К содержанию
РецензированоUZ2026

BOSHLANGICH SINF OQUVCHILARINING MANTIQIY TAFAKKURINI RIVOJLANTIRISH

Xikmatova Muslima Sherzod qizi · Mamatova Gulshan Amankulovna

Инновационные исследования в современном мире: теория и практика · 2026

Аннотация

Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida mantiqiy fikrlashni rivojlantirish muammosini hal etishning nazariy va amaliy tajribasiga tayanib, integrativ yondashuv asosida boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida mantiqiy fikrlash qobiliyatini rivojlantirishning pedagogik shart-sharoitlari mazmuni belgilandi va malga oshirildi. Kalit so’zlar. faol fikrlash, mustaqil fikrlash, ijodiy fikrlash, diqqat, aql, tez fikrlash, chidamlilik, hazil tuyg‘usi. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida mantiqiy fikrlash qobiliyatini rivojlantirishni amalga oshirish pedagogik sharoitlarini joriy etish matematika, ona tili va o’qish savodxonligi, tabiiy fanlarni o‘zlashtirish doirasida darsda va darsdan tashqari vaqtda amalga oshirilgan bo‘lib, boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining mantiqiy fikrlash qobiliyatini rivojlantirish uchun ma’lum imkoniyatlarni ochib berdi. Mantiqiy fikrlash qobiliyatlarni rivojlantirishda invariant va variativ didaktik funksiyalarni alohida o‘rganib chiqdik. Birinchi navbatda, variativ didaktik funksiyalar deganda, boshlang‘ich sinf o‘quvchilarga ta’limda formal o‘qitishdan holi bo‘lgan holda, ta’lim mazmunini har xillashtirish va o‘zgartirishga erishish ekanligi anglanadi. Invariant didaktik funksiyalar variativ didaktik funksiyalar aksi bo‘lib, mantiqiy fikrlash qobiliyatlarni rivojlantirishda ta’lim mazmunini bir xillikka erishishidir. O‘quvchilarda mantiqiy-ijodiy qobiliyatlarni rivojlantirish mezonlari mantiqiy-ijodiy qobiliyatlar tuzilmasini hosil qiluvchi bloklar orqali ishlab chiqildi. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining mantiqiy fikrlash qobiliyatini rivojlantirish bo‘yicha faoliyatni muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun barcha didaktik shartlar hisobga olingan. O‘quv tajribasi davomida quyidagi didaktik shartlar hisobga olinishi lozim: 1. Boshlang‘ich ta’lim uchun integratsiyalashgan ta’lim texnologiyalari samaradorligini pedagogik baholash; 2. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining mantiqiy fikrlash rivojlanish darajasiga qo’yilgan talablarni aniqlash; 3. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining aqliy rivojlanish dinamikasini o‘rganish. Integrativ yondashuv asosida boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining mantiqiy fikrlash qobiliyatining rivojlanganligi quyidagi ko‘rinishda namoyon bo‘lishini aniqladik:  fikrlashni mustaqilligi (erkinligi);  berilgan mantiqiy topshiriqlarni hal qilishda topqirlikning tezligi;  o‘quv materialni o‘zlashtirishning tezligi va mustahkamligi;  muhim bo‘lgan narsani muhim bolmagan narsadan ajirata bilish;  fikrlashdagi tanqidiylik. O‘qituvchiga jarayonni amalga oshirish tizimini mantiqan va izchil qurishga, o‘quvchilarning imkoniyatlari, materialning xususiyatlari va shakl, metodlarning xarakteri 132 o‘rtasidagi muvofiqlikni o‘rnatishiga imkon beradi va bu mashg‘ulotlarga tayyorgarlik ko‘rish va o‘tkazishni nafaqat o‘qituvchi uchun, balki o‘quvchilar uchun ham yengillashtiradi. Shu bilan birga, tavsiyalardan foydalanish o‘qituvchining ijodiy faoliyati uchun keng sharoit yaratib, unga o‘quv mashg‘ulotlarini qurish va mazmunli to‘ldirishga individual yondashishga imkon beradi, bilish va o‘z-o‘zini bilishga ijobiy motivatsiya va qiziqishni qo‘zg‘atadi. Boshlang‘ich ta’lim o‘quvchilarining mantiqiy fikrlash qobiliyatini rivojlantirishning integrativ tiziminida boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida mantiqiy fikrlashlarni rivojlantirish jarayonini pedagogik ta’minlash batafsil yoritilgan. Bir qator mantiqiy mashqlar o‘yin tarzida o‘tkazildi. Bu juda muhim, chunki u yosh o‘quvchilarning yosh xususiyatlariga javob beradi. Ma’lumki, o‘yinlar aqliy rivojlanish vositalaridan biridir. Didaktik o‘yin jarayonida bola obyektlar, ularning o‘zaro joylashishi, ularning o‘ziga xos xususiyatlari to‘g‘risida yangi bilimlarga ega bo‘ladi. Bundan tashqari, didaktik o‘yin bolada bilish jarayoniga katta qiziqish uyg‘otadi, uning aqliy faoliyatini faollashtiradi va tarbiyaning qulay vositasi bo‘lib xizmat qiladi. Materialni o‘yin uslubida taqdim etish ushbu materialni nafaqat bolalar uchun qiziqarli va ko‘ngil ochar, balki, eng muhimi, qulay qiladi. O‘rganilayotgan materialni eslab qolish osonroq, zarur bilim va ko‘nikmalar tezroq va osonroq egallanadi. Ushbu yondashuv bilan material ongli ravishda o‘rganiladi va uzoq vaqt esda qoladi. Didaktik o‘yinlardan foydalanish bolalarda zukkolik, nutqiy ravonlik va mantiqiy fikrlashni rivojlantirish va takomillashtirishga yordam beradi, bu ayniqsa ularning mantiqiy fikrlash qobiliyatini rivojlantirish vazifasi bilan boliq. Didaktik o‘yinlarni ikki guruhga bo‘lish mumkin: vizual va og‘zaki. Ko‘rgazmali qurollardan foydalanadigan o‘yinlar, o‘z navbatida, namoyish va tarqatma materiallar bilan va turli o‘yinchoqlar (tabiat buyumlari va uy-ro‘zyor buyumlari) bilan o’ynaladigan o‘yinlarga bo‘linadi. So‘z o‘yinlari bolalarning to‘plangan tajribasiga, ularni kuzatishga asoslangan. Ushbu o‘yinlarning vazifasi tizimlashtirish va umumlashtirishdir. Ular o‘quv materialini mustahkamlash va takrorlash bosqichida qo‘llaniladi. Og‘zaki didaktik o‘yinlar o‘quv muammosini hal qilish jarayoni aqliy rejada,

Доказательный фрагмент

«Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida mantiqiy fikrlashni rivojlantirish muammosini hal etishning nazariy va amaliy tajribasiga tayanib, integrativ yondashuv asosida boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida mantiqiy fikrlash qobil…»

Образец извлечения

Демо-превью

Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida mantiqiy fikrlashni rivojlantirish muammosini hal etishning nazariy va amaliy tajribasiga tayanib, integrativ yondashuv asosida boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida mantiqiy fikrlash qobil… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
ijodiy fikrlash, chidamlilik, aql, tez fikrlash, faol fikrlash, mustaqil fikrlash, diqqat, hazil tuyg‘usi.
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники