Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
РЕЛИГИОЗНЫЕ ВЗГЛЯДЫ, ОТРАЖЕННЫЕ В ХОРЕЗМИЙСКОМ РЕМЕСЛЕ И ПРИКЛАДНОМ ИСКУССТВЕ (ДО АРБСКОГО ЗАВОЕВАНИЯ)
Matyakubova Shahodat Xamidjanovna · Matyakubova Shahodat Khamidjanovna · Матякубова Шаходат Хамиджановна (Teacher of History, Department of “Social Sciences”)
Инновационные исследования в современном мире: теория и практика · 2026
Аннотация
В IV-VI вв. наблюдаются также изменения в экономике и культурной жизни Хорезмийского государства. Начиная с IV века, наблюдаются изменения и во внешнем виде остродийцев. В статье рассматривается, как ремесла, прикладное искусство и архитектура Хорезма IV-VIII вв. отражались на религиозных воззрениях местного населения, в их повседневной жизни. Ключевые слова: ремесла, прикладное искусство, архитектура, градостроительство, религиозные воззрения, зороастризм. Turk xoqonligi hukmronligi davrida Xorazmdagi siyosiy va iqtisodiy vaziyat haqida yozma manbalar deyarli saqlanib qolmagan. Arxeologik tadqiqotlar orqali bu masalani yoritish 100 qiyin sanaladi. Lekin ba’zi arxeologik tadqiqotlar asosida turk hokonligining ta’siri bo‘lganligini ko‘rishimiz va ma’lum bir guruh aholining ko‘chib kelib, tashlandiq shaharlarni o‘zlashtirganliklarini kuzatishimiz mumkin. Turli hajmdagi otning kichik xaykallari kam bo‘lsada, topilgan. Ot xaykali Pinak shahridan VI-VIII asrlarga oid ibodatxonadan topilgan. U yerdan otning katta haykali topilgan. Hozirda bu haykal Nukusdagi I.V.Savisskiy muzeyida saqlanmoqda. Ilk o‘rta asrlarga oid ibodatxonalarda olov, suv bilan bog‘liq e’tiqodlar bilan birgalikda otni ilohiylashtirish ham borligi ko‘rishimiz mumkin. Bu Xorazm vohasida Suyovush bilan bog‘liq bo‘lishi ham mumkin. IV-VI asrlarda Xorazm davlati iqtisodiyotida va madaniy hayotida ham o‘zgarishlar kuzatiladi. IV asrdan ostodonlarning tashqi ko‘rinishida ham o‘zgarishlar kuzatiladi. Antropomorf ostodonlar ishlab chiqilmagan, ular loydan quticha shaklida ishlangan. VII-VIII asrdan alebastrdan tayyorlana boshlagan1. Antropomorf terrakota haykallari bu davrda ishlab chiqilmagan. Terrakota haykalchalar mil. avv. IV- milodiy II asrlargacha bo‘lgan davrda ko‘plab ishlab chiqilgan. Ilk o‘rta asrlardan bunday haykalchalarning ishlab chiqilmaganligini Xorazmliklarning diniy qarashlarida o‘zgarishlar bo‘lganligini ko‘rish mumkin. Tuproqqal’a yodgorligi tushkunlikka uchragandan keyin, bu yerga kelib joylashgan aholi, tadqiqotchilar fikricha, cho‘l hududlarida yashagan aholi bo‘lishi mumkin. Bu aholidan loydan ishlangan butlar saqlanib qolgan. Bu aholini butparast deb hisoblaganlar2. Aholi o‘rtasida zardushtiylik bilan bog‘liq ma’budlarga e’tiqod davom etgan. Buni Ayozqal’a 2 va “nomsiz qo‘rg‘on” deb atalgan qo‘rg‘ondagi diniy marosim bilan bog‘liq xonadagi otashka oldida qanday ma’bud tasviri bo‘lganligi aniqlangan. Olov shunga bag‘ishlab yoqilgan bo‘lishi mumkin degan g‘oyani ilgari surganlar. IV-V asrlarda mamlakat siyosiy jihatdan ko‘plab mayda bo‘laklarga ajralib ketgan, bu hududdan topilgan ko‘plab mis tangalar asosida isbotlangan. Turli hukmdorlarga tegishli bo‘lgan tangalar zarb qilingan. Ularda turli tamg‘alar bosilgan3. Shu bilan birga har bir hukmdorga tegishli bo‘lgan qal’a -qo‘rg‘onlar bunyod etiladi. Kichik Qavat qal’a, Burgut qal’a, Noibqal’a va boshqalar. Bu qal’a qo‘rg‘onlarning qurilish uslubi bu davr uchun alohida me’moriy inshoot hisoblangan. Ular asosan bitta mudofaa devor bilan o‘ralgan bo‘lib, burjlar bilan mustahqamlangan. Qal’a darvozasi mudofaasiga alohida e’tibor qaratilgan. Kam hollardagina ikkita mudofaa devor bilan qurilgan. Bu davrda ko‘plab ko‘shk qo‘rg‘onlar bunyod etilgan. Ular baland bo‘lmagan asosga, ba’zida tekis yerning ustiga qurilgan. Donjon tipiga arki bo‘lgan. “Donjon” so‘zi frantsuz tilidan olingan bo‘lib, “shahar minorasi” degan ma’noni beradi. Donjon qal’a ichida quriladi, qal’a devorlaridan baland bo‘lib qurinib turadi, ikki yoki uch qavatli qilib quriladi. Xuddi qal’a ichidagi qal’aga o‘xshaydi. Donjonlar Yevropada yog'och yoki toshdan qurilgan, O‘rta Osiyoda loydan va xom g‘ishtdan tiklangan. Undan turar joy, harbiy mudofaa, omborxona, qurol aslaha saqlanadigan joy sifatida foydalangan. Shu bilan birga donjonda foydalanmaydigan kichik xonalar ham bo‘lgan4. Ilk o‘rta asrlardan O‘rta Osiyoning 1 Рапопорт Ю.А., Незарик Е.Е., Левина Л.М. В низовьях Окса и Яксарта.– С.98. 2 Рапопорт Ю.А., Незарик Е.Е., Левина Л.М. В низовьях Окса и Яксарта.– С.98. 3 Кдырниязов М.-Ш, Ягодин В.Н, Мамбетуллаев М.М, Сагдуллаев А.С, Кдырниязов О.-Ш. История цивилизации Хорезма. Монография. -Нукус. 2017. -С. 173. 4 https://ru.wikipedia.org/wiki/Донжон. 101 ko‘plab hududlarida donjonga ega bo‘lgan ko‘plab qo‘rg‘onlar qurilgan. Donjonlarning pastki qavatiga ko‘pincha arksimon xonalar bunyod etilgan. Ilk o‘rta asrlarga oid monumental tasvirlarning saqlanib qolmaganligi sabab, bu davr madaniyati amaliy san’at namunalari – muhr, kumush idishlar, tangalar va ostodondagi tasvirlar orqali yoritish mumkin. Bu davrdan saqlanib qolgan amaliy san’at namunalarida to‘rtqo‘lli ma’buda tasviri keng tarqalgan. Ilk o‘rta asrlarda boshqa hududlarda ham bu ma’budaga e’tiqod keng yoyilgan. Kama bo‘yidan to‘rtqo‘lli ma’buda aks etgan kumush idish topilgan. Tadqiqotchilar uni Xorazmga oidligini asoslashgan. Unda to‘rtqo‘lli ma’buda sher, leopard va taxt ustida o‘tirgan holda, yuqoridagi qo‘lida quyosh va yarim oy shakllarini, pastki qo‘llarida gul,
Доказательный фрагмент
«В IV-VI вв. наблюдаются также изменения в экономике и культурной жизни Хорезмийского государства. Начиная с IV века, наблюдаются изменения и во внешнем виде остродийцев. В статье рассматривается, как ремесла, прикладн…»
Образец извлечения
Демо-превьюВ IV-VI вв. наблюдаются также изменения в экономике и культурной жизни Хорезмийского государства. Начиная с IV века, наблюдаются изменения и во внешнем виде остродийцев. В статье рассматривается, как ремесла, прикладн… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Crafts, applied arts, architecture, urban planning, religious views, zoroastrian, amaliy san’at, zardushtiylik., zoroastrian., shaharsozlik, религиозные воззрения, градостроительство, зороастризм., прикладное искусство, архитектура, hunarmandchilik, ремесла, diniy qarashlar, me’morchilik
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
МонографииK.J.Murodov2026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025