РефератыXoliyorova K. (Ilmiy rah. Baxriyeva D)2015
MTTDA BADIIY ADABIYOT BILAN TANISHTIRISH VA BOLALAR NUTQINI O‘STIRISH YUZASIDAN MULOHAZALAR
O‘STIRISH YUZASIDAN MULOHAZALAR · Муқаддас Тожибоева Абдураҳимовна · Azimova Ziyoda Ergashevna · Artikova Muhayyo Botiraliyevna · Qodirov Valijon Abdurahmanovich · Хасанов Шаробидин Азамович
Общественные науки в современном мире: теоретические и практические исследования · 1 · 2026
Аннотация
Maqolada maktabgacha ta’lim tashkilotlarida badiiy adabityot bilan tanishtirish masalalari hamda tarbiyalanuvchilar nutqini o‘stirish bilan bog‘liq jihatlar va buning pedagogik-psixologik xususiyatlari yoritib beriladi. Kalit so‘zlar: estetik tarbiya, kitobxonlik, og‘zaki nutq, muloqot, tafakkur, tasavvur, psixologik jarayon, bilim, ko‘nikma, malaka. Аннотации. В статье освещаются задачи ознакомления с художественной литературой в дошкольных образовательных учреждениях, а также аспекты, связанные с развитием речи воспитанников и их психолого-педагогические особенности. Ключевые слова: эстетическое воспитание, чтение, устная речь, общение, размышление, воображение, психологический процесс, знание, умение, навык. Annotation. The article deals with the introduction of fiction in preschool education, as well as aspects of speech development and its pedagogical and psychological features. Keywords: aesthetic education, reading, speaking, communication, thinking, imagination, psychological process, knowledge, skills, competencies. Badiiy adabiyot yosh avlodga estetik tarbiya berish vositasi bo‘lish bilan birga milliy ruhni singdirish, milliy tarbiya berishning eng samarali omili sanaladi. Shu bois mamlakatimizda badiiy adabiyotni targ‘ib etish, jamiyatda kitobxonlik madaniyatini yuksaltirishga katta e’tibor berilmoqda. Mamlakatimiz Prezidenti Sh.M.Mirziyoevning bu borada aytgan quyidagi so‘zlari yurt ziyolilari, xususan, ta’lim xodimlari uchun g‘oyat ahamiyatlidir: “Odamlarning ongu tafakkuri, dunyokarashini o‘zgartirish, ma’naviy saviyasini yuksaltirish haqida gapiramiz. Lekin bu borada eng oddiy va ayni paytda eng ta’sirchan vosita – bu kitob emasmi? Men shunga aminman - kitobsiz taraqqiyotga, yuksak ma’naviyatga erishib bo‘lmaydi. Kitob o‘qimagan odamning ham, millatning ham kelajagi yo‘q” [1:114]. Bu adabiyot vositasida tarbiyalash va ta’lim berish O‘zbekistonda davlat miqyosidagi muhim masala ekanligiga dalolat qiladi. Badiiy adabiyot insonga hayotining dastlabki yillaridan boshlab hamrohlik qiladi. Maktabgacha bo‘lgan davrda badiiy adabiyot bilan tanishish keyinchalik umri davomida amalga oshiriladigan katta adabiy meros bilan tanishish uchun poydevor qo‘yiladi. Badiiy adabiyot bolalarning aqliy, axloqiy va estetik ta’limining kuchli, samarali vositasi bo‘lib, ularning nutqini rivojlantirish va boyitishga katta ta’sir ko'rsatadi. U dunyoqarashni kengaytiradi, his- tuyg‘ularni boyitadi, tasavvurni rivojlantiradi, adabiy tilning jozibasini his qilish imkonini yaratadi. Tadqiqotchilar bolalarning badiiy asarlarni tinglash va qabul qilishida ruhiy faollik, asarlar qahramonlariga nisbatan xayrixohlikni kuzatadilar. Misol uchun, ular ertak qahramonlari bilan bir talay kechinmalarni boshdan kechirishlari mumkin: keskin dramatik daqiqalarda qo‘rquvni, zo‘ravonlarga nisbatan nafratni, haqsizlikda e’tirozni, adolatni qo‘lga 29 kiritilganda yengillikni, qoniqish hissini tuyishadi. Asar qahramonlariga ko‘ngildosh, qayg‘udosh bo‘lish, asarda tasvirlangan syujet rivojlanishini kuzatib borish qobiliyati, hayotda ko‘rgan-kechirgan voqeliklarni taqqoslash orqali realistik hikoyalar, ertaklarni oson, tez va to'g'ri tushunishga yordam beradi. Badiiy adabiyot bolaga jamiyat va tabiat hayotini, odamlarning his-tuyg‘ulari va munosabatlari dunyosini ochadi va tushuntiradi. Adabiyot bolaning tafakkuri va tasavvurini rivojlantiradi, his-tuyg‘ularini boyitadi, ayni paytda o‘zbek adabiy tilining imkoniyatlari, jozibasini uning ong-u shuuriga singdiradi. Uning tarbiyaviy, kognitiv va estetik ahamiyati beqiyosdir, chunki bolaning atrofdagi dunyo haqidagi bilimlarini kengaytiradi, shakllanayotgan shaxsiyatiga ta’sir ko‘rsatadi, nutqiy ko‘nikmalarini rivojlantiradi. Maktabgacha ta’lim tizimining yangi shakl va mazmunda qayta tashkillanishi o‘sib kelayotgan avlodning har tomonlama samarali rivojlanishi uchun barcha pedagogik resurslardan foydalanish zaruriyatini namoyon qiladi. “Maktabgacha ta’lim tashkilotlarining ta’lim jarayonini tashkil etishning ustuvor yo‘nalishi bolaga individual yondoshish, maktabgacha yoshdagi bolalikning ichki qiymatini va maktabgacha yoshdagi bolaning tabiatini saqlab qolishdir” [2;67]. Bu esa o‘z navbatida zamonaviy tarbiyachiga bolalar faoliyatini tashkil etish shakllari va usullarini tanlashda erkinlik beradi. Mazkur tanlovning asosiy natijasi uning bilimlari, ko‘nikmalari va qobiliyatlari yig‘indisigina emas, balki uning shaxsiy fazilatlari bo‘lishi kerak. Shu sababli bugungi kunda pedagogik faoliyat sifat jihatidan yangi, yanada moslashuvchan, innovatsion, ya’ni ta’lim jarayonining rivojlanishini ta’minlash sifatlariga ega bo‘lmoqda. Tarbiyachi o‘z faoliyatini tashkil etar ekan, uni zamon talablariga javob beradigan va ko‘zlangan natijaga erishishga zamin hozirlaydigan tarzda tashkil qilishi kerak. Tarbiyachilarning bu boradagi asosiy vazifalaridan biri bolalarni kitob dunyosiga yaqinlashtirish, badiiy adabiyot bilan tanishtirishda yangi yondashuvlarga murojaat qilish, samarali ish shakllarini izlab topish
Доказательный фрагмент
«Maqolada maktabgacha ta’lim tashkilotlarida badiiy adabityot bilan tanishtirish masalalari hamda tarbiyalanuvchilar nutqini o‘stirish bilan bog‘liq jihatlar va buning pedagogik-psixologik xususiyatlari yoritib beriladi.»
Образец извлечения
Демо-превьюMaqolada maktabgacha ta’lim tashkilotlarida badiiy adabityot bilan tanishtirish masalalari hamda tarbiyalanuvchilar nutqini o‘stirish bilan bog‘liq jihatlar va buning pedagogik-psixologik xususiyatlari yoritib beriladi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- aesthetic education, reading, speaking, communication, thinking, tafakkur, ko‘nikma, tasavvur, bilim, muloqot, estetik tarbiya, psixologik jarayon, og‘zaki nutq, malaka., kitobxonlik
Смежные источники
The American Journal of Social Science and Education InnovationsPragmatic Aspect, + Yugay Nadejda Yurevna +12021
The American Journal of Social Science and Education InnovationsTorayeva Sayyora Sattorovna2020
Обзор законодательства УзбекистанаИ Эргашев2019