Медицина и инновацииМ Сабиров, О Скосырева +12021
ONA-YO’LDOSH KOMPLEKSI ZARARLANISHI NATIJASIDA YUZAGA KELADIGAN HOMILA ICHI GIPOKSIYASI VA UNING HOMILA YURAK-QON TOMIR SISTEMASI RIVOJLANISHIGA TA’SIRI (ADABIYOTLAR TAHLILI)
Eraliyeva Shohsanam Muzaffar qizi · Ganiyeva Marjona Gofur qizi · Qo'ldosheva Durdona Farhod qizi · Zubtiyev Sardor Uktamovich · Toshkent Tibbiyot Akademiyasi (Toshkent · Эралиева Шохсанам Музаффар кизи · Ганиева Маржона Гафур кизи · Колдошева Дурдона Фарход кизи · Зубтиев Сардор Уктамович
Естественные науки в современном мире: теоретические и практические исследования · 2020
Аннотация
This article is dedicated to studying the mechanisms of intrauterine hypoxia caused by damage to the maternal-placental complex and its impact on the development of the fetal cardiovascular system. The article analyzes scientific publications published between 2020 and 2025, using key terms such as hypoxia, hypoxemia, stress hormones, and cardiovascular diseases during pregnancy. The various stages of intrauterine hypoxia (hypoxemia, hypoxia, acidosis) and their effects on fetal development are discussed. The article demonstrates how the activity of the fetal vascular system and stress hormones influences the onset of hypoxia. Factors that may negatively affect fetal development, including damage to the maternal-placental complex, maternal cardiovascular diseases, and hemolytic diseases, are also discussed. Keywords: Intrauterine hypoxia, hypoxemia, cardiovascular system diseases, pulmonary hypertension, adrenaline, pneumonia, stress hormones. Kirish. JSST bergan ma’lumotlariga ko’ra hozirgi kunda pariyental o’lim sabablari 50 % homila ichi gipoksiyasi bo’lsa, qolgan 50 % boshqa patologiyalar hisoblanadi. Homila ichi gipoksiyasi keltirib chiqaradigan asosiy sabablari; tashqi muhitda yetarlicha kislorod bo’lmasligi, onadagi omillar ya’ni yurak-qon tomir sistemasi, o’pka kasalliklari hisoblanadi. Homila ichi gipoksiyasi rivojlanishiga ko’ra to’rt guruhga bo’linadi: a) gipoksik, b) gemik, c) serkulyator, d) to’qima gipoksiyasi. Gipoksik gipoksiya bu- onaning gipoksiyasi va platsenta patologiyasidan kelib chiqadi. Gemik gipoksiya homila qonida kislorod bilan bog’lanish buzilganligidan yuzaga keladi. Serkulyator gipoksiya homilada qon aylanish buzulganligidan vujudga keladi. To’qima gipoksiyasi kislorod to’qima tomonidan o’zlashtirilmaganligi sababli paydo bo’ladi. Kechiga ko’ra homila ichi gipoksiya surunkali va o’tkir turlarga bo’linadi.1 Tadqiqotning maqsadi: Ona-yo’ldosh ko’mpleksi zararlanishi natijasida yuzaga keladigan homila ichi gipoksiyani rivojlanish mexanizmini o’rganish va homila yurak-qon tomir sistemasi o’zgarishini tahlil qilish va ularning homiladagi gipoksiya holatiga ta’sirini aniqlash. Material va usullar; Ona-yo’ldosh kompleksi zararlanishi natijasida yuzaga keladigan homila ichi gipoksiyasini o’rganish uchun biz 2020-2025 yillar davomida nashr etilgan tadqiqotlarni ko’rib chiqdik. Qidiruvimizda biz asosan Google Scopus, Basic search, Pubmed va Web of Sience kabi asosiy ma’lumotlar bazalaridan foydalandik. Tahlil qilishda biz asosan 10 ta ilmiy maqolalar va adabiyotlardan quydagi kalit so’zlardan foydalandik: “homila ichi 82 gipoksiyasi”, “surunkali yurak kasalliklari”, “Marfan sindromi”, “gipoksemiya” “stressga qarshi garmonlar” va “onaning gemolitik kasalliklari”. Natija: Homila ichi gipoksiyasi bolaning rivojlanishiga ta’sir qilib, o’sishning kechikishiga, asfiksiyaga, ko’plab a’zolar faoliyatini buzulishiga, hatto parinetal o’limga ham sabab bo’lishi mumkin. Homila ichi gipoksiyasini kechishini M.I. Ageeva (2008) ma’lumotiga ko’ra, uch bosqichga ajratadi. Gipoksemiya- arterial qonda kislorod miqdorining kamayishi, gipoksiya-hujayralarda kislorod miqdorining kamayishi, asidemiya- anaerobik ichki metobolizim. M.I. Agaeva (2010) ma'lumotlariga ko'ra, gipoksemiya — bu ushbu patologik hodisaning birinchi bosqichi bo'lib, u faqat qonning kislorod tutish qobiliyatining kamayishi va homilaning gomeostazini saqlashga qaratilgan adaptiv mexanizmlarning faollashishi bilan tavsiflanadi. Agar homiladagi kislorod miqdori uzoq vaqt davomida kamayib ketsa, bu ikkinchi bosqich — gipoksiya rivojlanishiga olib keladi, bunda himoya moslashuvchan mexanizmlar ishga tushadi.[2] Tadqiqotlar shuni ko'rsatadiki, gipoksiya boshlanishidagi birinchi reaktsiya homiladagi qon tomirlarini kengaytiruvchi azot oksidi faoliyatining kamayishi va simpatik asab tizimining faollashishi [3], shuningdek, stressga qarshi gormonlarning (adrenalin, noradrenalin) chiqarilishi va periferik organlar va tizimlarda qon aylanishining qarshiligining keskin oshishi hisoblanadi [4] D. Hutter va J. Kingdomning tadqiqotlarida ta'kidlanishicha tug’ma yurak nuqsoni bo’lgan ayollarda homiladorlikda asorotlar rivojlanish xavfi yuqori bo’ladi. Onaning asorotlari o’rta, yuqori va past darajada bo’lishi mumkin. Eng yuqori xavf, onada stenozi, o’pka gipertenziyasi, Marfan sindromi, o’rtacha va jiddiy yurak yetishmovchiligi mavjud bo'lsa, homila uchun jiddiy asoratlar rivojlanish ehtimoli yuqori bo'ladi.[5] Surunkali yurak yetishmovchiligi bo’lgan ayollarda sog’lom farzand ko’rish ehtimoligi 40-45 % ga teng. Agar onaning kislorodga to’yinish darajasi 85% dan past bo’lsa, sog’lom farzand ko’rish ehtimoligi ham 10-15 % ga past bo’ladi.[6] Homladorlik davrida 1% ayollar pnevmoniya alomatlarini boshdan kechirishadi. Hozir kunda pnevmoniyalar homladorlik davridagi o’limlarning asosiy sababidir. Onaning gemolitik kasalliklari kislorod o’tkazilish jarayoniga ham bevosita ta’sir qiladi.[7] Anderson P.J. kuzatishlariga ko’ra, 32-haftadan oldin tug’ilgan juda
Доказательный фрагмент
«This article is dedicated to studying the mechanisms of intrauterine hypoxia caused by damage to the maternal-placental complex and its impact on the development of the fetal cardiovascular system.»
Образец извлечения
Демо-превьюThis article is dedicated to studying the mechanisms of intrauterine hypoxia caused by damage to the maternal-placental complex and its impact on the development of the fetal cardiovascular system. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Intrauterine hypoxia, hypoxemia, cardiovascular system diseases, pulmonary, yurak-qon tomir sistemasi kasalliklari, pnevmoniya, Homila ichi gipoksiyasi, o’pka gipertenziyasi, adrenalin, stressga qarshi garmonlar., gipoksemiya
Смежные источники
Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
ЖУРНАЛ ПРАВОВЫХ ИССЛЕДОВАНИЙСуванов Сардор Бахадирович2026