К содержанию
РецензированоUZ2026

ABDULLA AVLONIY – MILLAT KELAJAGINI YUKSALTIRGAN SIYMO

Boymurodova Sarvinoz Saparali qizi · Nizomiy nomidagi TDPU

Академические исследования в современной науке · 2026

Аннотация

Mazkur maqolada Abdulla Avloniyning pedagogik qarashlari, millat kelajagini yuksaltirish yo‘lida amalga oshirgan ishlari va ma’rifatparvarlik faoliyatining zamonaviy ahamiyati yoritilgan. Maqola yosh avlod uchun Avloniyning hayoti va ijodi merosini anglashda muhim ahamiyat kasb etadi. Kalit so‘zlar:Vatanparvarlik, “Birinchi muallim”, “Ikkinchi muallim”, “Turkiy Guliston yoxud axloq “, ma’rifatparvarlik, ijtimoiy masala. Dars ila tarbiya orasida bir oz farq bor bo‘lsa ham, ikkisi bir-biridan ayrilmaydigan, birining vujudi biriga jon ila tan kabidir. (Abdulla Avloniy) Ijodkorlik odatda uzoq vaqt davomida shakllanib boradigan jarayon sifatida qaraladi. Ammo ba’zi iste’dodli insonlar bunday yo‘lni qisqa muddatda bosib o‘tadilar, kutilmagan tarzda shiddat bilan adabiyot sahnasiga kirib keladilar. Ularning ijodi qalblarda chuqur iz qoldirib, ko‘ngilga yaqin nur, yangi umid va ilhom baxsh etadi. Bunday ijodkorlar o‘z yozgan so‘zlari bilan insonlarning ichki dunyosidagi his-tuyg‘ularini uyg‘otib, ularga yangi qarashlarni, ilg‘or g‘oyalarni olib kiradilar. Shunday ijodkorlardan biri, o‘zbek adabiyotining yorqin namayondasi Avloniy ma’rifatparvar, shoir va jamoat arbobidir. O‘zbek ma’rifatining peshvosi Abdulla Avloniy 1878-yil 12-iyulda Toshkentda Mergancha mahallasida hunarmand-to‘quvchi oilasida dunyoga kelgan. Shoirning otasi – Miravlon aka, onasi – Fotima opa farzandining shunday yetuk shaxs bo‘lib yetishishlariga katta hissa qo‘shganlar. Abdulla Avloniy 7 yoshidan boshlab O‘qchi mahallasidagi eski maktabga qatnab, Akromxon domladan savod chiqargan. 90-yillarda bu maktabni tamomlaganidan so‘ng shu mahalladagi madrasada ta’lim olgan. Ilmga bo‘lgan mehri tufayli keyinchalik Shayhontohurdagi Abdumalikboy madrasada Mulla Umar Oxundan saboq olgan. Biroq hayotning qiyinchiliklari o‘qishiga to’sqinlik qilgan va shunday yozgan:”1981-yildan boshlab faqat qishki mavsumda o‘qib, yozda mardikorlik qilardim“.1 Ko‘p o‘tmay bu sinovlar ham barham topadi. U 34 ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE International scientific-online conference butunlay ishga sho‘ng‘ib ketdi, g‘isht quyish, suvoqchilik, duradgorlik, binokorlik kabi kasblar bilan shug‘ullandi. Abdulla Avloniy she’riyatga bo‘lgan qiziqishini bolalik yillaridan shakllantira boshladi, ammo ilk she’rlarini 15-16 yoshlarida yozishga kirishdi. Uning ilk she’ri 1894-yilda bitilgan bo‘lib 1995-yilda esa o‘z she’rlari bilan matbuotda faol ishtirok etgan. Yosh Avloniy Navoiyning she’riyatiga, Fuzuliyning g‘azallariga oshno bo‘lgan. Shuningdek, fors tilini ham o‘rganib, Sa’diy va Hofizning she’riyatlariga muhabbat qo‘ygan va shu asnoda adabiyotimizdan Avloniyning she’rlari, tarjimalari joy olgan. Afsuski, uning yoshlikdagi “Toshkent tongi” she’rlari bizgacha saqlanmagan, faqat 1905-yildan keyingina yozilgan asarlari bizga yetib kelgan. Avloniy faqat she’r yozishda emas, balki o‘zining ijtimoiy faoliyati bilan ham tanilgan. U o‘z asarlarida o‘zbek xalqining qadriyatlarini milliy ongini uyg‘otish maqsadida turli mavzular, jumladan, erkinlik mustaqillik, madaniyat va til masalalariga bag‘ishlab yozgan. Shoirning ijodi o‘z davrining eng muhim adabiy va ijtimoiy hodisalariga bog‘liq bo‘lib, u milliy uyg‘onishning yorqin ifodasi bo‘lib qolgan. 1904-yilda Abdulla Avloniy o‘zining ma’rifiy faoliyatini yangi bosqichga olib chiqdi va Toshkentdagi Mirobod hududida usuli jadid maktabini ochdi. Bu maktab Avloniyning bilimga bo‘lgan yuksak e’tiqodi, yoshlarga ta’lim berishdagi cheksiz mehrini namoyon etuvchi bir maskan edi. Shu maktabda o‘qitilgan fanlarning xilma-xilligi, o‘quvchilarni qisqa muddatda savod chiqarishga o‘rgatishi shaharda katta shov-shuvga sabab bo‘ldi. Yusuf Tohiriy o‘z xotiralarida mazkur maktab haqida iliq so‘zlar qoldirgan: “Shaharning qarama-qarshi chekkasida, temiryo‘l ishchilari istiqomat qiladigan Mirobodda yangi turdagi maktabning fazilatlari haqida shov-shuvlar, uning muallimi bo‘lmish Avloniyning dovrug‘i shahargacha tarqaldi. Hammaning tilida: “Miroboddagi maktab 6 oyda o‘qish-yozishni o‘rgatarmish, jug‘rofiya, hisob-kitobni,tabiatni o‘rganish degan darslar o‘qitilarmish”-degan gaplar yurardi. Bizga juda sirli tuyulgan bu maktabni va uning donishmand muallimini ko'rishga hammamiz oshiqardik. Nihoyat bir kuni uch-to‘rttamiz borishga jazm qildik. Maktab pastakkina, nim qorong‘u bo'lib, masjid yo'lagiga joylashgan edi. Xonaning tepasidagi yorug‘lik uchun qoldirilgan tuynukdan qish va bahorda qor bilan yomg‘ir ham tushib turardi. Lekin xonada o‘quvchilar va o‘qish istagida kelganlar soni ko‘p edi. Xayolimizda domlaning allaqanday bir sirli tomoni bor edi. Bizni qotmagina, kichik jussali, qorachadan kelgan, istarasi issiq, cho‘qqisoqol bir kishi kutib oldi. Bu nomi tilga tushgan muallim Avloniy edi. O‘qishga qabul qilindik. Ko‘p o‘tmay ko‘z oldimizda yangi bir dunyo ochilganiga 35 ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE International scientific-online conference to‘la ishonch hosil qildik. Ular o‘qish-yozishda, hisob masalalarini hal etishda, tabiat hodisalaridan xabardor b

Доказательный фрагмент

«Mazkur maqolada Abdulla Avloniyning pedagogik qarashlari, millat kelajagini yuksaltirish yo‘lida amalga oshirgan ishlari va ma’rifatparvarlik faoliyatining zamonaviy ahamiyati yoritilgan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Mazkur maqolada Abdulla Avloniyning pedagogik qarashlari, millat kelajagini yuksaltirish yo‘lida amalga oshirgan ishlari va ma’rifatparvarlik faoliyatining zamonaviy ahamiyati yoritilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
ma’rifatparvarlik, “Ikkinchi muallim”, Vatanparvarlik, “Birinchi muallim”, “Turkiy Guliston yoxud axloq “, ijtimoiy masala.
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники