К содержанию
РецензированоUZ2026

BOSHLANG‘ICH SINFLARDA TABIIY FANLARNI O‘QITISHDA MUHIM MUOMMOLARNI HAL QILISHDA FALSAFANING RO‘LI

Abdunazarova ZebinisoXudoyshukurovna

Педагогика и психология в современном мире: теоретические и практические исследования · 04 · 2026

Аннотация

Boshlang‘ich sinflarda tabiiy fanlarni o‘qitishda muhim muammolarni hal qilishda falsafaning roli katta ahamiyatga ega. Ushbu maqolada tabiiy fanlarni o‘qitish jarayonida duch kelinadigan asosiy muammolar tahlil qilinadi va ularning falsafiy jihatdan yechimlari ko‘rib chiqiladi. Ta’lim jarayonida dunyoqarashni shakllantirish, tanqidiy fikrlashni rivojlantirish hamda ilmiy metodologiyadan foydalanish falsafaning asosiy vazifalaridan biri sifatida namoyon bo‘ladi. Shuningdek, tabiiy fanlarni o‘qitishda empirik bilimlarni nazariy tushunchalar bilan bog‘lash, bolalarning qiziquvchanligini oshirish va ularni ilmiy tadqiqotga yo‘naltirish masalalarida falsafa muhim o‘rin tutadi. Tadqiqot davomida tabiiy fanlarni o‘qitishda pedagogik falsafa yondashuvlari, konstruktivizm va dialektik metodlarning o‘rni ham tahlil qilinadi. Maqola boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari, pedagoglar va ta’lim sohasi tadqiqotchilari uchun foydali ma’lumotlarni o‘z ichiga oladi. Kalit so’zlar amaliy uslublar, retseptor, tajriba, obyekt, operatsiya, ekskursiya, gerbariy, granit, akvarium, terrarium. Kirish. O'quvchilarning bolajak kasbiy sifatlarini shakllantirishda nazariy bilimlar bilan bir qatorda amaliyot ham muhim orin egallaydi. Tabiiy ilmiy bilimlar uzoq yillar davomida amaliy faoliyat tufayli qo'lga kiritilgan. Atrof muhitni bilishda, anglashda ilmiy tajriba, amaliy bilimlar muhim rol o'ynab kelgan va kelmoqda. Ma'lumki, tabiatshunoslik keng qamrovli moddiy dunyoni rang-barang xususiyatlari, tabiatning har xil voqea hodisalarini o rganuvchi fan bolib, ilmiy tajriba asosida shakllanadi, amaliyot esa mazkur fanning poydevori hisoblanadi. Insoniyatni tabiat qonunlari haqidagi bilimga asoslangan amaliy faoliyati bilish jarayonini, ilm-fan taraqqiyotini belgilaydi. Amaliyot - haqiqat mezonidir. Bilimlarga ehtiyoj amaliyotda tug'iladi va ularning to'g'riligi amaliyot orqali tekshiriladi hamda tasdiqlanadi. Bilim odamlar miyasida oz-ozidan paydo bolmasdan, balki muayyan ish faoliyatida shakllanadi. Amaliyot insonni tabiat bilan munosabatida asosiy omil bolib, bu oz navbatida, odamlarning o'zaro munosabnatlari tizimida, ijtimoiy ishlab chiqarishda muhim rol oynaydi. Amaliyotning asosiy turlari moddiy ishlab chiqarish va ilmiy tajriba hisoblanadi. Ilmiy - tabiiy amaliyot quyidagi vazifalarni bajaradi. Tabiatshunoslikdagi amaliyot ilmiy ishlab chiqarishning asosiy omili bolib kelmoqda. Amaliyot nazariyani paydo bo'lishiga, ilmiy shakllanishiga va rivojlanishiga olib keladi. Bilishning aniqligi muayyan obekt haqidagi ma'lumotning haqiqat ekanligi bilan tasdiqlanadi. Ayni paytda, sharoit boshqacha bo'lsa, haqiqat ham boshqacha bolishi mumkin. Masalan, oddiy sharoit va bosimda suv 100oC da qaynaydi. Lekin bosim o'zgarsa yoki og'ir suv bolsa, u aniq -konkret hisoblanadi. Ma'lum tizimdagi haqiqat boshqa sharoitda butunlay o'zgarishi mumkin. G'oyaning amaliyotda tasdiqlanishi haqiqatning asosiy omili hisoblanadi. Amaliy ishlarga o'rgatish boshlang'ich sinflardan boshlanishi maqsadga muvofiqdir. Amaliy uslublar o'qituvchi tomonidan tashkil qilinadigan va yo'naltiriladigan, o'quvchilar fikrini rivojlantirishga mo'ljallagan so'z, ko'rgazmalilik va amaliy ishning o'zaro murakkab bog'lanishida bo'lishini ko'rsatadi. Amaliy uslublar qo'llanilishi o'quvchilar retseptorlari va effektorlarining jadal faoliyati bilan bog'liq. 137 Amaliy uslublar o'rganilgan materialni chuqur tushunib yetishga, ko'nikma va malakalar hosil qilishga imkoniyat yaratadi. Amaliy uslublarni qo'llashga o'quvchilar faoliyatining o'zi, bilim manbai hisoblanadi. Bunday usullar sirasiga og'zaki, yozma mashqlar, laboratoriya ishlari, maktab yer maydoni, tirik tabiat burchagida, sinfdan tashqari bajariladigan mashg'ulotlar kiradi. Tabiatshunoslik darslari tanib olish va aniqlash amaliy metodlarining bir turi bo'lib, tarqalgan o'simliklarni yoki ularning qismlarini farqiga borib, tanib olish xususiyatlarini o'rgatadi. Taqqoslashdagi farqga borish o'quvchining aniqlash qobiliyatini rivojlantiradi. Farq qilish va aniqlash bo'yicha ishlar darslardagina olib borilmaydi, o'qituvchi tabiatga uyushtiriladigan ekskursiyalarda ham o'simliklarni topish va to'plashni, namunalar yig'ishni, ularning yoshi, vegetativ usullari, tuproq kesmalari, moslashishlarini, o'zgaruvchanlikni o'quvchilarning o'zlashtira olish qobiliyatlariga qarab tanlab berishi kerak. O‘simliklar, ular qismlarining shaklini bilib olish bo'yicha ishlarni o'quvchilar uy vazifasi sifatida bajaradilar. O‘simliklarni yoshini tabiatda nafaqat yillik halqalardan balki osimliklarni yillik shoxlanishiga qarab aniqlash mumkin. O‘simlik bahordan kuzgacha o'sish davriga ega, kuzdan bahorgacha tinim davri boladi. Bu osimlikning bir yoshi demakdir, ikkinchi yilda yana o sish, shoxlanish sodir bo ladi. Shoxlanish orasidagi masofa o simlikning bir yoshi hisoblanadi, buni o quvchilarga tabiatda tushuntirish talab etiladi. O'quvchilar amaliy bilimga ega bo'ladilar, daraxtlar yoshini kesmasdan turib ham aniqlash mumkinligini bilib oladilar. Bu ekologik

Доказательный фрагмент

«Boshlang‘ich sinflarda tabiiy fanlarni o‘qitishda muhim muammolarni hal qilishda falsafaning roli katta ahamiyatga ega.»

Образец извлечения

Демо-превью

Boshlang‘ich sinflarda tabiiy fanlarni o‘qitishda muhim muammolarni hal qilishda falsafaning roli katta ahamiyatga ega. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
retseptor, amaliy uslublar, terrarium., operatsiya, gerbariy, granit, tajriba, obyekt, ekskursiya, akvarium
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники