К содержанию
РецензированоUZ2026

GUMANISTIK PSIXOLOGIYADA O‘ZINI O‘ZI FAOLLASHTIRISH MUAMMOSINING YORITILISHI

Qurbonboyev Azimbek Nazirboy o‘g‘li

Педагогика и психология в современном мире: теоретические и практические исследования · 2026

Аннотация

Mazkur maqolada shaxsning o‘zini o‘zi faollashtirish xususiyatining mazmuni, gumanistik psixologiya yo‘nalishi olimlarining psixologik nazariyalari hamda shaxs hayotida o‘zini o‘zi faollashtirishning ahamiyatli jihatlari keng yoritilgan. Shuningdek, o‘zini o‘zi faollashtirishga erishish yo‘llari va uning inson ehtiyojlari bilan bog‘liqlik jihatlari keltirilgan. Kalit so‘zlar: shaxsning o‘zini o‘zi faollashtirishi, shaxs faolligi, qadriyatlar, o‘zini o‘zi to‘g‘ri baholash, bilishga yo‘nalganlik, ijodkorlikka intilish, ehtiyojlar, o‘z-o‘zini tushunish. Ma’lumki, mamlakatimiz taraqqiyoti va ertangi kunining istiqboli bo‘lg‘usi kadrlar – oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan talabalarning chuqur bilim olishi, tafakkur dunyosining kengligi, mustaqil fikrlash qobiliyatiga bevosita bog‘liqdir. Xususan, bugungi globallashuv davrida o‘quv faoliyatida talabalarning o‘zini o‘zi faollashtirishlari muhim ahamiyat kasb etadigan xususiyat hisoblanadi. Buning boisi shundaki, ular o‘zini o‘zi faollashtirish orqali yangi bilim, ko‘nikma va malakalarga ega bo‘lish bilan bir qatorda, kelajakda katta marralarga erishadi hamda jamiyat taraqqiyotiga ulkan hissa qo‘shishadi. “O‘zini o‘zi faollashtirish” tushunchasi insonda qaror topishi lozim bo‘lgan qandaydir “o‘zlik” mavjudligini nazarda tutadi. Gumanistik psixologiya vakili A.Maslou fikricha, o‘zlik inson hayoti mazmunini tashkil etuvchi shaxsiy mohiyat va qadriyatlar bilan ifodalanadi. Ko‘pincha shunday bo‘ladiki, shaxsning mohiyati va qadriyatlari turmushning u yoki bu tashqi ijtimoiy baholari bilan to‘siladi. Kelgusida kishi tomonidan assimilyasiyalanuvchi o‘zgalar bahosi uning shaxsiy fikriga soya soladi va uni o‘zini o‘zi faollashtirish yo‘lidan chetga uloqtiradi. Shu sababli o‘zini o‘zi faollashtirishga eng birinchi qadam insonning o‘zgalarga emas, balki o‘z bahosi va fikrlariga ishonishga, “o‘z o‘zligining ichki ovoziga quloq tutish”ga qobilligi hisoblanadi [1; 175]. O‘zini o‘zi faollashtirish inson nimani so‘zlayotgani va qanday yo‘l tutayotgani uchun mas’uliyatni nazarda tutadi. A.Maslou ta’kidlaydiki, faoliyat natijalari (oqibati) uchun mas’uliyatni o‘z zimmasiga olish o‘zini o‘zi faollashtirishning muhim sharti hisoblanadi. “Har safar mas’uliyatni o‘z zimmasiga olib, inson o‘z-o‘zini qaror toptiradi”. A.Maslou ta’kidlaydiki, o‘zini o‘zi faollashtirishni anglangan xatti-harakatlar maqsadiga aylantirish mumkin emas. Shaxsning o‘zini o‘zi faollashtirishga intilishi qancha yuqori bo‘lsa, u oliy kechinmalarga qanchalik kuchli intilsa, bu holatlar shunchalik qat’iyat bilan undan qochadi. O‘zini o‘zi faollashtirishning siri shundaki, kishi o‘zida mavjud bo‘lgan g‘ayratini sevimli ishiga bag‘ishlasa, ko‘ngilli bajarilgan ishdan g‘ururlanish o‘zini o‘zi faollashtirishning lahzali holatiga aylanadi. O‘zini o‘zi faollashtirishning muhim sharti o‘z shaxsining kuchli va zaif tomonlarini anglashning yuqori darajasi va psixologik himoyalardan voz kechishga tayyorlik sanaladi. Faqat shu sharoitdagina inson o‘z vazifasini to‘g‘ri anglashi va uni o‘zini o‘zi faollashtirishga olib boruvchi yo‘lga aylantirishi mumkin [1; 177]. 10 A.Maslou bo‘yicha, o‘zini o‘zi faollashtirish – bu insonning o‘zi xohlagan va bo‘lishi mumkin bo‘lgan shaxsga aylanishi. O‘zini o‘zi faollashtirish – bu shaxsning iste’dod va qobiliyatlarini to‘laligicha namoyon etish; bu shaxsning yashirin ijodiy imkoniyatlarini yuzaga chiqarishidir. Ta’kidlash joizki, har bir inson qobiliyat va iste’dodga ega. O‘zini o‘zi faollashtirgan shaxslar mavjud, ularning xususiyatlari quyidagilar bilan belgilanadi: - o‘zining yashirin ijodiy imkoniyatini ro‘yobga chiqarishga intilish; - ezgulik; - falsafiy do‘stona hazil-mutoyiba hissi; - o‘zini o‘zi to‘g‘ri baholash; - tashqi kechinmalar tajribasi. O‘zini o‘zi faollashtirishga erishish yo‘llari: 1. O‘ziga va o‘z-o‘zini bilishga befarq bo‘lmaslik. 2. O‘zining ichki olami bilan “o‘z-o‘zini sozlay olish”; o‘zini o‘zi boshqarishga qobillik – o‘zini o‘zi boshqara bilish. 3. Hayot yo‘lini to‘g‘ri tanlay olish. 4. O‘z hayot yo‘li uchun, o‘zining tabiiy shakllanishi uchun mas’uliyatni zimmasiga ola bilish. 5. O‘zini o‘zi faollashtirishga dunyoqarash, hayot tarzi sifatida munosabat bildirish. O‘zini o‘zi faollashtirish – bu insonning o‘zi ichki imkoniyatlarini amalga oshirish yo‘lida o‘z ustida doimiy ishlashidir. Maslou bo‘yicha ehtiyojlar tuzilmasi quyidagilarda aks etadi: 1. Maslou ehtiyojlarning tadrijiy ketma-ketlik hosil qiluvchi 5 asosiy guruhini ajratib ko‘rsatgan: 2. Hayotni ta’minlash (ovqatlanish, uyqu, jinsiy munosabat, moddiy ta’minlanish). 3. Xavfsizlikka ehtiyoj (ertangi kunga ishonch, ijtimoiy himoyalanganlik). 4. Ijtimoiy muloqotga ehtiyoj (mehr-muhabbat, do‘stlik, biror guruhga dahldorlik). 5. E’tirofga ehtiyoj (atrofdagilar tomonidan hurmatga loyiq deb topilish va o‘zini o‘zi hurmat qilish). 6. O‘zini o‘zi faollashtirish ehtiyoji. 1-4 guruh ehtiyojlari to‘liq qondirilishi mumkin bo‘lgan ehtiyojlardir. 5-ehtiyoj – inson o‘z ichki imkoniyatini uzoq vaqt davomida amalga

Доказательный фрагмент

«Mazkur maqolada shaxsning o‘zini o‘zi faollashtirish xususiyatining mazmuni, gumanistik psixologiya yo‘nalishi olimlarining psixologik nazariyalari hamda shaxs hayotida o‘zini o‘zi faollashtirishning ahamiyatli jihatl…»

Образец извлечения

Демо-превью

Mazkur maqolada shaxsning o‘zini o‘zi faollashtirish xususiyatining mazmuni, gumanistik psixologiya yo‘nalishi olimlarining psixologik nazariyalari hamda shaxs hayotida o‘zini o‘zi faollashtirishning ahamiyatli jihatl… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
o‘z-o‘zini tushunish., bilishga yo‘nalganlik, ehtiyojlar, shaxs faolligi, qadriyatlar, ijodkorlikka intilish, shaxsning o‘zini o‘zi faollashtirishi, o‘zini o‘zi to‘g‘ri baholash
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники