К содержанию
РецензированоUZ2026

FAROVON HAYOT TUSHUNCHASINING INSON HAYOTIDAGI IJTIMOIY AHAMIYATI VA ME’ZONLARI

AHAMIYATI VA ME’ZONLARI · XASANOV RAJABBOY TO’XSANOVICH

Общественные науки в современном мире: теоретические и практические исследования · 2026

Аннотация

Ushbu maqolada farovon hayot tushunchasi mazmun-mohiyati, mezonlari va ijtimoiy ahamiyati ochib beriladi, Maqola orqali farovon hayot tushunchasining rivojlanishiga ta'sir etuvchi omillar, shuningdek, bu tushunchaning jamiyatning ijtimoiy barqarorlik va adolatga bo‘lgan ahamiyati ko‘rib chiqiladi. Kalit so’zlar:Farovon hayot, me’zon, ijtimoiy barqarorlik, iqtisodiy barqarorlik, ijtimoiy adolat, madaniy rivojlanish, ekalogik barqarorlik, ma’naviy barqarorlik. Farovon hayot tushunchasi insoniyat tarixining qadimiy davrlaridan boshlab, dolzarb mavzu bo‘lib kelgan. Bu atama nafaqat individual, balki jamiyatning rivojlanishi bilan chambarchas bog‘liqdir. Farovonlik -bu shaxsning yoki jamiyatning yashash sifati, undan bahramand bo‘lish imkoniyatlari, barqaror iqtisodiy, ijtimoiy va ma'naviy rivojlanish darajasi bilan o‘lchanadi. Bugungi kunda farovon hayot faqat moddiy farovonlikka asoslanib qolmay, balki insonning ma'naviy va ruhiy ehtiyojlarini qondirishda ham alohida ahamiyat kasb etmoqda. Shuning uchun, farovon hayot mazmuni keng va murakkab bo‘lib, uning shakllanishi ko‘plab ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy omillarga bog‘liqdir. Farovon hayotning asosiy mezonlari xususida to’xtaladigan bo’lsak ularni quyidagicha bo’lish mumkin; -iqtisodiy barqarorlik, ta'lim, sog‘liqni saqlash, ijtimoiy tenglik, ekologik barqarorlik va ma'naviy qadriyatlardir. Yuqoridagi farovon hayot me’zonlari har bir insonning shaxsiy rivojlanishiga va jamiyatda o‘z o‘rnini topishiga xizmat qiladi. Bularning barchasi farovon hayotning har bir qatlamda muvaffaqiyatli amalga oshirilishini ta'minlaydi. Farovon hayotga erishish nafaqat shaxsiy baxtni, balki jamiyatdagi umumiy rivojlanishni ta'minlash uchun zarur bo‘lgan sharoitlarni yaratadi. Shu sababli, farovonlikni amalga oshirishda barcha sohalarda bilim, iqtidor, salohiyat uyg‘unligi va barqarorligi muhim ahamiyatga ega. Farovon hayot tushunchasi, mazmun-mohiyati, inson va uning jamiyatdagi o‘rni haqida ilmiy adabiyotlarda ko‘plab tadqiqotlar mavjud bo’lib xorij olimlari tomonidan turli qarashlar va nazariyalar mavjud bo’lib, o’z davriga nisabat tahllarga egadir. Masalan asli hindistonlik boʻlgan amerikalik olim Amartya Sen "Development as Freedom" asarida farovonlikni faqat iqtisodiy ko‘rsatkichlar bilan o‘lchashni rad etadi va uning o‘rniga farovonlikni insonlarning erkinlik darajasi bilan bog‘laydi. Shuningdek u inson uchun farovon hayot –bu imkoniyatlar va resurslarga teng kirish huquqi, o‘zini ifodalash erkinligi, shuningdek, shaxsiy rivojlanish uchun zarur bo‘lgan resurslarga erishishdir. U farovonlikni faqat boylik yoki daromad bilan cheklanmay, balki jamiyatning umumiy rivojlanishini o‘z ichiga olgan tushuncha sifatida tavsiflaydi. Yana bir amerikalik olim Martha Nussbaum "Women and Human Development" asarida, Senning imkoniyatlar nazariyasiga asoslanib, farovon hayotni o‘rganishda ma'naviy va ijtimoiy qadriyatlarni hisobga olish zarurligini ta'kidlaydi. Nussbaum uchun farovon hayotning mezonlari nafaqat iqtisodiy omillar, balki insonning ma'naviy ehtiyojlari, shaxsiy rivojlanish va sog‘lom turmush tarzining ta'minlanishi ham muhim ahamiyatga ega. U, 16 shuningdek, farovon hayotning asosiy omillari sifatida sog‘liqni, ta'limni, xavfsizlikni, ijtimoiy tenglikni va ma'naviy erkinlikni ko‘rsatadi. Xulq-atvor iqtisodiyoti sohasiga qoʻshgan hissasi uchun 2017-yilgi iqtisodiyot boʻyicha Alfred Nobel mukofoti laureate amerikalik olim Richard Layard esa o’zining "Happiness: Lessons from a New Science" asarida baxt va farovonlikni o‘rganishga alohida e'tibor qaratadi. Layardning fikricha, farovonlikni faqat moddiy farovonlik bilan o‘lchash noto‘g‘ri, chunki insonlarning haqiqiy farovonligi ularga berilgan imkoniyatlar, ijtimoiy munosabatlar va ularning ruhiy salomatligi bilan bog‘liqdir. U, shuningdek, jamiyatdagi baxtni o‘lchashda ijtimoiy tenglik va adolatning muhimligini ta'kidlaydi. Albatta, yuqoridagi fikrlardan shuni anglash mumkinki farovonlik va uning mezonlari xususda fikrlar qarashlar turlixil farovon hayotning jihatlarini, masalan, iqtisodiy barqarorlik, ijtimoiy tenglik, ta'lim va sog‘liqni saqlashni, shuningdek, farovonlikni ta'minlash uchun zarur sharoitlarni o‘rganishga qaratilganligini aytib o’tish mumkin. Birgina ijtimoiy falsafada ham yoinki boshqa sohalarda ham farovonlik o’zi ham asosiy mezon sanaladi desak yanglishmagan bo’lamiz. Olib borilgan tadqiqotlar natijalari farovon hayotning mazmuni, mezonlari va jamiyatdagi ijtimoiy ahamiyatini chuqurroq tushunishga imkon berdi. Tadqiqotlar ikki asosiy yo‘nalishda olib borildi: birinchisi, farovon hayotning umumiy tushunchasi va mezonlarini aniqlash, ikkinchisi esa, farovon hayotning jamiyatdagi ijtimoiy ahamiyatini o‘rganish. Shuni alohida ta’kidlash kerakki farovon hayotning mazmuni keng tushuncha bo’lib, u faqat iqtisodiy yoki moddiy ko‘rsatkichlar bilan o‘lchanmasligi, balki ma'naviy, ijtimoiy va ekologik jihatlar ham muhim ahamiyatga ega ekanligi ta'kidlansh o’rinlidir. Ma'lum bo‘lishicha, farovonlikning asosiy mezonlari

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada farovon hayot tushunchasi mazmun-mohiyati, mezonlari va ijtimoiy ahamiyati ochib beriladi, Maqola orqali farovon hayot tushunchasining rivojlanishiga ta'sir etuvchi omillar, shuningdek, bu tushunchaning…»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada farovon hayot tushunchasi mazmun-mohiyati, mezonlari va ijtimoiy ahamiyati ochib beriladi, Maqola orqali farovon hayot tushunchasining rivojlanishiga ta'sir etuvchi omillar, shuningdek, bu tushunchaning… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
iqtisodiy barqarorlik, Farovon hayot, me’zon, ijtimoiy barqarorlik, madaniy rivojlanish, ijtimoiy adolat, ma’naviy barqarorlik., ekalogik barqarorlik
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники