К содержанию
РецензированоUZ2026

YANGI O‘ZBEKISTONDA O‘G‘IL BOLA TARBIYASI TIZIMINI TAKOMILLASHTIRISHDA MILLIY TARBIYANI EGALLANISHI

Xojiqulov Naimjon Raimovich

Общественные науки в современном мире: теоретические и практические исследования · 1 · 2026

Аннотация

Bu maqolada o‘g‘il bola tarbiyasida milliy tarbiyaning egallanishi, qadriyat va an’analarning o‘rni, farzand tarbiyasida ota-onaning vazifalari, tarbiyani rivojlantirishga ijtimoiy mazmunning falsafiy asoslanishi bo‘yicha pedagog, psixolog, falsafiy olimlarning ilmiy qarashlari keltirilib, ularga shaxsiy munosabat bildirilgan. Kalit so‘zlar: milliy tarbiya, ta’lim va tarbiya uyg‘unligi, ijtimoiy madaniylashuv, o‘g‘il bola tarbiyasi, pand-nasihat, urf-odatlar, an’analar, aksiologik, falsafiy qarashlar tahlili. Bolaga tarbiya berishda ko‘plab omillar qatori oiladagi hayot va ijtimoiy munosabatlar muvozanatini ta’minlash muhim.Tadqiqotchi Sh.Amirxo‘jayevning fikricha, “dunyo ilm-fani taraqqiyotida oila ma’naviy madaniyatning asosi, shaxs ijtimoiy madaniylashuvining ijobiy kechishini ta’minlovchi muhit hamda qadriyatlar va an’analarni ifoda etuvchi maskan sifatida o‘rganiladi. Oilagina jamiyatni konstant holatda saqlab qoladi, oila inson ongida boshqa qadriyatlar o‘rtasida yetakchi o‘rinni egallab, shaxsiy hayot va ijtimoiy munosabatlar orasidagi muvozanatni ta’minlaydi. Bugungi sharoitda oila o‘z rivojlanishining qiyin, noaniq davrini boshdan kechirmoqdaki, bu bir tomondan, ijtimoiy-iqtisodiy omillar ta’siri ostida, ikkinchi tomondan, oilada sodir bo‘layotgan ichki jarayonlar ta’siri ostida sodir bo‘lmoqda hamda bunday o‘zgarishlar shaxs, jamiyat va davlat hayotidagi jarayonlarga ta’sir etadi”1. “Qolaversa, ma’naviy yetuk oila – ma’naviy yuksak jamiyat tayanchidir. Oila – urf-odatlar, shajara, an’analar, axloqiy-ma’naviy qadriyatlarni farzandlar ongiga singdirish, har bir oila a’zosini kasb-hunar malakalari bilan qurollantirish ma’naviy barkamollikni tarbiyalashning asosidir”2. Oilaviy tarbiyaviy jarayonida o‘g‘il bola shaxsida yangi sifat va fazilatlar mujassamlashib, xulqi hamda ko‘rinishida ifodalanadi. Agarda, ijtimoiy rollarni bajarish davomida har bir inson tarbiyaviy faoliyat bilan shug‘ullanib, bobo, buvi, ota, ona, aka, opa, qaynona, qaynota, ustoz, qo‘shni yoki yaqin qarindosh kabi maqyelarda amal qilishini inobatga olsak, bu jarayonga har bir xalq tarixiy tajribasidan kelib chiqqan holda munosabatda bo‘lishi mumkinki, uni mental xususiyat deb ko‘rsatish mumkin. O‘g‘il bola kamolotini ta’minlash teologik, falsafiy, psixologik, etnografik, tibbiy, huquqiy, antropologik, iqtisodiy, sotsiologik ta’limotlarning asosini tashkil etadi. Mazkur yo‘nalishda tadqiqotchilar tomonidan talaygina tarixiy manbalar jamlangan, empirik tadqiqotlarning xulosalari tarzida asarlar yozilgan. Milliy tarbiyaning manfaatini himoyalash maqsadida komparativ (qiyosiy-tarixiy) metod asosida ularni o‘rganib, tarbiyaviy faoliyatda qo‘llash mumkin. Bu o‘z navbatida alohida insonning xulq namunasida, ijtimoiy guruh a’zolarining hamjihatligida (inoqligida, Ibn Xaldunning ta’limotida asabiya3) ifodalanib jamiyat hayotining ma’naviy poydevori ta’minlanadi. 1 Амирхўжаев Ш. Ўзбек оилаларида ижтимоий-маданий жараёнлар трансформацияси. Монография. - GlobeEdit, 2022. – 176 б. https://my.globeedit.com/catalog/details//store/gb/book 2 Саидов А.И., Сайдуллаев Ж.Я. Ўзбек оилаларидаги тарбиянинг ижтимоий-психологик ахамияти // Science and innovation international scientific journal. Volume 1 ISSUE 8 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337. – Б. 1649-1654. 3 Главный фактор в теории Ибн Халдуна. В кн.: История социальной мысли в Исламе. – Москва: Вече, 2012. - С. 217-228. 23 Oila ijtimoiy mazmuniga ko‘ra, odatda, “uch xil o‘zaro aloqadagi ijtimoiy guruhdan tashkil topadi. Asosiysi nikoh, nikohning natijasi sifatida er-xotin o‘rtasida yaqin munosabatlarning qaror topishi va pirovardida farzandlarning paydo bo‘lishi”. Tadqiqotchi G.K.Dumarovaning fikricha, “Sharq oilasi evolyutsiyasiga e’tibor qaratganda uning o‘ziga xos tadrijiy bosqichlari, ma’naviy dunyosi, o‘zaro munosabatlar qay darajada bo‘lganligini ko‘rish mumkinligini, sharqda baynalmilal nikohlar o‘ziga xos tarix va falsafaga egaligini quyidagicha izohlaydi: birinchidan, hududiy jihatdan chegaradosh millat va elatlar bilan tinch-totuv yashash maqsadida quda-andachilik yo‘lga qo‘yilganligi; ikkinchidan, turli millat va elatlarning tarixiy rivoji bir tarzda rivojlangan va kamol topganligi uchun o‘zaro qiz berib, qiz olish qaror topganligi”4. - Oiladagi tarbiyaviy faoliyat, murakkab tuzilishga ega bo‘lib, uni tizimli tarzda olib borilgandagina quyidagilarni shakllantirishga erishish mumkin:axloqiy meyorlarni turlari, maishiy va ijtimoiy hayot tarzida amal qiluvchi qoidalarni o‘zlashtirishga;dunyoqarashni shakllantirib, anglangan hayotiy qadriyatlarni egallash yo‘llarini o‘zlashtirishga; ijtimoiy faollikka, atrof-muhit va o‘g‘il bolani o‘ziga nisbatan e’tiborli bo‘lishni o‘zlashtirishga; mehr ko‘rsatish, ijobiy hissiyotlarni namoyon etib, salbiy hissiyotlarni yashirish tarzini egallashni o‘zlashtirishga; bilim olish va undan foydalanishni o‘zlashtirishga;axborot texnologiyalaridan vosita sifatida foydalanashni o‘zlashtirishga; diniy, milliy, kasbiy, etnoslararo, ijtimoiy tolerant5 va intolerant6 bo‘li

Доказательный фрагмент

«Bu maqolada o‘g‘il bola tarbiyasida milliy tarbiyaning egallanishi, qadriyat va an’analarning o‘rni, farzand tarbiyasida ota-onaning vazifalari, tarbiyani rivojlantirishga ijtimoiy mazmunning falsafiy asoslanishi bo‘y…»

Образец извлечения

Демо-превью

Bu maqolada o‘g‘il bola tarbiyasida milliy tarbiyaning egallanishi, qadriyat va an’analarning o‘rni, farzand tarbiyasida ota-onaning vazifalari, tarbiyani rivojlantirishga ijtimoiy mazmunning falsafiy asoslanishi bo‘y… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
urf-odatlar, ijtimoiy madaniylashuv, milliy tarbiya, aksiologik, falsafiy qarashlar tahlili., an’analar, ta’lim va tarbiya uyg‘unligi, pand-nasihat, o‘g‘il bola tarbiyasi
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники