К содержанию
РецензированоEN2026

MATEMATIKA DARSLARIDA YOSHLARNI INTELLEKTUAL IJODIY QOBILIYATLARINI SHAKLLANTIRISHDAGI USULLARI

QOBILIYATLARINI SHAKLLANTIRISHDAGI USULLARI · Tursunova Xursanoy Azamjonovna · Boboyeva Ziyodaxon Maxamadjon qizi (University of Business and Science nodavlat oliy ta’lim muassasasi)

Педагогика и психология в современном мире: теоретические и практические исследования · 03 · 66-71 · 2026

Аннотация

through this article, the subject of mathematics was thoroughly covered about the practical and theoretical foundations of the advantages of methods used in the development of intellectual creative abilities of future educators. Key words: intellectual, formula, mathematics, abilities, activity, problem, solution, cognitive, thought, knowledge, technology, progress, development, education. Bugungi kunda inson xayotini matematikasiz tasavvur etib bo’lmaydi. Matematika – bu nafaqat fan, balki tafakkur uslubi hamdir. U inson xayotining barcha sohalarida muhim o’rin tutadi. Matematika mantiqiy fikrlashni shakllantiradi va masalalarni tahlil qilish qobiliyatini oshiradi. Qarorlar qabul qilishda, turli imkoniyatlarni baholashda yordam beradi. Yurtimiz ravnaqi uchun matematik bilimlarni va ijodiy fikrlashni rivojlantirishning juda katta foydalari bor. Matematika fanining o‘qitilishi, yoshlarning intellektual va ijodiy qobiliyatlarini shakllantirish nafaqat individual rivojlanish uchun, balki mamlakatimizning ijtimoiy va iqtisodiy taraqqiyotiga ham hissa qo‘shadi. Matematika fanining ahamiyati nafaqat ilmiy bilimlarni o‘zlashtirish, balki yoshlarning intellektual va ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishda ham katta rol o‘ynaydi. Matematika - bu faqat raqamlar va formulalar bilan ishlash emas, balki tizimli fikrlash, mantiqiy xulosa chiqarish va kreativ yondashuvlarni o‘rganishdir. Mazkur maqolada matematika darslarida yoshlarda intellektual va ijodiy qobiliyatlarni shakllantirishning samarali usullari haqida so‘z yuritiladi. Quyidagi jihatlar yurtimiz rivoji uchun muhim ahamiyatga ega: 27 Matematik tushunchalarga keng qarash Masalalarni turli Qo'shimcha usullar bilan faoliyatlar va yechish muhokamalar Matematika fanlarida yoshlarning Kognitiv va ijodiy ijodiy qobiliyatlarini Matematikani muammolarni shakllantirish usullari kundalik xayotga echish boglash Fikrlashni va Muammoli izlanishni organish usuli ragbatlantirish Matematika va ilmiy izlanishlar nafaqat ta’lim sohasida, balki iqtisodiyotda ham muhim ahamiyatga ega. Matematik bilimlarga ega bo‘lgan yoshlar muhandislik, texnologiya, dasturlash va informatika sohalarida samarali ishlay olishadi. Bu esa iqtisodiy o‘sishni, yangi texnologiyalarni yaratishni va ishlab chiqarishni yaxshilashni ta’minlaydi. Shuningdek, matematik yondashuvlarni ijodiy tarzda qo‘llash muhandislik, sanoat va ilm-fan sohalaridagi innovatsiyalarni tezlashtiradi. - Matematika darslarida intellektual va ijodiy qobiliyatlarni rivojlantirish o‘quvchilarni muammolarni tahlil qilish, yechim topish va turli holatlarda qarorlar qabul qilishga o‘rgatadi. Bu ko‘nikmalar nafaqat ilmiy, balki kundalik hayotda ham qo‘llanilishi mumkin. Yurtimizda yoshlarni muammolarni samarali hal qilishga o‘rgatish, jamiyatdagi murakkab masalalarga yondashuvni yangilash va yaxshilashda yordam beradi. -Yoshlar orasida intellektual qobiliyatlarni rivojlantirish, yurtimizning ilmiy, texnik va ma’naviy sohalarida yangi kadrlarni yetishtirishga olib keladi. Matematik bilimlar yoshlarni analitik va tanqidiy fikrlashga o‘rgatib, ularning bilimlarini yuqori darajaga olib chiqadi. Bu esa ilm-fan va texnologiyaning rivojlanishiga hissa qo‘shadi, shu bilan birga, yangi kashfiyotlar va ixtirolarga erishishni osonlashtiradi. - Matematika fanini chuqur o‘rganish, o‘quvchilarga raqobatbardosh bo‘lish imkoniyatini beradi. Raqobat muhitida o‘sadigan yoshlar innovatsiyalarni amalga oshirishda, ilm-fan va sanoat sohalarida muvaffaqiyatga erishishda o‘zlariga katta imkoniyat yaratadilar. Raqobatbardosh kadrlar esa yurtimiz iqtisodiyotiga va jamiyatiga katta foyda keltiradi. - Yurtimizning global rivojlanishdagi o‘rni, ilmiy va texnologik taraqqiyotga qo‘shilayotgan hissasiga bevosita bog‘liq. Matematika va boshqa aniq fanlar sohasida yetuk mutaxassislar ishlab chiqarish, mamlakatimizning dunyo miqyosidagi mavqeini oshiradi. Shuningdek, matematik bilimlar bilan ta’minlangan yoshlarning ilmiy faoliyatlari xalqaro miqyosda e’tirof etiladi, bu esa mamlakatimizni global ilmiy hamjamiyatda tanitishga yordam beradi. Matematika va intellektual ijodiy qobiliyatlarni rivojlantirish, yoshlarning ilmiy va texnik sohalarda chuqur bilimga ega bo‘lishini ta’minlaydi. Bu esa mamlakatimizning iqtisodiy va ijtimoiy taraqqiyotiga, yangi innovatsiyalarni yaratishga, global raqobatga kirishish imkoniyatlarini oshiradi. Yoshlar orasida mantiqiy fikrlash, ijodiy yondashuv va muammolarni hal qilish ko‘nikmalarini rivojlantirish yurtimizning kelajakdagi rivojiga katta hissa qo‘shadi. 28 Matematikada yoshlarning ijodiy qobiliyatlarini shakllantirishning boshlang‘ich yo‘nalishlaridan biri – ularga to‘liq va teran tushunchalarni taqdim etishdir. Masalan, geometriyada ob’ektlarning turli xil ko‘rinishlarini aniq va mukammal tushunish, algebraik yondashuvlar orqali muammolarni hal etish yoshlarda analitik fikrlashni rivojlantiradi. Bu holatlar ularni mustaqil fikrlashga, yangi yo‘llar bilan muammolarni yechishga undaydi. Yoshlarning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantiri

Доказательный фрагмент

«through this article, the subject of mathematics was thoroughly covered about the practical and theoretical foundations of the advantages of methods used in the development of intellectual creative abilities of future…»

Образец извлечения

Демо-превью

through this article, the subject of mathematics was thoroughly covered about the practical and theoretical foundations of the advantages of methods used in the development of intellectual creative abilities of future… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
intellectual, formula, mathematics, abilities, activity, problem, solution, masala, rivojlanish, intellektual, taraqqiyot, bilim, texnologiya, matematika, kognitiv, ta’lim., fikr, faoliyat, yechim, qobiliyat
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники