Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
TIL O’RGANISHDAGI SUN’IY INTELLEKTNING FOYDA VA ZARARLARI
Muniraxon Saibova · O’z DJTU Ingliz tili -fakulteti · Saodat Agzamxo’jayeva
Инновационные исследования в современном мире: теория и практика · 2026
Аннотация
ushbu maqola sun’iy intellektning til o’rganish jarayonidagi foyda va zararlarini ochib beradi va nima uchun texnalogiyaga haddan tashqari ishonch, inson omilining pasayishi va axborot xavfsizligi kabi muammolar ko’rib chiqiladi. Shuningdek, sun’iy intellekt texnalogiyalaridan ortiqcha foydalanish o’quvchilarda mustaqil fikrlash qobiliyatining pasayishi, ijtimoiy aloqalarning cheklanishi va axloqiy-psixologik muammolarga olib kelishi mumkin. Kalit so’zlar: sun’iy intellekt, shaxsiylashtirilgan o’qitish, masofaviy ta’lim, axborot xavfsizligi, o’quv chatbotlari, o’qitish metodlari, til o’rganish platformalari, virtual yordamchilar. Kirish: Bugungi kunda eng ommalashgan mavzulardan biri bu sun’iy intellektdir. Sun’iy intellekt hayotimizning bir qismiga aylanib ulgurgan. Biz bundan turli maqsadlarda foydalanamiz. Jumladan, ta’lim sohasiga ham kirib kelmoqda. Til o’rganish jarayonida sun’iy intellekt vositalaridan foydalanish o’quvchilarga yangi imkoniyatlarni yaratmoqda. Ayniqsa, bugungi kunda chet tillarini o’rganish ancha osonlashdi, chunki sun’iy intellekt asosida ishlovchi turli xil o’quv chatbotlari, virtual yordamchilar va interaktiv dasturlar. Bu texnalogiyalar o’quvchilarga shaxsiylashtirilgan ta’lim olish, talaffuzni yaxshilash, grammatika xatolarni avtomatik tahlil qilish va nutq amaliyotini rivojlantirish imkonini bermoqda. Biroq, sun’iy intellektning ta’lim sohasiga kirib kelishi bir qator muammolarni keltirib chiqarmoqda. Sun’iy intellektdan haddan tashqari foydalanish inson muloqotining kamayishiga, o’quvchilarning mustaqil fikrlash qobiliyatining pasayishiga va texnalogiyaga ortiqcha bog’lanib qolishiga olib kelishi mumkin. Sun’iy intellekt platformalari doim ham mukammal emas – ular ham xatolar qilishi yoki noto’g’ri tarjimalar qilishi mumkin. Shunday ekan, sun’iy intellektning til o’rganishdagi foydalari va salbiy jihatlarini tahlil qilish, texnologiyadan samarali foydalanish yo’llarini aniqlash muhim vazifalardan biri sanaladi. Ushbu maqolada sun’iy intellekt vositalarining til o’rganishga ta’siri, ularning afzallik va cheklovlari, shuningdek, kelajakda qanday yo’nalishlarda rivojlanishi mumkinligi muhokama qilinadi. Muhokama va natijalar: Sun’iy intellekt bugungi kunda til o’rganish jarayonida keng qo’llanilib, studentlar uchun bu texnalogiya akademik ta’limni yengillashtirsa, boshqa maqsadda til o’rganayotgan insonlar uchun esa shaxsiy rivojlanish, kasbiy o’sish va global muloqot imkoniyatlarini kengaytiradi. Studentlar ko’pincha chet tillarini universitet va maktab dasturlari doirasida o’rganadilar. Sun’iy intellekt esa ularning bilim olish jarayonini yanada tez va oson o’rganishlari uchun yordam beradi. Shaxsiylashtirilgan ta’lim – talabaning bilim darajasiga qarab sun’iy intellekt moslashtirilgan mashqlar va darsliklar tayyorlaydi. Masalan, kompyuter kabi dasturlar talabaning o’rganish tezligini va qiziqishlarini tahlil qilib, talaba uchun o’quv rejalarini yaratadi. Agarda o’quvchi grammatikadan yoki lug’atdan ko’proq ehtiyoj 118 sezsa, unga shu yo’nalishda ko’proq mashqlar taqdim etiladi. Yozma va og’zaki nutqni rivojlantirish uchun turli xildagi programmalarni ko’rishimiz mumkin. Misol uchun Grammarly, Language Tool orqali studentlar yozma ishlarini tekshirib, Grammatik xatolarini bilib olishlari mumkin. Nutq amaliyotini oshirish uchun esa ELSA Speak yoki Speechling til o’rganish dasturlari yordamida talaffuzni rivojlantrish va qanday qilib uni yaxshilash mumkinligi haqida tavsiyalar beradi. Mustaqil o’rganish imkoniyati – ko’plab studentlar o’z vaqtini o’zlari boshqarishni xohlashadi. Masalan, internet tarmoqlaridagi darslar o’quvchilarga eng samarali ta’lim resurslarini topishga yordam beradi. Boshqa maqsadda til o’rganuvchilar uchun sun’iy intellektning foydalari. Boshqa maqsadda til o’rganuvchilar deganda ishbilarmonlar, sayohatchilar, yangi kasb egallashni istaganlar va tilga qiziqadigon boshqa insonlar nazarda tuitilmoqda. Misol uchun, sun’iy intellektni ish va biznesda qo’llash. Xalqaro biznes aloqalarini rivojlantrishda Google Translate yoki Deepl dastur kabi tarjimonlar yordamida turli xil tillarda hujjatlar tayyorlash yoki mijozlar bilan muloqot qilish osonlashadi. Sayohat va kundalik paytida til to’siqlarini bartaraf qilish uchun Google Lens va Translate dasturlari yordamida chet elda yo’nalishlarni tushunish, mahalliy odamlar bilan muloqot qilish oson bo’ladi. Muloqot paytida sayohatchilar va madaniyatlarni o’rganishni istaganlar uchun ELSA Speak yoki Rosetta Stone kabi ilovalar yordamida talaffuz ustida ishlash mumkin. Chet tillari tarjimonlari va tilshunoslari uchun : Sun’iy intellekt avtomatik tarjima va lingvistik tahlil vositalari orqali tarjimonlik sohasida ishlovchi mutaxassislarga yordam beradi. Sun’iy intellekt til o’rganish jarayonida ko’plab foydali taraflari bo’lsa-da, ammo u bilan bog’liq zararli taraflari ham mavjud. Talabalar va boshqa maqsadda til o’rganuvchilar sun’iy intellekt vositalariga haddan tashqari suyanib qolsa, mustaqil fikrlash, jonli muloqot va a
Доказательный фрагмент
«ushbu maqola sun’iy intellektning til o’rganish jarayonidagi foyda va zararlarini ochib beradi va nima uchun texnalogiyaga haddan tashqari ishonch, inson omilining pasayishi va axborot xavfsizligi kabi muammolar ko’ri…»
Образец извлечения
Демо-превьюushbu maqola sun’iy intellektning til o’rganish jarayonidagi foyda va zararlarini ochib beradi va nima uchun texnalogiyaga haddan tashqari ishonch, inson omilining pasayishi va axborot xavfsizligi kabi muammolar ko’ri… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- virtual yordamchilar., o’qitish metodlari, axborot xavfsizligi, o’quv chatbotlari, masofaviy ta’lim, shaxsiylashtirilgan o’qitish, sun’iy intellekt, til o’rganish platformalari
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025
МонографииK.J.Murodov2026