К содержанию
РецензированоUZ2026

EKOLOGIK XAVFSIZLIK - INSON HAYOT FAOLIYATI DARAJASINING YUKSALISHI BOSH OMILI

ILM-FAN VA INNOVATSIYA · ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI · YUKSALISHI BOSH OMILI (in-academy.uz/index.php/si) · N.A. Tursunova (in-academy.uz/index.php/si)

Наука и инновация · 2026

Аннотация

Mazkur maqolada respublikadagi ekologik nazorat, YuNEP-Atrof muxit boʻyicha BMTning Dasturi-United Nations Environment Programme (UNEP) maqsadlari, ekologik nazorat jarayonida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar, ekologik nazorat tomonidan olib borilayotgan tashkiliy-huquqiy usullar bayon etilganligi o’z aksini topgan. Kalit soʻzlar: ekologik nazorat, atrof-muhit, BMTning Dasturi, tashkiliy-huquqiy usullar, kuzatish, umumlashtirish, baholash, ruxsatnoma berish, ogohlantirish, javobgarlikka tortish. Fan - texnikaning rivojlanib borishi albatta, birinchi navbatda xalqlar turmush darajasi yuksalib borishiga xizmat qilmoqda. Biroq tadbirkorlar foyda ketidan quvib, insoniyat salomatligi uchun zarur boʻlgan atrof-muhit muhofazasi masalasiga panja ortidan qaramasliklari lozim. Xom ashyo resurslarining asosan togʻ yon bagʻrlarida joylashganligi sanoat korxonalarini ham koʻproq togʻ hududlarida qurish zaruratini keltirib chiqaradi. Shu sababdan, bunday hududlarda havoning oʻz-oʻzini tozalash hususiyati ancha chegaralangan. Togʻ vodiy shamollari ifloslangan havoni togʻ etaklari tomon surib ketadi, natijada bu hudud vohalari va shaharlarida ifloslangan havoning turib qolishi seziladi. Bunday holat Tojikistonning Tursunzoda shahrida qurilgan oʻsha ulkan alyuminiy zavodining havoga koʻtarilgan chiqindilari Uzun, Sariosiyo va Denov tumanlaridagi aholi yashash punktlarida atrof muhitning 80- yillarida kuchli darajada ifloslanishiga olib kelgan. Oʻsha vaqtda zavod chiqindilari ta'sirida bu hudud aholisida doimiy bosh aylanishi, bosh ogʻrigʻi, kuchli yaligʻllanish, yurakning kuchli urishi, uyqusizlik, teri va koʻzning shilliq pardasi yalligʻlanishi, burundan qon ketishi va boshqa turli kasalliklar uchray boshlagan. Ekologiya nazorati - davlat ekologik siyosatining muhim tarkibiy qismi sifatida tabiat- jamiyat tizimidagi ekologik munosabatlarning barqarorligini ta'minlashda muhim ahamiyatga egadir. Bugungi kunda dunyoning koʻpgina davlatlari atrof muhitni muhofaza qilish uchun e'tibor berish kerakligini tan oldi. Bunga BMT raxbarligida ish yurituvchi xalkaro tashkilotlarning faoliyati sabab boʻldi. (YuNESKO xam bunga kiradi), birinchi boʻlib 1972 yil dekabrda tashkil topgan. Atrof muxit boʻyicha BMT Dasturining Bosh Assambleyasi - YuNEP. YuNEP-Atrof muxit boʻyicha BMTning Dasturi-United Nations Environment Programme (UNEP) katnashchilar: BMTga a'zo davlatlar (58 ta davlat — kengash a'zolari xisoblanadi). Maqsadlari:  biosfera resurslari xakidagi yangi ma'lumotlarni takdim etish;  maksimal sosial — iqtisodiy foydaga amal qilgan holda umumiy rejalashtirish va rivojlanishni boshqarishga koʻmaklashish;  texnik yordam, ta'lim va kadrlarni tayyorlash uchun koʻshimcha moliyaviy vositalarni jalb etish. 54 ILM-FAN VA INNOVATSIYA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI in-academy.uz/index.php/si  atrof muhitni boshkarish sohasidagi dasturlarni amalga oshirish;  yer sathidagi ekosistemalarni saqlash;  choʻlga aylanish, xosildor erlarni tanazzulga uchrashi, dengiz muxitining ifloslanishi, ob- havoning oʻzgarishi, kimyoviy moddalar va xavfli chikindilar bilan kurashish. Ekologiya nazoratining asosiy maqsadi atrof tabiiy muhit barqarorligini saqlashdan iborat boʻlib, davlat organlari va jamoat tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtirgan holda olib borilishini taqozo etadi. Hozirgi va kelajak avlodga barqaror atrof tabiiy muhitni ta'minlash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi “Tabiatni muhofaza qilish toʻgʻrisida”gi qonunining 29-moddasiga asosan, ekologiya nazoratining asosiy vazifalari sifatida qoʻyidagilar belgilangan: -atrof tabiiy muhit holatini hamda xoʻjalik yuritish va boshqa faoliyat ta'siri ostida unda boʻladigan oʻzgarishlarni kuzatib borish; -atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, atrof tabiiy muhitni sogʻlomlashtirish, tabiatni muhofaza qilishga doir qonunlar talablari va atrof tabiiy muhit sifatining normativlariga rioya etish borasidagi dasturlar hamda ayrim tadbirlar bajaralishini tekshirish. Ekologiya nazorati murakkab jarayonni oʻz ichiga oladi va turli xil chora-tadbirlar tizimini amalga oshirishni taqazo etadi. Ekologiya nazorati jarayonida qoʻyidagi chora-tadbirlar amalga oshiriladi:  atrof tabiiy muhitda boʻladigan oʻzgarishlarni kuzatish, axborot jamlanmasini shakllantirish;  atrof tabiiy muhit holatiga antropogen ta'sirlarni oʻrganish;  ishlab chiqarish va xoʻjalik yuritish jarayonining barcha jabhalarida ekologik qonunchilik qoida-talablariga rioya etilishini tekshirish;  ishlab chiqarish va xoʻjalik faoliyatini amalga oshirayotgan yuritik va jismoniy shaxslarning tabiatni muhofaza qilishga qaratilgan profilaktik chora-tadbirlarning belgilangan amalga oshirilishini tekshirish;  tabiiy resurslardan foydalanish boʻyicha ruxsatnomalar berish;  ekologik qoida-talablarni buzgan yuridik va jismoniy shaxslarni aniqlash, ogohlantirish, javobgarlikka tortish;  aholi orasida ekologik qonunchilik qoida-talablarni targʻib va tashviqot qilish va boshqalar. Demak, ekologiya nazorati bila

Доказательный фрагмент

«Mazkur maqolada respublikadagi ekologik nazorat, YuNEP-Atrof muxit boʻyicha BMTning Dasturi-United Nations Environment Programme (UNEP) maqsadlari, ekologik nazorat jarayonida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar, ek…»

Образец извлечения

Демо-превью

Mazkur maqolada respublikadagi ekologik nazorat, YuNEP-Atrof muxit boʻyicha BMTning Dasturi-United Nations Environment Programme (UNEP) maqsadlari, ekologik nazorat jarayonida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar, ek… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
umumlashtirish, javobgarlikka tortish., ekologik nazorat, BMTning Dasturi, ogohlantirish, ruxsatnoma berish, kuzatish, atrof-muhit, baholash, tashkiliy-huquqiy usullar
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники