Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
“SAMOVIY HARAKATLAR VA UMUMIY ILMI NUJUM KITOBI” NING ILMIY AHAMIYATI
Elamanova Dildora Sur’at qizi
Педагогика и психология в современном мире: теоретические и практические исследования · 2026
Аннотация
Mazkur maqola buyuk olim va astronom Ahmad al-Farg‘oniyning “Samoviy harakatlar va umumiy ilmi nujum kitobi” asarining mazmuni va ilmiy ahamiyatini tahlil qiladi. Kitobda koinot, samoviy jismlar harakati, astronomik kuzatish usullari va qadimgi ilmiy an’analarning umumiy tahlili keltirilgan. Ushbu maqola orqali asarning o‘rta asr faniga qo‘shgan hissasi va zamonaviy astronomiya haqida batafsil fikrlar yoritib berilgan. Kalit so‘zlar: Samoviy harakatlar, astronomiya, ilmi nujum, o‘rta asr fani, astronomik kuzatish, ilmiy meros, konikma. Ahmad al-Fargʻoniy astronomiya, matematika, geografiya va boshqa ilmiy yoʻnalishlarda faoliyat koʻrsatgan oʻzbek qomusiy olimi. Sharqda Al-Fargʻoniy, Yevropada Alfraganus taxalluslari bilan mashhur. Uning hayoti va ilmiy faoliyati toʻgʻrisida juda oz maʼlumotlar yetib kelgan. Yozma manbalarda qayd etilishicha, Al-Fargʻoniy ilk oʻrta asr falakiyot, riyoziyot va geografiya ilmlari yoʻnalishida bir qancha ilmiy va amaliy asarlar yozib qoldirgan. Uning asosiy astronomik asari - „Kitob al-harakot as-samoviya va javomi ilm an-nujum’’. Uning „Astronomiya asoslari haqidagi kitob“ asaridan bir necha asrlar davomida Yevropa universitetlarida astronomiya fani boʻyicha asosiy darslik sifatida foydalanilgan, chunki bu kitob zamonasidagi astronomiya haqidagi eng muhim va zarur boʻlgan bilimlarni oʻz ichiga olgan. Uning geografiyaga oid boʻlimi Yer yuzidagi mamlakatlar va shaharlar haqidagi eng boshlangʻich va zaruriy bilimlarga bagʻishlangan boʻlib, „Yerdagi maʼlum mamlakatlar va shaharlarning nomlari va har bir iqlimdagi hodisalar haqida“ deb ataladi. Asarda falakiyot va geografiya ilmlarining asosiy mazmuni, vazifalari va qismlari tushunarli dalillar asosida sodda qilib bayon etiladi. Xususan, Yerning dumaloqligi, bir xil osmon yoritqichlarining turli vaqtda koʻtarilishi, tutilishi va bu tutilishning har bir joydan turlicha koʻrinishi, masofalar oʻzgarishi bilan ularning koʻrinishi oʻzgarishi haqida qimmatli mulohazalar bildiriladi. Umuman Al-Fargʻoniyning „Astronomiya asoslari haqidagi kitob“ asari oʻrta asr musulmon Sharqi mamlakatlaridagi, soʻng Ispaniya orqali Yevropa mamlakatlaridagi astronomiya ilmining rivojini boshlab berdi. Qadimiy yunon ilmi, jumladan, astronomik ilmlar ham birinchi bor arabchadan tarjima qilingan risolalar orqali maʼlum boʻldi. Yevropa Uygʻonish davrining mashhur olimi Regiomontan XV asrda Avstriya va Italiya universitetlarida astronomiyaga doir maʼruzalarini Al-Fargʻoniy asarlari asosida oʻqigan. Al- Fargʻoniy nomi Dante va Shiller tomonidan tilga olinadi. Yevropa olimlaridan Dalamber, Brokelman, X. Zuter, I. Yu. Krachkovskiy, A. P. Yushkevich, A. Rozenfeldlar Al-Fargʻoniyning ijodiga va qoldirgan ilmiy merosiga yuqori baho bergan. Ahmad al-Fargʻoniyning boy ilmiy merosini chuqur oʻrganish Oʻzbekistonda mustaqillikdan keyin boshlandi. 1998-yil Al-Fargʻoniyning 1200-yilligi xalqaro miqyosda keng nishonlandi. 17 Fargʻona shahrida Al-Fargʻoniy nomi bilan ataladigan istirohat bogʻi va qadimiy Quva shahrida Al- Fargʻoniy haykali oʻrnatildi. YUNESKO ning 1998-yildagi tadbirlari, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining „Ahmad al-Fargʻoniy tavalludining 1200-yilligini nishonlash toʻgʻrisida“gi qarori 1997-yil 27-noyabrga koʻra alloma hayoti va ijodiga bagʻishlangan ilmiy anjumanlar, badiiy koʻrgazmalar oʻtkazildi, yangi kitoblar nashr etildi, spektakllar (dramaturg Hayitmat Rasulning „Piri koinot“, Yoʻldosh Sulaymonning „Fargʻona farzandi“, Nurulloxon hoji Abdulloh oʻgʻli „Bashar allomasi“) sahnalashtirildi, filmlar suratga olindi. Oydagi 20 kmli yirik kraterlardan biriga Ahmad al-Fargʻoniy nomi berilgan. Fargʻona shahridagi maydon, koʻcha, maktablarning biriga Al-Fargʻoniy nomi berilgan. Shuni aytish joizki, uning ilmiy ishlari ko‘plab fan sohalariga katta hissa qo‘shgan. “Samoviy harakatlar va umumiy ilmi nujum kitobi” Ahmad al-Fargʻoniy ning koinot, samoviy jismlar harakati va astronomik kuzatishlarga bag‘ishlangan muhim asarlaridan biridir. Ushbu maqolada kitobning mazmuni, metodologiyasi va ilmiy ahamiyati tahlil qilinadi. Ahmad al-Fargʻoniy o‘z asarida yulduzlar, sayyoralar, Oy va Quyoshning harakati haqida ilmiy tahlillarni keltirib o‘tadi. U o‘sha davrda mavjud bo‘lgan yunon, hind va arab astronomik bilimlarini umumlashtirgan. Ahmad al-Fargʻoniy turli astronomik hodisalarni kuzatish usullarini batafsil bayon qiladi. U o‘sha davrdagi ilg‘or qurilmalar yordamida aniqlik bilan hisob-kitoblar olib borgan. Ahmad al-Fargʻoniy ilmiy metodologiyani qo‘llab, kuzatuv va dalillarga asoslangan yondashuvni qo‘llaydi. Bu esa uni o‘z davrining boshqa olimlaridan ajratib turadi. ,,Samoviy harakatlar va umumiy ilmi nujum’’ astronomik kitob XII – XIII asrlarda Yevropada lotin tiliga ikki marta, Yevropa davlatlari tillariga bir necha marotaba tarjima qilinib universitetlarda astronomiyadan asosiy darslik sifatida qo‘llanilgan. 1669 yili mashhur Golland matematigi va arabshunosi Yakob Golius al-Farg‘oniy asari arabcha matnini qayta va yangilangan lotincha tarjimasi bilan
Доказательный фрагмент
«Mazkur maqola buyuk olim va astronom Ahmad al-Farg‘oniyning “Samoviy harakatlar va umumiy ilmi nujum kitobi” asarining mazmuni va ilmiy ahamiyatini tahlil qiladi.»
Образец извлечения
Демо-превьюMazkur maqola buyuk olim va astronom Ahmad al-Farg‘oniyning “Samoviy harakatlar va umumiy ilmi nujum kitobi” asarining mazmuni va ilmiy ahamiyatini tahlil qiladi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- konikma., astronomik kuzatish, o‘rta asr fani, Samoviy harakatlar, ilmiy meros, astronomiya, ilmi nujum
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025
МонографииK.J.Murodov2026