К содержанию
РецензированоUZ2026

BOLA RIVOJLANISHIDA OILA MUHITINING TAʼSIRI

Yusupova Nilufar · Alimardanov Joʻrabek Bobonazarovich

Педагогика и психология в современном мире: теоретические и практические исследования · 2026

Аннотация

Bolalarning rivojlanishi bu eng murakkab jarayon hisoblanadi. Bola rivojlanishida turli xil omillar ishtirok etadi. Bulardan eng asosiysi muhit hisoblanadi. Muhit ham o’z o’rnida bir necha omillarni o’z ichiga oladi. Kalit so'zlar: Muhit, tabiiy muhit, oila muhiti, ijtimoiy muhit, bola rivojlanishi. Kirish. Farzand – oilaning quvonchi, ota-onaning tayanchi, jamiyatning hayotbaxsh kuchi. Farzand umr mevasi, oila faxri, kelajagi baxtidir. Ammo tarbiya nihoyatda mashaqqatli ish bo’lib ota onalar bolalar tarbiyasida har doim ham istagan natijalarga erishavermaydilar. Ota-onalar bolalarni oilada faoliyatini to’g’ri tashkil qilishda avvalo oiladagi ota-ona tarbiyasi muvaffaqiyatli bo’lishi zarur. Ota-onalar bolaning nazarida obro’ga ega bo’lishi kerak, busiz tarbiya bo’lishi mumkin emas. To’g’ri tarbiya bizning baxtli kelajagimiz, yomon tarbiya bizning kelajakdagi qayg’u xasratimiz, bizning ko’z yoshlarimiz, bizning boshqa kishilar oldidagi, butun jamiyat oldidagi aybimizdir. Ota-onalar bolalarga tarbiya berar ekanlar bo’lajak kasb egalari, bo’lg’usi ota-onalar shaxsini tarkib topdiradilar: buning muvaffaqiyatidan faqat ularning o’zlari emas, balki umuman jamiyat manfaatdordir. Har bir shaxs oilada tug’ilib ijtimoiy hayotga mana shu o’z koshonani orqali kirib borar ekan, demak shaxs tarbiyasining ibtidosi deb uning ona ko’ksidalik payti, ya’ni homila payti-yu va tug’ilgandan atrof-muhitni qamrab olgan uni mana shu hayotga olib kelganoilasi va ota-onasining ilk tarbiyaviy ta’sirlarini aytish joizdir. Albatta bola boshlang’ich ijtimoiylashuvni aynan oila bag’rida oladi. Oila a’zolarining o’zaro munosabatlari namunasida u boshqa insonlar bilan muloqot qilishni o’rganadi, bola ularning xulq- atvori va munosabatlar shakllarini anglab boradi va ushbu tushunchalar uning o’smirlik va balog’at yillarida ham saqlanib qolishi tabiiy. Ota-onaning farzandini noto’g’ri xatti-xarakatiga nisbatan reaksiyasi, ota-onalar o’rtasidagi munosabatlari xarakteri, oiladagi garmoniya yoki disgarmoniya darajasi, qondosh aka-uka va opa- singillar o’rtasidagi munosabatlar xarakteri oilada va undan tashqarida bola agressiv xulq-atvorini belgilab beruvchi hamda uning balog’at yillarida atrofdagilar bilan quradigan munosabatlariga ta’sir ko’rsatuvchi omillardan biri hisoblanadi. Yuqorida ko’rsatilganidek oilaviy ijtimoiylashuvning Qadri va ahamiyati shundan iboratki, shaxs katta va mustaqil hayotga, shu jumladan, oilaviy hayotga tayyorlanadi. Birinchidan shaxs o’ziga yarasha sifat va fazilatlarni shakllantirib boradi, ikkinchidan, har tomonlama barkamol, yetuk, aqlli, sog’ va salomat shaxs bo’lib kamol toppish imkoniyatiga ega bo’ladi. Shu o’rinda ta’kidlash karkki, oil ava undagi sog’lom muhitda bola jamiyatda to’laqonli yashash, o’ziga o’xshagan shaxslar bilan muloqotga kirishib, murosa qilish, hamjihatlikda ish yuritish, kasb va hunarli bo’lib yetishish, muomalada axloq-odob qoida va normalariga bo’ysunishni o’rganadi, psixologik jihatdan ham tayyorlanadi. 133 Inson rivojlanishi bu murakkab jarayon hisoblanadi. Inson rivojlanishi asosan tashqi va ichki kuchlar ta’siridan bo’ladi. Tashqi ta’sir omillariga tabiiy va ijtimoiy muhit kiradi. Ichki omillarga biologik va irsiy omillar kiradi. Rivojlanish jarayonida bola faoliyatning har xil turdagi foydalanishadi. Bularga (o’yin, sport, mehnat va hokazo) muloqot (ota-ona, do’stlari va tengdoshlari) misol bo’ladi. Bola rivojlanishida asosiy vosita bu muhit hisoblanadi. Muhit deganda kishiga tabiiy ta’sir etadigan tashqi voqealar majmuyi tushuniladi. Muhit ham bir nehca turlarga bo’linadi. - Tabiiy muhit - Oila muhiti - Ijtimoiy muhit Tabiiy ya’niy geografik muhit bu insoniy hayot tarzidagi xarakteri va mehnat faoliyatiga ta’sir etadi. Masalan, janubda yashaydigan inson shimolda yashaydigan insondan ko’rinishi xarakteri va dunyoqarashi bilan ajralib turadi. Oila muhiti – bu muhit Inson shakllanishiga muhim ahamiyatga ega. Chunki bola ko’z ochib avvalo ota-onasini, bobo-buvisini ya’niy oila a’zolarini ko’radi. Uning jismoniy va ruhiy rivojlanish davri oila ta’sirida shakllanadi. Agar oilada islomiy muhit mavjud bo’lsa axloqi go’zal va fazilatli bo’lib ulg’ayadi. Tadqiqot metodologiyasi va tahlil natijlari- bola rivojlanishida oila muhitining taʼsiri - Bola rivojlanishida oila muhitining roli juda katta. Oila bolaning ilk ijtimoiy muhitini tashkil etadi va uning hayotining birinchi yillarida o'zgaruvchan va asosiy rivojlanish bosqichlarini belgilaydi. Oila, bolani nafaqat fiziologik, balki psixologik, hissiy, ijtimoiy va intellektual rivojlanishida ham muhim ahamiyatga ega. Shu bois, oila muhiti bolaning o'zini qanday his qilishidan tortib, uning jamiyat bilan o'zaro munosabatlariga qadar barcha sohalarda katta ta'sir ko'rsatadi. Bu maqolada oila muhitining bola rivojlanishiga qanday ta'sir qilishini ko'rib chiqamiz. 1. Oila muhiti va hissiy rivojlanish Bola o'zining hissiy rivojlanishini birinchi navbatda oila a'zolari bilan o'zaro munosabatlar orqali boshlaydi. Ota-ona va boshqa oila a'zolari bolanin

Доказательный фрагмент

«Bolalarning rivojlanishi bu eng murakkab jarayon hisoblanadi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Bolalarning rivojlanishi bu eng murakkab jarayon hisoblanadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Muhit, tabiiy muhit, oila muhiti, ijtimoiy muhit, bola rivojlanishi, bola rivojlanishi.
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники