Наука и технология в современном миреМирзаева Ширин Нодировна, Тахиров Чингиз Аъзамович +22026
BO’LAJAK O’QITUVCHILARDA KASBIY KOMPETENSIYANI RIVOJLANTIRISH ASOSIDA PEDAGOGIK MAS’ULIYATNI SHAKLLANTIRISH METODIKASI
F.F. Xalilov
Наука и технология в современном мире · 2026
Аннотация
this article discusses the methodology of pedagogical responsibility formation based on the development of professional competence in future teachers. Key words: competence, responsibility, methodology, education, training, professional competence, modern education, professional activity, creative activity. Bo’lajak o’qituvchilar o’zida qanday kompetentlik sifatlarini yoritishlari kerak? Aslida kompetentlikning o’zi nima? Kompetentlikning o’zagida nimalar aks etgan? Mas’uliyat nima? Uning qanday turlari bor? Kasbiy kompetentlikni rivojlantirish orqali pedagogik mas’uliyatni shakllantirish usullari qayday? degan savollar yuzasidan mazkur bobda so’z yuritmoqchimiz. Ingliz tilida “competence” so’zi lug’aviy ma’noda “qobiliyat” so’zini ifodalaydi. Mazmuni esa “insonning individual salohiyati va imkoniyatlari”ni yoritish xususiyati tushuniladi. Psixologik ilmiy-tadqiqot ishlarning natijasi va keltirilgan fikrlar tahlili asosida “kompetentlik” tushunchasining mazmun-mohiyatini aniqlashtirish imkoniga ega bo’ldik. Psixologik jihatdan bu tushunchaga “notanish vaziyatlar va holatlarda mutaxassis o’zini tuta bilishi, mazmunli muloqot qurishi, o’zaro munosabatlarda yuzaga keladigan tushunmovchiliklarda yangi yo’l bilan yechim topishi, noaniq, ziddiyatli ma’lumotlardan foydalanishda, izchil taraqqiy etib boruvchi va murakkab jarayonlarda o’zini harakatlanish pozitsiyasiga egalik”ni anglatishi keltirilgan. Kompetensiya mutaxassis tomonidan bilimlarni doimo rivojlantirib, takomillashtirib borishi, yangi axborotlarni egallashi, ijtimoiy munosabatlarni chuqur anglashi, kundalik axboriy ma’lumotlarni qidirib topish, ularni faoliyatda qo’llay olishni taqozo etadi. Xullas, kasbiy kompetentsiyaga ega bo’lgan mutaxassis davr talabini chuqur his etadi, yangi bilimlarga intilib, topib, ularni qayta ishlab o’z amaliyotida samarali qo’llaydi. Bo’lajak o’qituvchilar kasbiy kompetensiyasi va pedagogik mas’uliyatining o’zaro aloqadorligi va bir-biriga bog’liq jihatlari quyidagicha tasniflanadi. 103 ` KASBIY KOMPETENSIYAGA PEDAGOGIK MAS’ULIYATGA EGA EGA O’QITUVCHI O’QITUVCHI Davr talabani chuqur his qiladi O’qituvchi ta’limni yangi bosqichga ko’taradi Yangi bilimlarni o’zlashtirishga intiladi O’qituvchi ilmiy tadqiqotlarni yaratadi Kasbiga oid yangiliklarni topadi, ularni Kasbiga oid innovatsion yangiliklarni qayta ishlaydi va o’z amaliyotida amalga oshiradi, ularni rivojlantiradi, samarali qo’llaydi moliyalashtiradi, amaliyotda samarali qo’llaydi va iqtisodiy natija yaratadi Noqulay vaziyatlarni tezkorlik bilan Noqulay vaziyatlarni oldindan hal qiladi anglaydi Bo’lajak o’qituvchilarda kasbiy kompetentlikni rivojlantirish orqali pedagogik mas’uliyatni shakllantirishdan kutaliyotgan natija Davlat va uning tarkibiy tuzilmalari va ijtimoiy-iqtisodiy komplekslarni rivojlantirish maqsadida ehtiyojlariga qarab ilmiy salohiyatli, iqtidorli, kasbiy kompetensiyalarga ega bo’lgan mas’uliyatli mutaxassislarni tayyorlashdan iborat Kasbiy kompetensiya va pedagogik mas’uliyatning o’zaro aloqadorligi Bo’lajak o’qituvchilarni tayyorlash jarayoniga kompetentli yondashuv ularning o’z shaxsiy manfaatlari uchun ham, kabiy faoliyatlari uchun ham olib boradigan faoliyatining asosiy sohalaridagi muvaffaqiyatini ta’minlovchi bilimlar va amaliy faoliyat usullarini kompleks ravishda o’zlashtirishiga qaratilgan. Bo’lajak o’qituvchilarning kasbiy sifatlari shakllanishi o’qitish jarayonida shaxsiy-ijodiy faoliyatining faolligi bilan to’g’ridan-to’gri bog’langan. Oliy ta’lim tizimida zamonaviy o’qitishning eng muhim vazifasi bo’lajak o’qituvchilarning kasbi bo’yicha xabardorligini shakllantirish uchun qulay shart-sharoit yaratishdir. Ijodiy faoliyat uzoq vaqt tayyorgarlik ko’rish, eruditsiyani, kompetensiyalarni talab qiluvchi faoliyat hisoblanadi. 1-bosqichda, talabalarning pedagogik mas’uliyatini shakllantirishga kompetensiyaviy yondashuv asosida kasbiy qadriyatlarga tayanish holati tahlil qilindi. 2-bosqichda, oliy pedagogik ta’lim o’qituvchilari o’rtasida so’rovnoma o’tkazildi. Ular quyidagi yo’nalishlarda olib borildi: 1. Professor-o’qituvchilarning talabalarda mas’uliyat xissini orttirishda qaysi kompetensiyalar ustuvor ekani haqidagi tushunchaga ega ekanini aniqlash. 2. Bo’lajak o’qituvchi uchun muhim bo’lgan kasbiy kompetensiyalarni shakllantirishda qadriyatli yondashuv zarurligini qay darajada anglashini baholash. 104 ` 3. Oliy ta’lim amaliyotida bo’lajak o’qituvchi tayyorlashda ularni kasbiy mas’uliyati yuqori bo’lishiga qay darajada e’tibor qaratishini aniqlash. 4. O’qituvchilarning mavzularni o’qitish jarayonida bo’lajak o’qituvchilarda kasbiy mas’uliyat va javobgarlikni oshirishga oid bilimlarini umumlashtirgan holda maqsadli yondashish holatini o’rganish. 5. Dars mashg’ulotlarida zamonaviy yondashuvlarga asoslanib, talabalarda kasbiy mas’uliyatni oshirishga qaratilgan ta’limiy topshiriqlardan foydalanish holatini aniqlash. 6. Oliy ta’lim o’qituvchilarini bo’lajak mutaxassislarni kasbga samarali tayyorlash mezonlaridan biri sifatida mas’uliyatni o’zlas
Доказательный фрагмент
«this article discusses the methodology of pedagogical responsibility formation based on the development of professional competence in future teachers.»
Образец извлечения
Демо-превьюthis article discusses the methodology of pedagogical responsibility formation based on the development of professional competence in future teachers. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- competence, responsibility, methodology, education, training, professional, tarbiya, kasbiy faoliyat, metodika, ta’lim, ijodiy faoliyat., zamonaviy ta’lim, kasbiy kompetensiya, kompetensiya, mas’uliyat
Смежные источники
Магистерские диссертацииРахмонов Сардорбек Рахимжон ўғли2016
Журнал вестник врачаЖ Бекназаров, Ё Нурматов +12022
The American Journal of Applied sciencesAbdumalikov Abdulatif Abdumalikovich, Khakimov Nazar Khakimovich2020