Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
FE’LLARNING SHAXS-SON QO’SHIMCHALARI BILAN TUSLANISHI
Fayzullayeva Guli Faxriddinovna · Mamatova Gulshan Amankulovna
Академические исследования в современной науке · 2026
Аннотация
O’quvchilar nutqida sheva elementlarining mavjudligi, so’zlarni buzib talaffuz qilishlari, nutqda o’rinsiz so’zlarni qo’llash, fe’llarda shaxs-sonlarni,zamonlarini ajrata olmaslik, yoki nutqda ruscha so’zlarni noo’rin qo’llash kabi xato va kamchiliklaridan ko’z yumib bo’lmaydi. Ushpu maqola yozilishi jarayonida boshlang’ich sinf o’quvchilariga mavzuga oid mashqlar bajarishni o’rgatishga doir usullar haqida batafsil to’xtaldik. Qanday usul va tajribalardan foydalanilsa, samarali natijalarga erishish mumkin degan masala ustida ilmiy izlanishlar olib bordik. Bоshlang’ich sinf оna tili darslarida o’quvchilar so’z turkumlari xususida ma’lumоt оladilar. Boshlang’ich sinflarda faqat mustaqil so’z turkumlaridan ot, sifat, son, fe’l, olmosh(o’zlik). Ana shunday so’z turkumlaridan biri fe`l – so’z turkumi bo’lib, biz ushbu bоbimizda aynan shu so’z turkumi va uni o’qitish uslubiyoti xususida fikr yuritamiz. O’ylaymizki, bu bоbda ilgari surgan fikr va mulоhazalarimiz aynan shu mavzu yuzasidan bоshlang’ich sinf o’quvchilariga nazariy manba vazifasini o’tasa ajabmas. Shaxs va predmetning ish-harakati va holatini ifodalaydigan mustaqil so‘zlar fe’l deyiladi. Masalan: Men olimlarga, ilohiyotchilarga, tarixshunoslarga hurmat-ehtirom ko‘rsatdim va e’zozladim. (A.Temur). Mehnat insonda ijodiy kuch uyg‘otadi (Tafakkur jurnali).Grammatikada harakat va holat tushunchasi juda keng. Ya’ni fe’l holat, belgining yuzaga kelishi, o‘zgarishi kabi jarayonlarni ham harakat tarzida anglatadi: o‘rik gulladi, yaproqlar sarg‘aydi, bola uxlayapti kabi. Fe’llarning barchasi bir umumiy so‘roqqa nima kilmoq? so‘rog‘iga javob beradi. Fe’l o‘ziga xos bo‘lgan morfologik belgilarga ega, ya’ni: 1) ish-harakatning predmetga (to‘ldiruvchiga) munosabati fe’ldagi o‘timli va o‘timsizlik ma’nosini hosil qiladi: o‘qimoq, yozmoq - o‘timli fe’l; o‘tirmoq, chiniqmoq - o‘timsiz fe’l; 2) ish-harakatning bajarilishi haqidagi tasdiq yoki inkorni anglashilishiga 25 ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE International scientific-online conference ko‘ra fe’llar bo‘lishli va bo‘lishsizlik ma’nosini bildiradi: ayt – bo‘lishli, aytma –bo‘lishsiz; bilgan – bo‘lishli, bilgani yo‘q – bo‘lishsiz fe’l; 3) ish-harakat bilan uning bajaruvchisi, ob’ekt va sub’ektlar orasidagi munosabat nisbat ma’nosini hosil qiladi: kiydi - aniq nisbat, kiyindi - o‘zlik nisbat, kiyildi - majhullik nisbat, kiydirdi – orttirma nisbat; Ish-harakatning bajarilishi haqidagi inkorni anglatuvchi fe’llar bo‘lishsiz fe’l deyiladi. Bo‘lishli fe’l bo‘lishsiz fe’lni hosil qilish uchun asos bo‘ladi. Fe’lning bo‘lishsiz shakli quyidagicha yasaladi: 1. fe’l negiziga –ma (bu affiks urg‘u olmaydi), -may, -mas, -masdan, -maslik affikslarini qo‘shish bilan fe’ldagi bo‘lishsizlik ma’nosi hosil qilinadi: ko‘rsatma, kelmagach, bajarmadi, yoqmas, avaylamasdan, o‘smaslik kabi. Ko‘rinadiki –ma elementi –may, -mas, -masdan, maslik affikslarining tarkibida uchraydi. Bu affikslar sof fe’lga va fe’l shakllariga (sifatdosh, ravishdosh, harakat nomi) qo‘shilib inkor ma’nosini ifodalashda asosiy morfologik ko‘rsatkich sanaladi. Masalan: G‘ulomjon darpardasi yonidan qalin qorni g‘irchillatib o‘tgan dupurni ham eshitmadi. (M.Ismoiliy). Tog‘ arqon bilan eshilmaydi (M.Qoshg‘ariy). Mehnat qilmagan rohat ko‘rmas (O‘zbek xalq maqoli). Uydagilarga aytmasdan do‘sti bilan Qudratnikiga ketibdi. Kasal tabib kasalni davolay olmas (Abu Ali ibn Sino). Bu voqeani ko‘rmaslik uchun bolalar ko‘zlarini chirt yumdilar.-ma, -may affikslari qo‘shma fe’llarga quyidagicha qo‘shiladi: a) asosiy qismga etakchi fe’lga qo‘shiladi: eshitmay qoldi, uxlamay chiqdi, ko‘rmay qoldi kabi; b) ko‘makchi fe’lga qo‘shiladi: sotib olmadi, javob bermadi, o‘qib chiqmadi kabi. Ish-harakat ma’lum bir grammatik shaxs tomonidan bajariladi (yoki bajarilmaydi). Grammatik shaxs so‘zlovchi (I shaxs), tinglovchi (II shaxs), o‘zga (III shaxs yoki predmet) bo‘lishi mumkin. Grammatik shaxs grammatik son (birlik yoki ko‘plik) bilan birgalikda ifodalanadi. Fe’llardagi bunday grammatik shaxs va son ma’nosi ma’lum bir grammatik ko‘rsatkichlar orqali ifodalanadi. Masalan: o‘qidim, o‘qisam, o‘qisang, o‘qiyapman, o‘qibman, o‘qiy fe’llari tarkibidagi –m, -man, -y qo‘shimchalari ish-harakatning I shaxs so‘zlovchi, ya’ni yakka shaxs tomonidan bajarilganini ko‘rsatsa; o‘qidik, o‘qisak, o‘qiyapmiz, o‘qibmiz, o‘qiylik fe’llari tarkibidagi –k, -miz, -ylik affikslari ish-harakatning I shaxs, lekin ko‘p so‘zlovchilar (shaxslar) tomonidan bajarilganini ifodalaydi. Demak, ish-harakatning bajaruvchisi uch shaxs va 2 son tushunchalarini aks ettiruvchi 26 ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE International scientific-online conference affikslarni o‘z ichiga oladi. Shuning uchun ham bunday affikslar shaxs-son affikslar deb yuritiladi. Fe’llarning shaxs-son affikslari bilan o‘zgarishi esa tuslanish deyiladi. Shaxs-son affikslari tilshunoslikda tuslovchi affikslar deb ham yuritiladi. O‘zbek tilida tuslovchi affikslar fe’l shakllariga turlicha ko‘rinishda qo‘shiladi. Shu jihatdan tuslovchi affikslar uch guruh
Доказательный фрагмент
«O’quvchilar nutqida sheva elementlarining mavjudligi, so’zlarni buzib talaffuz qilishlari, nutqda o’rinsiz so’zlarni qo’llash, fe’llarda shaxs-sonlarni,zamonlarini ajrata olmaslik, yoki nutqda ruscha so’zlarni noo’rin…»
Образец извлечения
Демо-превьюO’quvchilar nutqida sheva elementlarining mavjudligi, so’zlarni buzib talaffuz qilishlari, nutqda o’rinsiz so’zlarni qo’llash, fe’llarda shaxs-sonlarni,zamonlarini ajrata olmaslik, yoki nutqda ruscha so’zlarni noo’rin… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- grammatik shaxs, ich sinf, tuslovchi affikslar, boshlang ich, sinf quvchilariga, bоshlang ich, nosini hosil
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Диссертации и авторефератыYusupov Kuanıshbay Baltabayevich2026
МонографииK.J.Murodov2026