaqillikka erishgan vaqtdan boshlab, mamlakatni barqaror rivojlantirishga erishish, xalq farovonligini oshirishga yo‘naltirilgan ijtimoiy-siyosiy, sotsial-iqtisodiy o‘zgarishlar va keng ko‘lamli bunyodkorlik ishlari izchil amalga oshirilmoqda. Bugun mamlakatimiz hayotining barcha sohalarida - davlat va jamiyat qurilishi, sud-huquq tizimi, iqtisodiyotni liberallashtirish, sog‘liqni saqlash, ta’lim va kadrlar tayyorlash, madaniyat, tashqi siyosat, atrof muhitni muhofaza qilish va tabiatdan foydalanish tizimi va boshqa sohalarda chuqur islohotlar amalga oshirilmoqda. Islohotlarning maqsadi adolatli jamiyat va demokratik davlat qurish, «inson manfaatlari hamma narsadan ustun» tamoyilini amalga 102 SCIENCE AND INNOVATION IN THE EDUCATION SYSTEM International scientific-online conference oshirish ustuvor hisoblangan joyda fuqarolarning qulay atrof muhitga bo‘lgan huquq va manfaatlarini himoya qilishdir. Respublikada O‘zbekiston Respublikasining 2030-yilgacha atrof-muhitni muhofaza qilish konsepsiyasi, ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish sohasida 30 dan ortiq qonun hujjatlari va 200 ga yaqin qonunosti hujjatlari mavjud. O‘zbekiston Respublikasining “Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida”, “Atmosfera havosini muhofaza qilish to‘g‘risida”, “Suv va suvdan foydalanish to‘g‘risida”, “O‘simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risida”, “Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risida”, “O‘rmonlar to‘g‘risida”, “Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar to‘g‘risida”, “Yer qa’ri to‘g‘risida”, “Chiqindilar to‘g‘risida”, “Ekologik ekspertiza to‘g‘risida”, “Ekologik nazorat to‘g‘risida”, “Ekologik audit to‘g‘risida”, “Qayta tiklanadigan energiya manbalaridan foydalanish to‘g‘risida”, “Aholining sanitariya- epidemiologik osoyishtaligi to‘g‘risida”, O‘zbekiston Respublikasining Yer kodeksi va boshqalar shular jumlasidandir. 2021-yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tashabbusi bilan mamlakatimizda 2030-yilgacha har yili 200 million tup daraxt va buta ekish ko‘zda tutilgan “Yashil Makon” keng ko‘lamli umummilliy dasturiga start berildi. Natijada shaharlardagi yashil maydonlar maydoni hozirgi 8 foizdan 30 foizga, shuningdek, davlat o'rmon fondi maydoni 7,5 foizdan 15 foizga ko'payishi kutilmoqda. O‘tgan davrda “Yashil Makon” milliy loyihasi doirasida qariyb 500,0 gektar bog‘, 935 gektar yashil zona, 6179,2 gektar jamoat parklari, shuningdek, Buxoro, Nukus, Xiva va Urganch shaharlari atrofida umumiy uzunligi 40 km yashil belbog‘lar barpo etildi. “Yashil” hududlarni rivojlantirish ishlarini tizimli tashkil etish doirasida 2023-yilda 219,7 million tup mevali va manzarali daraxt va buta ko‘chatlari ekildi. Atrof-muhitga yuqori ta’sir ko‘rsatadigan 189 ta sanoat korxonasida 2 million 830 ming dona ko‘chat ekildi, 220 ming tup daraxt ko‘chatlari o‘rin olgan “yashil belbog‘lar”, 196 ta chiqindi yig‘ish punktlari tashkil etildi, ular atrofida daraxtzorlar barpo qilindi. Bundan tashqari, soʻnggi yillarda Oʻzbekistonda jahonda muqobil boʻlmagan innovatsion chora-tadbirlar qatorida Orol dengizining qurigan tubida yaratilgan “yashil qoplamalar” ham bor. Shuni ta'kidlash kerakki, uni qo'llash doirasi kengayib bormoqda. 2019–2023-yillarda Orol dengizining qurib qolgan hududlarida 1,7 million gektardan ortiq maydonda o‘rmon melioratsiyasi ishlari 103 SCIENCE AND INNOVATION IN THE EDUCATION SYSTEM International scientific-online conference olib borildi. "Green Cover" kichik samolyotlar va traktorlar yordamida yarati

Доказательный фрагмент

«Bugungi kunda mamlakatimizda atrof-muhitni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, sanitariya va ekologik holatni yaxshilashni ta'minlash sohasida izchil ishlar olib borilmoqda.»

Образец извлечения

Демо-превью

Bugungi kunda mamlakatimizda atrof-muhitni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, sanitariya va ekologik holatni yaxshilashni ta'minlash sohasida izchil ishlar olib borilmoqda. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
tabiat, atrof-muhit, ekologiya, xavfsizlik, hudud, tabiatdan, qurg'oqchilik., ifloslanish, tabiiy resurslar, tabiatdan foydalanish, cho'llanish, sifat
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники