The American Journal of Social Science and Education Innovations+ Karimov Husan Muminbekovich, Jour nal Website:2021
ANVAR OBIDJONNING HAJVIY SHE’RLARI XUSUSIDA MULOHAZALAR
Mamatalimov Zafar Mamaraimovich
Общественные науки в современном мире: теоретические и практические исследования · 2026
Аннотация
В данной статье автор на примере юмористических стихотворений известного детского поэта Анвара Обиджона высказывает свои мысли о мастерстве поэта в создании образов и неповторимости его юмористических газелей. Kalit soʻzlar: hajviy tip, voqeaband gʻazal, badiiy mistifikatsiya, xronologik tasvirlash uslubi, nazira, she’rlar evolyutsiyasi, ijodiy labororiya, alliteratsiya, irsoli masal, shir-u shakar, chiston, modern she’riyat Ключевые слова: юмористический тип, событийный газель, художественная мистификatsiя, метод хронологического изображения, назира (газель, написанная следуя ранее созданной), эволюция стихотворений, творческая лаборатория, аллитерatsiя, ирсоли масал (приведения в газели пословиц), ширу шакар (стихотворение, строки каторого написаны на разных языках чередованием), чистон (стихотворение-головоломка), модернисткая поэзия. Adabiyotshunos olim A.Rasulov “Ijodiy oʻzlik sari” kitobida XIX asr oxiri XX asr boshlarida yaratilgan hajviy obrazlar haqida gapira turib, “XX asr ikkinchi yarmi she’riyatida yana ikkita yorqin hajviy tip yaratildi. Biri–Matmusa (Erkin Vohidov), ikkinchisi–Gulmat (Anvar Obidjon)”,–deb yozadi. Qahramon shoirimiz Erkin Vohidovning “Donishqishloq latifalari” turkumini oʻqimagan, Matmusaning koʻz koʻrib, quloq eshitmagan hangomalaridan qotib-qotib kulmagan oʻzbek boʻlmasa kerak. Shu ma’noda donishqishloqlik Matmusa oʻzbek kitobxoniga qanchalik suyumli boʻlsa, oltiariqliklik Gulmat ham shu qadar ardoqlidir. Hajviy qahramon yaratish, uni tip darajasiga koʻtarish masalasi ijodkordan katta mahorat talab etishini hammamiz yaxshi bilamiz. Biz maqola mavzusidan kelib chiqqan holda usta Gulmatni adabiyotshunoslar “yorqin hajviy tip” deya baholashlarining sabablarini izlashga harakat qilib koʻramiz. “Dastlabki she’rlarimni oʻsha otin oyilardan eshitgan Mashrab gʻazallari radiflariga taqlidan bitganman”, – deya xotirlaydi Anvar Obidjon ijodining dastlabki pallalari haqida. Demakki, usta Gulmat turkumidagi she’rlar yaratilishiga turtki boʻlgan omillarni mana shu murgʻak tasavvurlardan izlash kerakka oʻxshaydi. Oybek, Gʻafur Gʻulom… kabi ijodkorlarimiz biror yirikroq janrdagi ijod namunalarini yoki she’riy toʻplamini elga taqdim etishdan oldin kitobxonlar koʻngliga sayohat qilish, oʻquvchi munosabatini bilish maqsadida hikoya, yoki kichikroq she’riy asar shaklidagi asarlarini e’lon qilganlari ma’lum. Shu ma’noda A.Obidjon ham “Bezgakshamol” toʻplami orqali turkum gʻazallarini xalqimiz hukmiga havola etishdan avval “Ketmagil” deb nomlangan ilk toʻplamida dastlabki hajviy gʻazallarini e’lon qildi. Toʻplamga “Anvar” taxallusida yozilgan uch gʻazal kiritilgan. Har uchalasi hazaji musammani solim vaznida yozilgan “Kerak boʻlsin”, “Nasib 10 boʻlsa”, “Yalintirgay” radifli gʻazallar oʻta kamtarinlik bilan “gʻazal shaklidagi she’rlar” deb nomlangan boʻlsa ham, shakl va badiiyat jihatidan mukammal gʻazallar ekanligi koʻrinib turibdi. Nishona asari xalqimiz tomonidan xush qabul qilinganidan ruhlangan shoir usta Gulmat turkumida she’rlarni “Bezgakshamol”, “Akang qaragʻay Gulmat”, “Alamazon va Gulmat hangomasi”, “Alamazon va Gulmat” toʻplamlari orqali ketma-ket e’lon qila boshladi. Bu asarlar hozirgacha adabiyotimiz jonkuyarlari tomonidan munosib baholanib kelinmoqda. Shoirning ilk hajviy toʻplami boʻlmish “Bezgakshamol”ga jamlangan gʻazal, ruboiy, tuyuq, fard, muxammas, mustazod janridagi she’rlari qayta ishlanib, sayqallanib, “Akang qaragʻay Gulmat”, “Alamazon va Gulmat”, “Alamazon va Gulmat hangomasi” kabi toʻplamlariga kiritilganiga guvoh boʻlish mumkin. Agar “Bezgakshamol” dagi gʻazallar shoirning Gulmat, Gulmatiy taxalluslari bilan ijod qilganligini koʻrsatsa, keyingi toʻplamlarda badiiy mistifikatsiyaga keng oʻrin beriladi. Ma’lumki, koʻpgina ilmiy adabiyotlarda mistifikatsiyaga “asarda muayyan maqsaddan kelib chiqib, hodisaga sirli tus berish, yoʻq narsani bor deb oʻquvchini ishontirish” yoki “pinhoniylik, sehrgarlikka yoʻgʻrilgan voqealar turtki boʻlib, dastlab topib olingan, songʻra yoʻqotilgan qoʻlyozma hamda bu haqdagi hikoyani ravnaq toptiruvchi oʻrta asrga xos xronologik tasvirlash uslubi” deb ta’rif beriladi. Bu uslub shoir Gulmat qalamiga mansub devon, olimlikka ashaddiy ishqiboz Burundor Tusmoliyning hali tasdiqlanmagan ilmiy ishi, mulla Akobirning kundaliklari, hattoki Gulmatiy she’rlarining tiklangan yillarining berilishi, izoh ma’nosidagi tagmatnlar voqealarga sirli tus berishda muhim vosita boʻlib xizmat qilgan. Usta Gulmat tilidan aytilgan she’rlar jamlanib, mumtoz adabiyotimizda boʻlgani kabi maxsus muqaddima yoki xotima yozilmagan boʻlsa-da, gʻazal, raqam 1 ning “Shoiringni yoʻlga boshla yamoq tushgan choriqqinam” misrasi bilan boshlanishi oʻquvchilarda gʻazal mulkiga sayohat ruhini paydo qiladi. Raqam qoʻyilmasdan “gʻazal raqam soʻgʻingʻidin oldingʻi”, “gʻazal raqam soʻgʻingʻi” deya izoh berilgan gʻazallar xotimalovchi gʻazallardir. “Devon” da mustaqil gʻazallar salmoqli oʻrin tutadi. Navoiy, Bobur, Mashrab, Muqimiy, Zavqiy gʻazallariga nazira tarzida bitilgan gʻazallar ham ta
Доказательный фрагмент
«В данной статье автор на примере юмористических стихотворений известного детского поэта Анвара Обиджона высказывает свои мысли о мастерстве поэта в создании образов и неповторимости его юмористических газелей.»
Образец извлечения
Демо-превьюВ данной статье автор на примере юмористических стихотворений известного детского поэта Анвара Обиджона высказывает свои мысли о мастерстве поэта в создании образов и неповторимости его юмористических газелей. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- юмористический тип, событийный газель, художественная, alliteratsiya, badiiy mistifikatsiya, voqeaband gʻazal, ijodiy labororiya, modern she’riyat, xronologik tasvirlash uslubi, shir-u shakar, irsoli masal, nazira, chiston, she’rlar evolyutsiyasi, hajviy tip
Смежные источники
Медицина и инновацииМ Сабиров, О Скосырева +12021
ЖУРНАЛ ПРАВОВЫХ ИССЛЕДОВАНИЙСуванов Сардор Бахадирович2026
Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025