Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
TA’LIM-TARBIYA JARAYONINI MODELLASHTIRISHDA PEDAGOGIK SINERGETIKADAN FOYDALANISH
SINERGETIKADAN FOYDALANISH · Xalilov Farxod Furqat o‘g‘li
Педагогика и психология в современном мире: теоретические и практические исследования · 2026
Аннотация
Ushbu maqolada ta’lim-tarbiya jarayonini modellashtirishda pedagogik sinergetikadan foydalanish haqida fikrlar batafsil yoritib berilgan. Kalit so’zlar: ta’lim, tarbiya, sinergetika, modellashtirish, raqobat, paradigma, unversallik, rivojlanish, ong, hissiyot, iroda. Hozirgi zamonaviy sharoitida taʼlim va tarbiya shaxsni har tomonlama voyaga yetkazish, unda komillik va malakali mutaxassisga xos sifatlarni shakllantirishda muhim oʼrin tutadi. Bugungi tezkor davr talabalarni ham qisqa muddatda va asosli maʼlumotlar bilan qurollantirish, ular tomonidan turli fan asoslarining puxta oʼzlashtirilishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratishni taqozo etmoqda. Zamonaviy sharoitda taʼlim jarayonining barcha imkoniyatlariga koʼra shaxsni rivojlantirish, ijtimoiylashtirish va unda mustaqil, tanqidiy, ijodiy fikrlash qobiliyatlarini tarbiyalashga yoʼnaltirilishi talab qilinmoqda. Ta’limiy-tarbiyaviy jarayonni modellashtirishda o‘quvchilarning hayoti va faoliyatini ta’lim muassasalarida pedagogik jihatdan to‘g‘ri uyushtirish uchun, ularning tashqi ta’sir etuvchi omillarga nisbatan ta’sirchan munosabatda bo‘lishini unutmaslik kerak. Pedagog va psixolog olimlarning tadqiqotlari shuni ko‘rsatadiki, shaxsga tashqi omillarning o‘zaro: xoh salbiy, xoh ijobiy bo‘lsin, ta’siri avvalo o‘quvchilarning o‘zaro munosabatlariga bog‘liq. O‘quvchilarning tarbiyaviy faoliyatini uyushtirayotganda o‘qituvchi yoki tarbiyachi tashqi ta’sir etuvchi omillarga nisbatan tarbiyalanuvchining munosabatini, kechinmalarini, qanday anglashini, baholashini ulardan o‘zi uchun nimalarni olayotganligini bilishi zarur. Ta’lim-tarbiya jarayonini modellashtirishda o‘quvchining nafaqat ongi, balki his-tuyg‘ularini ham o‘stirib borishga erishish lozim, unda jamiyatning shaxsga qo‘yadigan axloqiy talablariga muvofiq keluvchi xulqiy malaka va odatlar hosil qilinadi. Bunga erishish uchun o‘quvchining ongi, hissiyoti va irodasiga ta’sir etib boriladi. Ta’lim-tarbiya jarayoniga o‘qituvchi rahbarlik qiladi. U o‘quvchilarning ta’lim muassasasidagi ta’limiy-tarbiyaviy faoliyatini belgilaydi, ularning ijtimoiy jarayonga faol kirib borishlarini o‘z xohish istaklari bilan tarbiyaviy faoliyatga faol ishtirok etishlari uchun shart- sharoitlar yaratadi. Tarbiyani samarali modellashtirish uchun uning harakatlantiruvchi kuchini, har bir o‘quvchining tarbiya jarayonidagi faoliyatini yaxshi bilish kerak. Buning uchun o‘qituvchi quyidagi holatlarni unutmasligi lozim: tarbiyalanuvchi ruhiyatini puxta bilish; ota-onalar bilan muntazam aloqada bo’lib, ular ishtirokida o‘quvchi bilan tarbiyaviy mazmunda suhbatlar o‘tkazish; o‘quvchining ichki dunyosini, xarakterini bilmasdan u bilan qo‘pol muomalada bo‘lmaslik, sodir etilgan xatoliklarni kechira olish; o‘quvchining qiziqishlarini, uni o‘rab turgan tashqi muhitni doimiy nazorat qilish; o‘quvchini qat’iy kundalik rejimga o‘rgatish va uni kuzatib borish; iste’dodini, qobiliyatini va o‘zi tanlagan kasbga moyilligini e’ti- borga olib uni takomillashtirish; 149 o‘quvchining bola ekanligini, adashishga, ba’zan xatoliklarga yo‘l qo‘yishini unutmaslik, ushbu salbiy holatlarni kechiktirmasdan tuzatib borish. Shaxsni shakllantirish, boshqarish, nazorat xarakteriga ega bo‘lib, bu borada belgilangan vazifalar tasodifiy harakatlar orqali emas, balki oldindan modellashtirilgan va puxta o‘ylangan rejalar asosida belgilanib hal etib boriladi. Tarbiyaviy jarayonni modellashtirishda o‘qituvchi bilimli, raqobatbardosh yetuk kadrlarni tarbiyalash uchun javobgar shaxs ekanligini unutmasligi kerak. Ushbu vazifalar tarbiya texnologiyalari maqsadlaridan kelib chiqib belgilanadi. Mustaqil O‘zbekiston Respublikasida ayni vaqtda yosh avlodni tarbiyalab voyaga etkazish uchun tarbiyaning quyidagi umumiy vazifalarini hal etish o‘qituvchi-tarbiyachi zimmasiga yuklatilgan: - o‘quvchilarni ijtimoiy hayotga tayyorlash, ularda keng dunyoqarashni tarkib toptirish, o‘z shaxsiy turmushiga maqsadli yondashuv, reja va maqsad birligi hissini uyg‘otish; - o‘quvchilar ongini mustaqil davlatchiligimiz siyosatining tub mohiyati mujassamlashgan milliy mafkuramiz va umuminsoniy qadriyatlar, chuqur bilim va tafakkur, keng dunyoqarash bilan boyitib borish; - umuminsoniy axloq me’yorlari (odamiylik, kamtarlik, o‘zaro yordam, mehr muhabbat, muruvvat, adolatli bo‘lish, insonparvarlik, axloqsizlikka nisbatan nafrat va hokazolar)ning mohiyatini anglashiga, muomala odobi, yuksak madaniyatni qaror toptirishga erishish; - o‘quvchilarda huquqiy va axloqiy me’yorlarga hurmat ruhida yondashish hissi va fuqarolik tuyg‘usi, ijtimoiy burchga mas’ullikni qaror toptirish; - tabiatni muhofaza qilish, ekologik muvozanatni yuzaga keltirish borasida mas’uliyat hissini rivojlantirish; - vatanparvarlik tuyg‘usini shakllantirish, o‘zga millat va xalqlarni hurmat qilish, ularning huquq va burchlarini kamsitmaslik tuyg‘usini qaror toptirish; - O‘zbekiston Respublikasining ichki va tashqi siyosatiga to‘g‘ri va xolisona baho berishga o‘rgatish; - insonni oliy qadriyat sifatida qadrlash, rahm-shafqatli bo‘lish,
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada ta’lim-tarbiya jarayonini modellashtirishda pedagogik sinergetikadan foydalanish haqida fikrlar batafsil yoritib berilgan.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada ta’lim-tarbiya jarayonini modellashtirishda pedagogik sinergetikadan foydalanish haqida fikrlar batafsil yoritib berilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- tarbiya, rivojlanish, ong, ta’lim, unversallik, raqobat, iroda., modellashtirish, sinergetika, hissiyot, paradigma
Смежные источники
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025