Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
REFLEKSIVLIK VA SHAXS INTELLEKTUAL FAOLIYATI O‘RTASIDAGI ALOQADORLIGI MASALASI
ALOQADORLIGI MASALASI · ИНТЕЛЛЕКТУАЛНОЙ АКТИВНОСТЮ ЛИЧНОСТИ (Alfraganus university “Pedagogika va psixologiya” kafedrasi professori,)
Педагогика и психология в современном мире: теоретические и практические исследования · 2026
Аннотация
В статье раскрывается вопрос о связи интеллектуального развития личности с особенностью рефлексивности. В частности, интеллектуальное развитие личности влияет на развитие таких рефлексивных процессов, как самосознание, самооценка, самоконтроль и самоуправление. С этой точки зрения приобретение знаний в интеллектуальной сфере личности помогает ей грамотно планировать свою будущую деятельность. Ключевые слова: интеллект, интеллектуальная деятельность, рефлексия, рефлексивность, активность, самоуправление, интеллектуальная работоспособность, интеллектуальный акт, способность, учебный процесс, интеллектуальная деятельность. THE QUESTION OF THE RELATIONSHIP BETWEEN REFLEXIVITY AND THE INTELLECTUAL ACTIVITY OF THE INDIVIDUAL N.I.Khalilova Professor of the Department of pedagogy and psychology at Alfraganus university, psychological sciences (DSc) Annotation. The article reveals the question of the relationship of intellectual development of the individual with the feature of reflexivity. In particular, the intellectual development of an individual influences the development of reflexive processes such as self-awareness, self-esteem, self-control, and self-management. From this point of view, the acquisition of knowledge in the intellectual field of an individual helps them to plan their future activities wisely. Keywords: intellect, intellectual activity, reflection, reflexivity, activity, self-management, intellectual efficiency, intellectual act, ability, educational process, intellectual activity. 145 Refleksiya muammosi tahlili shuni ko‘rsatadiki, unga doir ishlanmalar juda ko‘p, uni o‘rganish usullari ham turli-tumandir. Shu bilan birga o‘rganishning yondashuv, uslub va strategiyalari ham bir-biridan farq qiladi. Ko‘p hollarda keng umumpsixologik tushunchalar bo‘lmish «psixik jarayonlar», «psixik xususiyatlar», «psixik holatlar» va boshqalar refleksiya kategoriyasiga munosabatiga ko‘ra to‘liq yoritilmay qolmoqda. Yuqorida sanab o‘tilgan refleksiyani o‘rganishdagi 3 xil tipdagi qiyinchiliklar (ayni paytda mazkur muammoning o‘ziga xos jihatlari) A.V. Karpov [6] fikricha, o‘zaro bog‘langan va o‘zaro taqozolangandir. Shuning uchun uni bartaraf etish usullari va muammoning keyingi ishlanmalarida ushbu o‘zaro aloqadorlikni hisobga olish maqsadga muvofiqdir. Refleksiya haqidagi turli-tuman ko‘p sonli ma’lumotlarni sintezlash va umumlashtirish psixologiyaning aniq ilmiy kategoriyalariga asoslanib amalga oshirilsa nisbatan konstruktiv bo‘lishi mumkin. Agar mazkur kategoriyalar psixikaning barcha jihatlari yig‘indisini o‘z ichiga qamrab olsa yanada samaraliroq bo‘lar edi. Refleksiyani o‘rganish borasidagi izlanishlarning o‘ziga xosligi, nodirligi va mustaqilligi ularni boshqa tadqiqotlardan ajratib turadi. Refleksiya muammosining bunday o‘zicha yetarliligi an’anaviy tadqiqotlar, ya’ni psixik jarayonlar, psixik holatlar, psixik xususiyatlar nazariyasidan tashqarida ham ko‘zga tashlanadi. Biroq shunday faktni e’tirof etish kerakki, aynan refleksiya sintetik psixik reallik bo‘lib, u bir vaqtning o‘zida ham jarayon, ham xususiyat, ham holatdir. Tadqiqot yo‘nalishi va paradigmasiga bog‘liq bo‘lmagan holda intellektni mustaqil reallik sifatida ajratishning asosiy mezoni uning xulq-atvorni boshqarishdagi vazifasidir. Intellektni qobiliyat sifatida talqin etganda birinchi navbatda, uning inson hayotidagi adaptatsion (moslashuvchanlik) ahamiyati inobatga olinadi. Intellektning qobiliyat sifatida namoyon bo‘lishi universal adaptivlikda, individning muhit bilan «muvozanat»ga erishishida amalga oshiriladi. Har qanday intellektual akt adaptatsiya davrida sub’ektdan faollik va uni amalga oshirishda o‘zini o‘zi boshqarishni taqozo etadi. E.A.Golubevaning fikricha, faollik va o‘zini o‘zi boshqarish intellektual samaradorlikning tayanch omili sanaladi. Intellektual xulq-atvorning mezoni esa tashqi muhitni o‘zgartirish emas, balki individning adaptiv harakatlari uchun yangi imkoniyatlarni ochishidir [3]. Intellekt haqidagi zamonaviy tasavvurlar asosida umumiy qobiliyat sifatida intellektning universalligi ya’ni, har qanday vazifa yechishdagi muvaffaqiyatga ta’siri g‘oyasi turli-tuman intellekt modellarida o‘z taraqqiyotiga erishdi [3]. Shaxs intellektual faoliyatini inson bilish faoliyatining eng yuqori darajasi, ob’ektiv borliqni aks ettirish jarayoni, deb tavsiflash mumkin. Bunday faoliyat yaxlitlikka ega bo‘lish bilan birga vazifalarni bajarishda yaqqol ifodalanadigan individuallikda o‘z aksini topadi. Intellektual faoliyatning erkin va mustaqil amalga oshirilishi shaxs aqliy taraqqiyotining muayyan darajasidan dalolat beradi [1]. Kognitiv paradigma doirasida, ma’lum bir ijtimoiy-psixologik omillar ta’sirida vujudga keladigan aqliy harakatlar orqali shaxs intellektual faoliyati amalga oshiriladi [2]. Ushbu nazariyaga ko‘ra, shaxs ilmiy tushunchalarga ega bo‘lishi, o‘zining ilmiy bilish mantiqi vositasida uni shaxsiy faoliyatida qayta ishlashi, mavhum fikrlashdan konkret fikrlarga o‘ta olishi kerak. Boshqacha qilib aytganda, intellek
Доказательный фрагмент
«В статье раскрывается вопрос о связи интеллектуального развития личности с особенностью рефлексивности.»
Образец извлечения
Демо-превьюВ статье раскрывается вопрос о связи интеллектуального развития личности с особенностью рефлексивности. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- intellect, intellectual activity, reflection, reflexivity, activity, self-management, intellektual faoliyat., intellektual samaradorlik, ta’limiy jarayon, intellektual faoliyat, o‘zini o‘zi boshqarish, refleksivlik, intellektual akt, faollik, intellekt, refleksiya, qobiliyat
Смежные источники
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025