Наука и технология в современном миреМирзаева Ширин Нодировна, Тахиров Чингиз Аъзамович +22026
TAKRORIY EKIN TURLARINING KUZGI BUG‘DOY ILDIZ TIZIMINI RIVOJLANISHIGA TA’SIRI
RIVOJLANISHIGA TA’SIRI · Turayev Ulug‘bek Utkirovich
Наука и технология в современном мире · 2022
Аннотация
Ushbu maqolada Buxoro viloyati o‘tloqi-allyuvial tuproqlari sharoitida takroriy ekin turlarining kuzgi bug‘doy ildiz tizimini rivojlanishiga ta’siri bo’yicha o‘tkazilgan tadqiqot natijalari keltirilgan. Kalit so‘zlar: o‘tloqi-allyuvial tuproqlar, ildiz tizimi, kuzgi bug‘doy, takroriy ekin, tariq, makkajo‘xori (silos uchun), loviya, mosh, oq jo‘xori (silos uchun), nazorat (takroriy ekin ekilmagan ang‘iz) variant. Kirish. Dunyo qishloq xo‘jaligida so‘nggi yillarda don hosili yetishtirishda yangi innovatsion texnologiyalarni tadbiq qilish orqali tuproq unumdorligini oshirish, mavjud bioiqlim resurslaridan samarali foydalanish, bir yilda ikki yoki uch marta hosil olish yo‘nalishida ilmiy tadqiqotlar olib borish muhimligini ta’kidlab o’tmoq lozim. Respublikamizda bugungi kunda Buxoro viloyatining o‘tloqi allyuvial tuproqlar unumdorligiga takroriy ekinlarning ta’sirini aniqlash borasida izlanishlar yetarlicha amalga oshirilmagan. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 28 yanvardagi PF–60-son Farmonida 2022–2026 yillarga mo‘ljallangan yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi «Tuproq unumdorligini oshirish va muhofaza qilish to‘g‘risida» tuproqlar holatini yaxshilash, unumdorligini saqlash va oshirish, muhofaza qilishning iqtisodiy choralarini belgilash, yerdan foydalanuvchilarni iqtisodiy rag‘batlantirish masalalarini nazarda tutish, yil davomida 2-3 marta hosil olish, hosildorlikni 1,2 barobarga oshirish va sug‘oriladigan maydonlarda boshoqli don ekinlarini yetishtirishda yangi navlar, suv va suv resurslarini tejaydigan zamonaviy agrotexnologiyalarni joriy etish, kuchli sho‘rlangan yerlar ulushini har yili 1 foizdan 2026 yilgacha 5 foizgacha kamaytirish vazifalari belgilab berilgan [1]. O‘simlikning ildizi uni o‘sishi va rivojlanishida muhim fiziologik jarayonlarni bajarib, suvni va unda erigan ma’dan elementlarni o‘zlashtiradi hamda ekinlarning barcha qismlarini shu moddalar bilan ta’minlaydi. Vatanimizda va xorijiy mamlakatlarda juda ko‘p olimlar Mauer, [8]; Kachinskiy, [7]; Yeremenko, [5]; Maksimov, [9]; Shleyxer, [10]; Zaysev, [6] va boshqalar) o‘simliklarning ildiz tizimini o‘rganib, ma’lum xulosalarga kelishgan. Ma’lum bo‘lishicha, ildizning faoliyatida tuproq unumdorligi, suv ta’minoti, harorat, tup son qalinligi, tuproqqa ishlov berish texnologiyasi va boshqa omillar katta rol o‘ynaydi. F.M.Mauerning tadqiqotlarida tuproqda namlik yetishmasligi sababli o‘simliklarda ildizlar ko‘p va baquvvat bo‘lib rivojlanibgina qolmasdan, balki chuqurroq qatlamlarga tarqalishi aniqlangan. Shuning bilan birga o‘simliklar tuproqdan namlikni olish uchun ildizlarga ko‘p kuch sarflab, natijada ekinlarni yer usti qismini past bo‘lib qolishiga sabab bo‘ladi [8]. N.A.Kachinskiyning aniqlashicha, o‘simlik ildizining asosiy qismi tuproqning oziq elementlari ko‘p va o‘sishi uchun yaxshi sharoit bo‘lgan yuqori qatlamida joylashadi [7]. 120 ` Yuqoridagilardan kelib chiqib tadqiqotlarimiz oldiga Buxoro viloyati o‘tloqi-allyuvial tuproqlar sharoitida Takroriy ekin turlarining kuzgi bug‘doy ildiz tizimini rivojlanishi va quruq massa to‘plashiga ta’sirini aniqlashni maqsad qilib qo’ydik. Uslub va materiallar. Ilmiy tadqiqotlar Olot tumani hududida joylashgan “Narzi oyim” fermer xo‘jaligi sho‘rlangan o‘tloq-allyuvial tuproqlari sharoitida 2019-2022 yillarda olib borildi. Dala tajribalari 6 variantda 4 takrorlikda olib borildi. Tajribalarda qishloq xo‘jalik ekinlar parvarishi mazkur mintaqa uchun qabul qilingan agrotexnik tadbirlar asosida olib bajarildi. Dala tajribasida o‘tkazilgan barcha fenologik kuzatuvlar, biometrik o‘lchovlar O‘zPITIning «Dala tajribalarini o‘tkazish uslublari» uslubiy qo‘llanmalaridan foydalanildi [2]. Kuzgi bug’doy va takroriy ekinlarning ildiz qoldiqlari monolit va ramka uslublarida aniqlandi [4]. Hosildorlik bo‘yicha olingan ma’lumotlarning dispersion tahlili B.A.Dospexov boyicha aniqlandi [3]. Tadqiqot natijalari tahlili. Ildiz tizimining rivojlanishi ko‘plab omillarga bogʻliq bo‘lib, ularga tuproq turi, mexanik tarkibi, ekin maydonining rel’yefi, eroziya darajasi, tuproqdagi organik moddalar, yer osti suvlarining chuqurligi, o‘simlik turi va navi, shuningdek, ekish muddatlari, me’yorlari, sug‘orish va oziqlantirish rejimlari kiradi. Ushbu omillar ildiz tizimining rivojlanish darajasiga, tuproqqa kirib borish chuqurligiga va ildiz massasiga bevosita taʼsir ko‘rsatdi. Shu sababli, ildiz tizimining rivojlanishi va faolligi hosilining shakllanib borishi hamda yuqori hosil olish uchun muhim ahamiyatga ega hisoblanadi [4]. Ko‘pgina tadqiqotchilar fikricha, kuzgi bug‘doy o‘simligining o‘sish va rivojlanishi davrida uni namlik va oziqa moddalar bilan ta’minlashda ildiz tizimining vazifasi va ahamiyati kattadir. Kuzgi bug‘doyning ildiz tizimini rivojlanishi turli xil sharoitlarga, ildizning joylashish chuqurligiga, o‘simlik turiga, naviga, ildiz tarqalgan ustki qatlamdagi namlik hamda o‘simlik o‘zlashtiradigan oziq moddalarning miqdoriga bog‘liqligi bilan isbotlangan [11]. Olib borgan dala tajribalarimi
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada Buxoro viloyati o‘tloqi-allyuvial tuproqlari sharoitida takroriy ekin turlarining kuzgi bug‘doy ildiz tizimini rivojlanishiga ta’siri bo’yicha o‘tkazilgan tadqiqot natijalari keltirilgan.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada Buxoro viloyati o‘tloqi-allyuvial tuproqlari sharoitida takroriy ekin turlarining kuzgi bug‘doy ildiz tizimini rivojlanishiga ta’siri bo’yicha o‘tkazilgan tadqiqot natijalari keltirilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- loviya, nazorat (takroriy ekin ekilmagan ang‘iz) variant., mosh, kuzgi bug‘doy, takroriy ekin, oq jo‘xori (silos uchun), ildiz tizimi, o‘tloqi-allyuvial tuproqlar, tariq, makkajo‘xori (silos uchun)
Смежные источники
The American Journal of Applied sciencesMirjamol Mirkarimovich Mirkhojaev, Makhliyo Fakhriddin Qizi Yuldasheva2021
The American Journal of Applied sciencesStability Of A Cylindrical Shell, Shakhrukh Muratovich Davlyatov +22021
The American Journal of Applied sciencesAgainst The Background Of Glutamate, Khoshimov N.N. +22021