К содержанию
РецензированоUZ2026

YUQORI MALAKALI TOG‘ CHANG‘ICHILARINING YUQORIDAN PASTGA TUSHISH VAQTIDA HARAKATINING TA’SIR QILUVCHI BIOMEXANIK OMILLAR

A’zamov Ruxullox Mahmudjon o‘g‘li

Инновационные исследования в современном мире: теория и практика · 32 · 1415-1429 · 2026

Аннотация

Maqolada biomexanika nuqtayi nazaridan asosiy xolati tog‘ chang‘isi texnikasi elementi sifatida ko‘rib chiqildi. Uning stabil muvozanat holati tashqi kuchlarga muvozanatlovchi vaziyat hosil qiluvchi muskullar tonusi (katta burchakli qattiqlik) bilan ta’minlanadi. Sportchining oyoq sonning mexanik modeli misolida mushak tonusining oshishi chang‘ichining tayanch-harakat apparatining vertikal mustahkamligi bir necha marta oshishiga olib kelishi ko‘rsatilgan. Ongli, boshqariladigan nazorat imkoni bo‘lmay qoladigan tezlikda harakatlanganda, mushaklar tonusining haddan tashqari oshishi amortizatsion imkoniyatlarining bloklanishiga va pasayishiga olib keladi. Tog‘ chang‘i poygasi - bu jismoniy, texnik va taktik nuqtai nazardan murakkab va qiyin bo‘lgan mashhur xalqaro qishki sport turi hisoblanadi. Ushbu sport turiga, jumladan tog‘ chang‘ichilarning fiziologiyasi, chang‘ining qorda ishqalanishi va ushbu sportda jarohatlarni oldinin olishga oid dolzarb mavzular bo‘yicha ilmiy ishlar yozilgan hamda ko‘plab ilmiy adabiyotlar ishlab chiqilgan. Yuqoridagilarni inobatga olib olimlarning ayrimlari yuqori malakali tog‘ chang‘i poygachilarining biomexanikasi va uning samaradorligiga qaysi omillar ta’sir ko‘rsatishi haqida hech qanday ilmiy izlanishlar hamda ilmiy adabiyotlar hali ko‘rib chiqilmagan. Jahon kubogi musobaqalarida g‘alaba qozonish ko‘pincha soniyalarning zarralari bo‘lib, sportchining biomexanikasi shohsupani egallashda hal qiluvchi omil bo‘lishi mumkin. Kalit so‘zlar: Tog‘ chang‘isi, tushish, tezlik qiyalik burchagi, muvozanat. Annotation In the article, from the point of view of biomechanics, the basic state was considered as an element of alpine skiing technique. Its stable equilibrium state is ensured by muscle tone (large-angle stiffness), which creates a balancing position for external forces. Using the example of an athlete's mechanical model of the thigh, it is shown that an increase in muscle tone leads to a multiple increase in the vertical strength of the musculoskeletal system of the skier. When moving at a speed at which conscious, controlled control becomes impossible, an excessive increase in muscle tone leads to a blockage and decrease in amortization capabilities. Alpine skiing is a popular international winter sport, complex and challenging in terms of physical, technical, and tactical aspects. Scientific works have been written and a large amount of scientific literature has been developed on topical topics related to this sport, including the physiology of alpine skiers, the friction of skis in the snow, and the prevention of injuries in this sport. Considering the above, some scientists have not yet considered any scientific research and scientific literature on the biomechanics of highly qualified skiers and what factors influence its effectiveness. Victory in World Cup competitions is often a fraction of a second, and an athlete's biomechanics can be a decisive factor in ascending the podium. Key words: alpine skiing, physical fitness, endurance, strength, coordination, training, injury prevention 121 Tadqiqotning maqsadi: Ushbu maqolaning maqsadi slalom, gigant slalom, super-G va pastga tushish musobaqalariga e’tibor qaratgan holda, yuqori malakali tog‘ chang‘ichilarning xarakati va texnikasining ishlashiga ta’sir qiluvchi biomexanik omillarni aniqlash uchun ilmiy adabiyotlarni muntazam ravishda ko‘rib chiqish edi. Tadqiqot usullari: To‘rtta elektron ma’lumotlar bazasi, tegishli tibbiy antropometrik ko‘rsatkichlarga asoslangan ilmiy ishlar va ilmiy adabiyotlardan foydalangan holda ma’lumotnomalar ro‘yxati shakillantirildi. Shu bilan bir qatorda ilmiy jurnallar va sohadagi asosiy mualliflarni qo‘shimcha ilmiy ishlari ham ko‘rib o‘rganib chiqildi. Maqolalar inson biomexanikasi, yuqori malakali tog‘ chang‘ichi va ularning harakat davomida ko‘rsatkichlarga bag‘ishlangan bo‘lsa, kiritilgan. ilmiy jurnallarda faqatgina ingliz tilida chop etilgan asl tadqiqot maqolalari ko‘rib chiqildi. To‘rtta asosiy qiziqishdan tashqari chang‘i sportiga bag‘ishlangan maqolalar chiqarib tashlandi. Masalan, (chang‘i poygasi va chang‘i fristayli). Keyinchalik ko‘rib chiqish uchun kiritilgan maqolalar sifati o‘rganildi va hozirgi kundagi natijalarga taqqoslandi. Taqqoslangan natijalar tasdiqlangan sifatni baholash nazorat ro‘yxatining o‘zgartirilgan shakl yordamida baholandi. Tadqiqot populyatsiyasi, dizayni, joylashuvi va tog‘ chang‘ichilarning harakat shakliga biomexanika bilan bog‘liq natijalar to‘g‘risidagi ma’lumotlar har bir maqoladan standart ma’lumotlarni o‘rganish shakli yordamida olingan. Kirish: Jami 12 ta ilmiy maqola taqqoslash mezonlariga javob berdi va ushbu maqolalar ko‘rib chiqildi hamda sifatni baholashda o‘rtacha 69 ± 13% (40-89%) tashkil qildi. Tadqiqotlarning beshtasi gigant slalomga, to‘rttasi slalomga va uchtasi pastga tushishga qaratilgan, ammo bu oxirgi uchta maqola super-G musobaqalariga ham tegishli edi. Tog‘ chang‘i sporti (ya’ni, tez tushish va super-G) bo‘yicha olib borilgan tadqiqo

Доказательный фрагмент

«Maqolada biomexanika nuqtayi nazaridan asosiy xolati tog‘ chang‘isi texnikasi elementi sifatida ko‘rib chiqildi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Maqolada biomexanika nuqtayi nazaridan asosiy xolati tog‘ chang‘isi texnikasi elementi sifatida ko‘rib chiqildi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
alpine skiing, physical fitness, endurance, strength, coordination, training, muvozanat., Tog‘ chang‘isi, tushish, tezlik qiyalik burchagi
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники