Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
NUTQNI O'STIRISHDA TAYYORLOV DAVRI, BU BOSQICHDAGI O‘QISH VA YOZUV DARSLARINING MAVZULARI HAMDA ISH TURLARI
Umarova Dildoraxon Ahmadjon qizi · Mamatova Gulshan Amankulovna
Академические исследования в современной науке · 2026
Аннотация
Boshlang‘ich ta’limning asosiy vazifalaridan biri o‘quvchilar nutqini o‘stirishdir. Nutq o‘stirish uch yo‘nalishda: so‘z ustida ishlash, so‘z birikmasi va gap ustida ishlash, bog‘lanishli nutq ustida ishlash orqali amalga oshirilishi metodik adabiyotlarda qayd etilgan. Savod o‘rgatish darslarida ham yuqoridagi uch yo‘nalish bo‘yicha ish olib boriladi. Ona tilidan olib boriladigan ishlarning hammasi, shu jumladan, savod o‘rgatish ham o‘quvchilar nutqi va tafakkurini o‘stirish bilan bog‘liq holda uyushtiriladi. Savod o‘rgatish davridagi ishlarning miqyosi keng bo‘lib, ekskursiyalar, bolalarning kuzatishlari, predmet va syujetli rasm yuzasidan suhbat va shu kabilar bilan bog‘lanadi. Bu davrda o‘quvchilar nutqini o‘stirishning vazifalari quyidagilardan iborat: 1) o‘quvchilar nutqidagi kamchiliklarni to‘g‘rilash; 2) ularning tasavvur va tushuncha doirasini kengaytirish bilan bog‘liq holda lug‘atini boyitish; 3) o‘quvchilar nutqidagi ayrim so‘zlarning ma’nosiga aniqlik kiritish; 4) gap va uch-to‘rt gapli kichik „hikoya” (bog‘lanishli nutq)ni og‘zaki to‘g‘ri tuzish ko‘nikmasini o‘stirish. Bolalar bu davrda, birinchidan, kiyim-kechak, ish qurollari, mevalar kabi predmetlar bilan tanishish yordamida so‘zni ongli ishlatishga, ikkinchidan, turli sodda yig‘iq gap (Bolalar yuguryaptilar), sodda yoyiq gap (Lola do‘konga bordi), uyushiq bo‘lakli gap (Anvar o‘qidi va yozdi) tuzadilar. Ular bu ko‘nikmalarni amaliy mashqlar yordamida egallaydilar. Bolalarning shaxsiy tajribalari, kishilar hayoti va tabiatni kuzatishlari nutq o‘stirish uchun asosiy manba hisoblanadi. Narsalar, uy-ro‘zg‘or buyumlari, o‘simliklar, hayvonlar qiziqarli suhbat uchun mavzu bo‘lib xizmat qiladi. Suhbat jarayonida bolalarda hosil qilingan tasavvur asosida aniq tushunchalar shakllanadi. Birinchi sinf o‘quvchilari nutqini o‘stirishda bolalarning o‘yin va ermaklari, 59 ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE International scientific-online conference rasm ko‘rish va “Bu nima?, Bu kim?, U nima qilyapti?” kabi savollar asosidagi suhbatdan ham foydalaniladi. Savod o‘rgatish davrida nutq o‘stirishga oid ish turlariga atrofdagi jonli predmetlarning nomini, ularning belgilarini aytish, predmetlarni ma’lum belgilari asosida guruhlash kabi mashqlar kiradi. Masalan, o‘qituvchining topshirig‘iga muvofiq, ma’lum bir mavzuda (kuz, mevali bog‘, sinf, maktab haqida) ikki so‘zdan iborat gap tuzadilar, keyinroq esa shunday yig‘iq gaplar tuzib, uni savollar yordamida yoyiq gapga aylantiradilar. Ular o‘rgangan harflaridan so‘zlar va kichik gaplar tuzib yozadilar. O‘qish darslarida o‘quvchilar rasmga qarab kichik hikoyacha tuzadilar, o‘qituvchi savoliga to‘liq javob berishga o‘rganadilar. Alifbedagi rangli, chiroyli rasmlar tevarak-atrofdagi predmet va hodisalar, hayvonlar va o‘simliklarning nomini idrok etishga, bilib olishga yordam beradi. Savod o‘rgatish davrida o‘quvchilarning talaffuzi ustida ishlash ham katta ahamiyat kasb etadi, chunki ko‘pgina bolalarning talaffuzida kamchiliklar bo‘ladi: bir tovush o‘rniga boshqasini (sh o‘rniga s, r o‘rniga l) talaffuz qiladilar, chuchuk til bilan duduqlanib gapiradilar, so‘zdagi ayrim tovushni tushirib yoki boshqa bir tovush qo‘shib talaffuz qiladilar, tovushlar o‘rnini almashtirib qo‘yadilar va hokazo. Bu kamchiliklarni bartaraf etish uchun logopedlar maxsus mashqlardan foydalanadilar. O‘qituvchi ham har bir darsda va darsdan tashqari vaqtda o‘quvchilar talaffuzini kuzatib borishi, kamchiliklarni aytib, to‘g‘ri talaffuz namunasini ko‘rsatishi lozim. Tovush savod o‘rgatishning asosi bo‘lib xizmat qiladi. Savod o‘rgatish davrida so‘z va bo‘g‘inlarni tovush tomonidan analiz va sintez qilish, tovush va ularning artikulatsiyasini analiz qilish mashqlari o‘tkaziladi, diksiya (ravshan, burro gapirish) ustida ishlanadi, logopedik ishlar olib boriladi. Tovush ustida ishlash harf ustida ishlash bilan, ayniqsa, kesma harflardan bo‘g‘in, so‘z tuzish kabi sintez qilish usullarida birlashib ketadi; tovush va harf o‘rtasidagi munosabatni doimo aniqlab borish o‘qish malakalarini shakllantirish uchun ham, imloviy jihatdan savodli yozish asosini yaratish uchun ham foydalidir. So‘zlarni tovush tomonidan analiz va sintez qilish usullari hozirgi kunda takomillashtirilib borilmoqda. Savod o‘rgatishda, asosan, quyidagi usullar amalda qo‘llanilmoqda: I.Analiz mashqlari. 1. Nutq (gap)dan so‘zni ajratish, so‘zni aniq talaffuz qilish, bo‘g‘inlarga bo‘lish va bo‘g‘inlarni aniq talaffuz qilish, so‘zdan, bo‘g‘indan tovushni kuchli talaffuz qilib o‘qish, muayyan tovushni ajratgan holda so‘zni bo‘g‘inlab o‘qish. 60 ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE International scientific-online conference 2. Darsda o‘rganiladigan yangi tovushni ajratish. Bunday tovushni birinchi marta ajratishning bir necha usuli bor: a) so‘zdan tovushni cho‘zib talaffuz qilish bilan ajratish: aaa-na, looo-la, booo-la; b) undosh tovushni yopiq bo‘g‘indan ajratish: Usss-mon, O-limmm, A- minnn. d) sirg‘aluvchi undoshni ochiq bo‘g‘indan ajratish: rak; e) bo‘g‘in hosil qilgan bir unlini ajratish
Доказательный фрагмент
«Boshlang‘ich ta’limning asosiy vazifalaridan biri o‘quvchilar nutqini o‘stirishdir.»
Образец извлечения
Демо-превьюBoshlang‘ich ta’limning asosiy vazifalaridan biri o‘quvchilar nutqini o‘stirishdir. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- ustida ishlash, savod rgatish, rgatish davrida, sintez qilish, talaffuz qilish, quvchilar nutqini, nutq stirish
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Диссертации и авторефератыYusupov Kuanıshbay Baltabayevich2026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025