Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
SUN’IY INTELLEKTNING NAZARIY ASOSLARI VA UNING TA’LIMGA TA’SIRI
G.D. O’rinboyeva (Ingliz tili nazariy aspektlari kafedrasi o’qituvchisi,) · M.A. Raimjonova (ADCHTI 2 bosqich talabasi)
Академические исследования в современной науке · 4 · 1956
Аннотация
В данной статье рассматривается влияние программ искусственного интеллекта (ИИ) на образовательный процесс. Также перечисляются различные ИИ, приносящие пользу различным образовательным системам. Ключевые слова: Метод, исследование, дуолинго, дистанционное обучение, платформа. Sun’iy intellekt - bu katta tarmoq bo‘lib, u aqlli mashinalarni yaratish bilan shug’ullanadi. Sun’iy intellekt o‘tmish, hozir va kelajakka oid deyarli barcha ma’lumotlarni o‘rganadi. Alan Tuning sun’iy intellekt sohasida olib borilgan ilk tadqiqotning birinchi muallifi bo‘lgan (1). Sun’iy intellektga 1956-yilda fan sohasi sifatida mustaqil asos solingan (2). Shu yilning yozida Dartmouth kollejida bo‘lib oʻtgan anjumanda John McCarthy “sunʼiy intellekt“ atamasini birinchi marta ishlatgan va mazkur atama muallifi sifatida tarixga kirgan. Sunʼiy intellekt boʻyicha tadqiqotlar aslida XX asr oʻrtalaridan beri o’tkaziladi, ammo unga nisbatan ommaviy qiziqish 2012-yilda boshlandi. 2017-yilda transformer arxitekturasi bir qator yutuqlarga erishgach esa bu qiziqish yanada ortdi(3)(4). 2020-yilda sun’iy intellekt deyarli barcha sohalarda qo‘llanila boshlandi va ushbu sohalarda yuksak natijalarga erishildi. Hozirgi kunda sun’iy intellekt hayotning barcha sohalariga, jumladan ta’lim sohasiga ham katta ta’sir o‘tkazmoqda va uning yordamida ta’lim sohasini ancha samarali o‘qitish usullari bilan boyitish mumkin. N.Go‘ksel va A.Bozkurt ta’limda sun’iy intellekt qo‘llanilishi bo‘yicha izlanishlarni tahlil qilar ekan, tadqiqotchilarning e’tiborini tortgan uchta jihatni 134 ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE International scientific-online conference aniqlashgan: 1. adaptiv ta’lim, 2. ekspert tizimlari va ITT(intellektual tutorlik tizimlari), 3. kelajakda ta’lim jarayonlarida sun’iy intellektning roli.(5) Bundan ko‘rinib turibdiki, sun’iy intellektning ta’limdagi roli sohalarga oid tizimlarni rivojlantirish, ta’limda o‘qituvchilarning ishini yengillashtirish, shaxsiylashtirilgan ta’limni kengaytirish va ta’lim samaradorligini oshirishga xizmat qiladi. Sun’iy intellekt yordamida har bir o‘quvchiga o‘z imkoniyatlariga moslashgan metodlarni ishlab chiqish, baholash tizmini adolatli tarzda o‘tkazish va o‘qitish jarayonini yanada interaktiv tusga keltirish mumkin. Zamonaviy ta’lim tizimini sun’iy intellektlarsiz tasavvur qilish qiyin. Ularning shiddat bilan hayotimizga kirib kelayotgani ko‘plab muhokama, hayrat va shu bilan birga qo‘rquvga ham sabab bo‘lmoqda. Sun’iy intellektning ilk ko‘rinishlari juda sodda ko‘rinishga ega bo‘lgan, hozirda bu soddaliklar murakkablashtirilgan, ammo eski shakllari ham “sun’iy intellekt” nomi bilan ataladi. Sun’iy dasturlarningning ta’limga ta’sirini ijobiy baholash mumkin. U o‘rganuvchiga ishonchli ma’lumotlarni oson topish imkonini beradi. Shu bilan birga bir qancha sun’iy intellekt(AI)lar yordamida uydan chiqmagan holda ta’lim olish va xatto til o‘rganish mumkin. Bunga dunyo aholisi keng foydalanadigan Duolingo platformasini misol qilib olishimiz mumkin. Bu AI dastur o‘quvchilarga tillarni turli xil qiziqarli usullar, dars rejalari, va interaktiv o‘yinlar bilan o‘rgatadi. Shu jumladan O‘zbekiston yoshlar ishlari agentligi tomonidan 2022-yil noyabr oyida tashkil etilgan, bepul ta’lim olishga mo‘ljallangan “Ibrat academy” platformasi ham yoshlarimizning til o‘rganishlarida sodda va kreativ darslari bilan ko‘makchi bo‘lmoqda. Loyiha doirasida professional ustozlar tomonidan 13 ta til bo‘yicha 22 turdagi tizimli va noldan boshlangan darslar majmuasi ishlab chiqilmoqda. Hozirda YouTube video platformasida “ibrat academy” loyihasining qariyb 320 dan ortiq o‘rganuvchilari bor. Sahifada e’lon qilingan darslarning umumiy ko‘rishlar soni 12 milliondan oshgan(6). Ushbu ko‘rsatgichlar AI yoshlarning ta’limiga qanday keng ko‘lamda hissa qo‘shayotganini ko‘rsatadi, asosiysi undagi darslar o‘z aktualligini yo‘qotmaydi. Shu bilan birga ushbu bepul darslar Respublikamizning chekka hududlarida yashaydigan iste’dodli yoshlarga va imkoniyati cheklangan lekin til o‘rganishga ishtiyoqi baland bo’lgan o‘quvchilarga yordam beradi. Zamonaviy ta’limda Quizlet AI orqali bolalarning o‘zlashtirgan bilimlari nazorat qilinadi, turli kartochkalar, test va sinovlar orqali bilimlar mustahkamlanadi. Bu esa o‘qituvchilarning ishlarini yengillatishga yoki o‘quvchilarning o‘z ustilarida ishlashlariga ko‘maklashadi. 135 ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE International scientific-online conference O‘qituvchilarga eng katta yordam beruvchi yana bir sun’iy intellekt bu “Gradescope” hisoblanadi. U orqali imtixon varoqlari, nazorat savollarini oson va tezkor tekshirish mumkin. Bu tizim imtixon javoblarini raqamli tarzda qabul qiladi, bu esa asl ishlarni saqlashga, ularni tez va oson ko‘rib chiqishga yordam beradi. Gradescope qo‘l yozuvi bilan bajarilgan topshiriqlarni raqamli baholaydi hamda bir nechta baholovchilarga baholash mezonlarini birgalikda ishlab chiqish va qo‘llashga yordam beradi(7). Barchaga tanish bo‘lgan sun’iy intellekt sistemalaridan biri Zoom AI
Доказательный фрагмент
«В данной статье рассматривается влияние программ искусственного интеллекта (ИИ) на образовательный процесс.»
Образец извлечения
Демо-превьюВ данной статье рассматривается влияние программ искусственного интеллекта (ИИ) на образовательный процесс. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Method, research, duolingo, distance learning, platform, tadqiqot, masofaviy ta’lim, Metod, platforma
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Диссертации и авторефератыYusupov Kuanıshbay Baltabayevich2026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025