К содержанию
РецензированоUZ2026

O‘ZBEK TILI TA’LIMIGA ZAMONAVIY YONDASHUVLAR

Ismoilova Maftuna Kenjaboy qizi

Общественные науки в современном мире: теоретические и практические исследования · 2026

Аннотация

This article takes a look at the history of the Uzbek language, discusses the prospects of Uzbek language education and the current attitude towards the language. We present our general thoughts about modern approaches to language development. Key words: Uzbek language, nationalism, behaviorist approach, interactive approach, competence approach. Oʻzbek tiliga davlat tili maqomining berilishi, tilimiz mazkur maqomni olmasidan burungi va olganidan keyingi holati haqida fikr yuritishdan avval oʻsha davrdagi vaziyatlarning qanchalik ogʻirligi haqida gaplashsak. Oʻsha shoʻro davrlarda bizning oʻzbek millatimiz oʻzlari istamasalarda, majburlikdan rus tilida gaplashishgan. Ayniqsa, oʻzbek tili ham mustaqil til sifatida yashashga haqli deyishning oʻzi oʻta millatchilik deb baholanardi. Xalqqa ilm oʻrgatish maqsadida bosh koʻtarib chiqqan qanchadan qancha jadidlar halok boʻlishdi. Shukurki, qishning soʻnggi bahor boʻlganidek bu kabi ayanchli ishlarning barchasi asta sekin barham topa boshladi. Birinchi Prezidentimiz Islom Abdug‘aniyevich Karimov Oʻzbek tiliga davlat tili maqomini berish haqidagi qonunlarini eshtgan kimsa borki beixtiyor koʻzlariga yosh keladi. Axir har qanday mamlakatni boshqalardan ajratib turadigan asosiy unsurlaridan bittasi- til emasmi? Bizning ham shu tilimiz bor ekan, oʻzbek xalqi, oʻzbek adabiyoti, oʻzbek madaniyati, oʻzbek urf-odatlari bor hisoblanadi. Demak, til masalasi shunchaki gap orasida aytib ketilaveradigan joʻn, kichik mayda masala emas, balki davlat ahamiyatiga ega, ulkan masaladir. Xullas, oʻzbek tilining tarixi haqida soʻz yuritar ekanmiz bunga bir ma’ruza yoki bir maqola doirasida yoritib boʻlmaydi. Shunday ekan keyingi masalalarimizdan boʻlgan oʻzbek tili taʼlimi istiqbollari haqida fikrimizni davom ettiramiz. Bugungi fan va texnika rivojlanib, inson aql idroki yangi-yangi ufqlar sari parvoz qilarkan, biz milliy tiklanishdan milliy yuksalish sari gʻoyasini amalga oshirishda ona tilimizga yanada eʼtiborli boʻlishimiz suv va havodek zarur ekanligi oʻz oʻzidan ayon boʻlib qolmoqda. Bugun davlat tiliga toʻlaqonli yondashuv mavridi keldi! Mamlakatda Ona tilimiz bilan bogʻliq boʻlgan holatlar oʻzgarmoqda va oʻzgarishi ham shart, muhim. Bundan oldin esa oʻzimiz, millatning har bir vakili oʻzini, qalbini, dunyoqarashini, tuygʻularini oʻzgartirishi yangilashi kerak! Har bir oʻzbekman degan inson oʻz tilini har joyda boʻlmasin ulugʻlab, uni oyoq osti boʻlishiga yoʻl qoʻymaslgi kerak. Va yaqin orada til haqida chiqayotgan qonunlar asta-sekin kuchga kira boshlasa milliy tilimizning mavqeyi yanada yuksalishi, shu boradagi sa’y- harakatlar yangi bosqichga koʻtarilishiga xizmat qiladi. Endi esa bosh mavzuyimiz bilan zamonaviy yondashuvlar haqida gaplashsak. Bugungi kunda ona tili ta’limida uch xil yondashuvdan foydalanilayotganini aniqladik. Bular 39 bixevioristik yondashuv, integrativ yondashuv hamda kompetensiyaviy yondashuvlardir. Mazkur yondashuvlar mohiyatan bir-birini toʻldirib boradi va oʻqituvchi dars davomida ulardan vaziyat talab qilgan holatni inobatga olib foydalanmogʻi zarur. Bixevioristik yondashuvning kelib chiqishi aslida bixeviorizm inglizcha behaviou, yaʼni "xulq-atvor" degan maʼnolarni anglatib, XIX asr oxiri XX asr boshlarida AQSH ingliz psixologiyasida paydo boʻlgan oqimning nomi bilan bogʻliq. Bizdagi maʼlumotlarga qaraganda bu yoʻnalishning asoschilari Dj. Uotson, E. Tomdayklar boʻlishgan. Bixevioriszmning negizida psixologik tadqiqot predmeti sifatida psixika va ongni inkor etish yotadi. Bixevioristlarning fikricha, odam qanday psixikaga egaligidan qat'i nazar, u qoʻzgʻatuvchilarga javob beradigan oʻziga hos mashinadir. Yaʼni inson xulq-atvori tashqi taʼsir hamda tashqi taʼsir bilan reaksiyaga kirishuv asosida shakllanadi va rivojlanadi. Psixologiyadagi bu yoʻnalish Yevropa mamlakatlarida XX asr boshlariga kelib taʼlim sohasiga koʻchdi va taxminan chorak asrdan koʻproq vaqt bixevioristik yondashuvdan toʻla foydalanildi. Yevropa mamlakatlari keyinchalik bixevioristik yondashuvdan faqat boshlangʻich taʼlimdagina qisman foydalanadigan boʻlishdi. Bizda esa jadidlar qatagʻonidan keyin taʼlim tizimi toʻliq bixevioristik yondashuvga tayanadigan boʻldi. Bixevioristik taʼlimot asosida "mashqlar qonuni" yotadi. Ona tili ta'limida uzoq vaqt hukmronlik qilgan anʼanaviy taʼlim shu yondashuvga asoslanadi. Bixevioristik yondashuv inson xulq-atvorining shakllanishi hamda rivojlanishini faqat va faqat "oʻrgatishga" bogʻliq deb hisoblaydilar. Demak, bixevioristik yondashuv mohiyatiga koʻra, ona tili mashgʻulotlarida oʻquvchi hamisha passiv oʻrganuvchiga aylanishi kerak va taʼlim oluvchilarning ijtimoiy holati, ruhiyati, iqtidori, tarbiyasi qanday ekanligidan qatʼiy nazar, ularga bir xil koʻz bilan qarab bir xilda taʼlim berib oʻrgatilsa, mashq qildirsa, albatta, koʻzlangan maqsadga erishiladi. Oʻzbek pedagogikasi 1940-yillardan boshlab toki mustaqillik davriga qadar bixevioristik yondashuvdan foydalandi, ammo hamma vaqt ham ushbu yondashuv kutilgan samarani bermasligi uzoq yillar kuzat

Доказательный фрагмент

«This article takes a look at the history of the Uzbek language, discusses the prospects of Uzbek language education and the current attitude towards the language.»

Образец извлечения

Демо-превью

This article takes a look at the history of the Uzbek language, discusses the prospects of Uzbek language education and the current attitude towards the language. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Uzbek language, nationalism, behaviorist approach, interactive approach, kompetensiyaviy yondashuv., bixevioristik yondashuv, oʻzbek tili, interaktiv yondashuv, millatchilik, competence approach.
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники

[1]СоциологияENРецензированоОткрытый доступ
GIYOHVANDLIKKA QARSHI KURASH: DAVR TALABI

Современная трансформация образованияOtelbayev Bekzod Atabek ug`li2025

3