Наука и технология в современном миреМирзаева Ширин Нодировна, Тахиров Чингиз Аъзамович +22026
BOʻLAJAK OʻQITUVCHILARNI OʻQUVCHILARNING KASBIY IJTIMOIYLASHUVI FAOLIYATIGA TAYYORLASHNING PEDAGOGIK IMKONIYATLARI
Maxkamova Dilafruz Aliyevna · Махкамова Дилафруз Алиевна · Кокандской ГПИ · Makhkamova Dilafruz Aliyevna
Наука и технология в современном мире · 2022
Аннотация
Mazkur maqolada boʻlajak oʻqituvchilarni oʻquvchilarning kasbiy ijtimoiylashuvi faoliyatiga tayyorlashning pedagogik imkoniyatlari hususida ayrim fikr- mulohazalar bayon etilgan. Shuningdek maqolada, oʻquvchilarning kasbiy ijtimoiylashuvi faoliyatiga tayyorlashda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar ham bayon etilgan. Kalit so’zlar. umumta’lim maktablari, ijtimoiylashuv, kasbiy ijtimoiylashuv, iqtisodiy o’sish, amaliy tayyorgarlik, pedagogik imkoniyat. ПЕДАГОГИЧЕСКИЕ ВОЗМОЖНОСТИ ПОДГОТОВКИ БУДУЩИХ УЧИТЕЛЕЙ К ПРОФЕССИОНАЛЬНОЙ СОЦИАЛИЗАЦИИ СТУДЕНТОВ Махкамова Дилафруз Алиевна Заведующий кафедрой методики начального образования Кокандской ГПИ Абстрактный. В статье представлены некоторые размышления о педагогических возможностях подготовки будущих учителей к профессиональной социализации учащихся. В статье также рассказывается о реформах, реализуемых в нашей стране в сфере подготовки студентов к профессиональной социализации. Ключевые слова. средние школы, социализация, профессиональная социализация, экономический рост, практическое обучение, педагогические возможности. PEDAGOGICAL POSSIBILITIES OF PREPARING FUTURE TEACHERS FOR PROFESSIONAL SOCIALIZATION OF STUDENTS Makhkamova Dilafruz Aliyevna Head of the Department of Primary Education Methodology, Kokand SPI Annotation. This article presents some thoughts on the pedagogical possibilities of preparing future teachers for professional socialization of students. The article also describes the reforms being implemented in our country in preparing students for professional socialization. Keywords: secondary schools, socialization, professional socialization, economic growth, practical training, pedagogical opportunities. Yangi Oʻzbekiston 2022-2026-yillarga moʻljallangan taraqqiyot strategiyasida “umumta’lim maktablarida kasb oʻrganish istagidagi bitiruvchilarining davlat tomonidan kamida bir kasbni egallashiga koʻmaklashuvchi tizimni joriy etish” vazifasi belgilangan.[1] Shunga koʻra, pedagogik amaliyot doirasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar boʻlajak oʻqituvchilarni oʻquvchilarning kasbiy ijtimoiylashuvi, ularning tanlangan kasbni egallashida, maxsus koʻnikma va malakaga ega boʻlishlarida hamda raqobatbardosh mutaxassis sifatida shakllanishlarida faoliyati dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Iqtisodiy barqarorlik va barcha sohalarda rivojlangan davlatlar bilan raqobatlashish salohiyati esa, mehnat bozoridagi 124 ` pedagogik kadrlarning malakasi va imkoniyatlariga chambarchas bogʻliq. Bunday yuqori salohiyatli kadrlar tayyorlashning ilk bosqichi boʻlajak oʻqituvchilarni oʻquvchilarning kasbiy ijtimoiylashuvi faoliyatiga tayyorlash, oʻquv jarayonini samarali tashkil etish orqali amalga oshadi. Boʻlajak oʻqituvchilarni oʻquvchilarning kasbiy ijtimoiylashuvi faoliyatiga tayyorlashning huquqiy-me’yoriy asosi sifatida Oʻzbekistonda oʻquvchilarni kasb-hunarga tayyorlash tizimini keltirish mumkin. Mazkur faoliyat 2021-yilda qabul qilingan “Umumiy oʻrta ta’lim muassasalarining 10-11-sinf oʻquvchilarini kasb-hunarga tayyorlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 792-sonli Qaror asosida amalga oshirilmoqda”.[2] Mazkur qaror bilan: umumta’lim maktablarining 7-sinflaridan boshlab oʻquvchilar oʻrtasida interaktiv soʻrovnomalar oʻtkazish, ularning kasb-hunarga boʻlgan qiziqishlarini aniqlash hamda ushbu ma’lumotlarni jamlagan bazani ishlab chiqish va boyitish; 8-sinfda ta’limning keyingi bosqichlarida oʻqishni davom ettirish, tanlagan kasbi boʻyicha kasb-hunarga tayyorlash markazlarida kasb oʻrganish uchun oʻquvchilar va ota-onalarga tavsiyalar berish va yoʻnalish berish; psixologik tashxis orqali 9-sinf oʻquvchilarining kasbiy moyilligini aniqlash natijalariga tayangan holda, ularni kelajakda ishchi kasblar boʻyicha kasb-hunar maktablarida ta’lim olish yoki kasbga tayyorlash markazlarida oʻqishni davom ettirishga yoʻnaltirish maqsadida oʻquv yili davomida maxsus kasbiy ijtimoiylashuv choralari tashkil etilishi zarur boʻlgan vazifalar sifatida belgilangan. Koʻrsatib oʻtilgan vazifalar boʻlajak oʻqituvchilarni oʻquvchilarning kasbiy ijtimoiylashuvi faoliyatiga tayyorlash mazmunini belgilab beradi. Zamonaviy texnika va texnologiyalar shiddat bilan rivojlanib borayotgan bugungi kunda jamiyatimizning barcha sohalarida keskin oʻzgarishlar kuzatilmoqda. Shunga hamnafas tarzda ta’lim tizimini ham bosqichma-bosqich isloh qilib borish zamon talabi doirasida jadallashib bormoqda. Bundan koʻrinadiki, boʻlajak oʻqituvchilarni oʻquvchilarning kasbiy ijtimoiylashuvi faoliyati shakli, vosita va texnologiyalari oʻzgarib bormoqda. Jamiyatda ma’lum bir davrda kasblarga oid shu davrga xos boʻlgan qarashlar, munosabatlar, ustuvorliklar shakllanadi va bu dinamik xususiyatga ega boʻlib, muntazam ravishda oʻzgarib, rivojlanib boradi. Keltirib oʻtilgan bir-biriga uzviq bogʻliq jarayonlar boʻlajak oʻqituvchilarni oʻquvchilarning kasbiy ijtimoiylashuvi faoliyati tashkil etishda strategik yoʻnalishni belgilab beradi. Mehnat bozorining holatini doimiy va tizimli kuzatish, siyosiy, iqtiso
Доказательный фрагмент
«Mazkur maqolada boʻlajak oʻqituvchilarni oʻquvchilarning kasbiy ijtimoiylashuvi faoliyatiga tayyorlashning pedagogik imkoniyatlari hususida ayrim fikr- mulohazalar bayon etilgan.»
Образец извлечения
Демо-превьюMazkur maqolada boʻlajak oʻqituvchilarni oʻquvchilarning kasbiy ijtimoiylashuvi faoliyatiga tayyorlashning pedagogik imkoniyatlari hususida ayrim fikr- mulohazalar bayon etilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- secondary schools, socialization, professional socialization, economic growth, amaliy tayyorgarlik, kasbiy ijtimoiylashuv, iqtisodiy o’sish, ijtimoiylashuv, umumta’lim maktablari, pedagogik imkoniyat.
Смежные источники
Наука и технология в современном миреHamdamov Islom Akramovich2026
The American Journal of Engineering and TechnologyO CLC -, Coefficient Of A Frequency Inverter +22020
Каталог авторефератовЎРОҚОВ АСЛИДИН ХУШВАҚТОВИЧ, Содиқов Иброхим Салихович +22009