Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
NURIYA CHELENNING “QALB IFFATI” ASARI TAHLILI
Axmedjanova Nigina Sherzod qizi
Академические исследования в современной науке · 2026
Аннотация
Ushbu tezisda turk yozuvchisi Nuriya Chelen qalamiga mansub mazkur asarni o‘qir ekanmiz, musulmon kishi uchun iffatning qanchalik muhim tuyg‘uligini his qilamiz.Ushbu kitobda ham tarix, o‘tmish haqida, ham odobi qalb haqida saboq olamiz. Kalit so‘zlar: Qalb, iffat, halollik, tuyg‘u, nafs, tarix, o‘tmish, odob, banda, tasavvuf, musulmon, duo, hayo, ixlos, ibodat. Nuriya Chelen – turk yozuvchisi bo‘lib, u “Qalb iffati” asari ismi Qur’onda 33 bora zikr qilingan go‘zal iffat sohibasi Maryam onamiz hikoyasi bilan tanilgan.Ushbu kitobda iffat va poklik mavzulari yoritilgan bo‘lib, musulmon kishi iffatning qanchalik muhim ekanligi haqida so‘z yuritiladi.Asar o‘quvchilarga o‘zlarini o‘zlarini tahlil qilish va axloqiy qadriyatlarni qayta ko‘rib chiqishga undaydi. Iffat barcha a’zolar uchun lozim va har bir a’zoning iffati bor. Tilning iffati behuda so‘zlamaslik bo‘lsa, ko‘zning iffati uni xaromdan tiyish bo‘ladi. Ammo banda uchun avvalo qalbning iffati lozim. Qalbga Allohdan boshqasi halol emas. Qalb iffatga erishsagina, Haqqa tomon yuradi. Iffat shunday bir ajib tuyg‘uki, tug‘ilajak bolaning iffati onaning iffati qadar bo‘ladi. Ushbu asardan ham tarix – o‘mish haqida, ham odobi qalb haqida saboq olamiz. Avvalida tug‘ilajak farzandi uchun iffat so‘rab duoda bo‘gan Hanna onamiz haqlarida, Maryam onamizga g‘amxo‘rlik qilishni bo‘yniga olgan Iysha va Zakariyo payg‘ambar haqlarida, qalb ko‘zi ko‘zi ko‘rlarning bo‘htonlari deb Maryam onamizning, ularning Allohga Mahbub bandalar bo‘lishlariga qaramay, dunyo hayotida uchragan sinovlari haqida ma’lumotga ega bo‘lamiz. Allohga nazr qilingan Maryam onamizning o‘y – hayollari, ularning iffat borasida suhbatlari haqida o‘qir ekanmiz, beixtiyor biz ham o‘zimizni isloh qilish uchun nafsimizni so‘roqqa tutishni boshlaymiz. Bu kitobni o‘qish jaroyonida, inson qalbiga boqadi, fitrati bilan, iffati bilan suhbat quradi.1 Iffat – insonning o‘zini yomon ishlardan, gunohlardan, nopok fikrlardan va nomaqbul harakatlardan tiyib yashashi demakdir. Qalb iffati: niyatning pokligi, 46 ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE International scientific-online conference halol va xaromga rioya qilish, adolat va halollik, gunohlardan tiyilish, hayoni saqlash , insonning or – nomusi, iffat va hayo bilan yashashi uning qalbining pokligidan dalolat beradi.Qalbni pok saqlash uchun to‘g‘ri yo‘ldan yurish, ko‘ngilni hasad, kibr va manmanlikdan tozalash hamda Allohga ixlos bilan ibodat qilish kerak. Qalb iffati asari o‘quvchilar qalbiga chuqur ta’sir ko‘rsatadi. Asarda muallif Hazrati Maryamning Allohga bag‘ishlangan hayoti haqida hikoya qilinadi. Bu asar orqali o‘quvchilar nafaqat tarixiy ma’lumotlarga ega bo‘ladilar, balki qalb pokligi va iffatning ahamiyatini chuqurroq anglaydilar. Muallifning uslubi o‘quvchini jalb etadi, asar davomida inson qalbi va fitrati bilan suhbat qurishga undaydi. “Qalb ifftati” kitobi o‘quvchini o‘zini tahlil qilishga, nafsini so‘roqqa tutishga va ma’naviy kamolotga intilishga chorlaydi. Islomda qalb insonning eng muhim ichki jihati hisoblanadi, chunki u e’tiqod, ixlos va axloqning manbai sanaladi. Qur’onda va hadislarda qalbning pokligi hamda uning inson hayotiga ta’siri haqida ko‘plab oyatlar va rivoyatlar mavjud. Alloh qalblani sinaydi: Qur’onda: “Albatta, Alloh sizlarning qiyofalaringiz va mol – dunyolaringizga emas, balki qalblaringiz va amallaringizga qaraydi” (Muslim, 2564) Bu hadisdan anglashiladiki, insonning haqiqiy qadri qalbining tozaligi va niyatining pokligiga bog‘liq. Qalbning pokligi najotga eltadi. Qur’onda aytiladi: “ O‘sha kunda na mol – dunyo, na farzandlar foyda beradi. Magar kim Alloh huzuriga pok qalb bilan kelsa, ( o‘sha najot topadi).” ( Shuaro, 88 – 89) Bu oyat shuni ko‘rsatadiki, insonning haqiqiy qutulishi uning qalbining holatiga bog‘liqdir. Pok qalbli inson yomon niyat va g‘arazlardan xoli bo‘ladi. U boshqalarga yaxshilik qiladi, adolat va halollikni ustun qo‘yadi. Hadisda aytilgan: “ Qalb toza bo‘lsa, a’zolar ham pok bo‘ladi.” ( Buxoriy, 52 )2 Ya’ni qalbni pok saqlash insonning xulqi va amallariga ham ijobiy ta’sir qiladi. Qattiqlashgan qalb – Bu Allohning zikridan uzoq, gunohlarga botgan qalbdir. “ Bas, ularning qalblari qotdi va ular ko‘p zulm qildilar…” ( Maidah, 13 ). Ko‘r qalb - Ko‘zi ochiq bo‘lsa ham, haqiqatni qabul qilmaydigan qalb. “ Darhaqiqat, ko‘zlar ko‘r bo‘lmaydi, balki ko‘kraklardagi qalblar ko‘r bo‘ladi”. ( Haj, 46 ). . 47 ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE International scientific-online conference Bu oyatlardan ko ‘rinib turibdiki, qalb insonning haqiqiy ma’naviy holatini ifoda etadi va uning tozaligi yoki iflosligi hayotiga bevosita ta’sir qiladi. Rasululloh ( s.a.v ) aytganlar: “ Diqaat qiling! Badanda bir parcha go‘sht bor, agar u sog‘lom bo‘lsa, butun tana sog‘lom bo ‘ladi.Agar u buzilsa, butun tana buziladi. U esa qalbdir”. ( Buxoriy, 52; Muslim, 1599 ). Qur’onda aytiladi: “ Ogoh bo‘ling! Qalblar faqat Allohni zikr qilish bilan xotirjam bo‘lur”. ( Ra’d, 28 ). Qalb pok bo‘lsa, inson Allohga yaqin bo‘ladi va ibodatlarini ixlos b
Доказательный фрагмент
«Ushbu tezisda turk yozuvchisi Nuriya Chelen qalamiga mansub mazkur asarni o‘qir ekanmiz, musulmon kishi uchun iffatning qanchalik muhim tuyg‘uligini his qilamiz.Ushbu kitobda ham tarix, o‘tmish haqida, ham odobi qalb…»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu tezisda turk yozuvchisi Nuriya Chelen qalamiga mansub mazkur asarni o‘qir ekanmiz, musulmon kishi uchun iffatning qanchalik muhim tuyg‘uligini his qilamiz.Ushbu kitobda ham tarix, o‘tmish haqida, ham odobi qalb… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- iffat, musulmon, Qalb, o‘tmish, ixlos, tasavvuf, nafs, tuyg‘u, hayo, tarix, halollik, ibodat., banda, duo, odob
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
МонографииK.J.Murodov2026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025