К содержанию
РецензированоUZ2026

INSON VA TABIAT

YOSH OLIMLAR · ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI · INSON VA TABIAT (in-academy.uz/index.php/yo) · N.A. Tursunova (in-academy.uz/index.php/yo) · Z.O. Valiyeva (in-academy.uz/index.php/yo)

Молодые ученые · 2026

Аннотация

Mazkur maqolada inson va tabiat oʻrtasidagi munosabatlar, ekologik madaniyat, ekologik xavflar va ularning inson organizmiga boʻlayotgan ta'siri, Orol fojeasi, atmosferadagi ozon qatlamining emirilishi, atmosfera havosining inson tomonidan ifloslanib borayotgani va uni oldini olish oʻz aksini topgan. Kalit soʻzlar: inson va tabiat, ekologik xavf, Orol fojeasi, ozon qatlami emirilishi, atmosfera havosining ifloslanishi. Inson dunyoga kelibdiki, tabiat bilan chambarchas bog’liq holda voyaga yetadi, rivojlanadi, kamol topadi. Tabiat va inson bir-biriga uzviy bog’liq va ular bir-birini to’ldirib turadi. Bejiz tabiatni onaga qiyoslamaymiz. Chunki tabiat ham insonni ona kabi parvarishlaydi, oziqlantiradi, kiyintiradi, issiq va sovuqdan asraydi. Insonning shakllanishida tabiatning roli qanchalik muhim bo’lsa, tabiat uchun ham insonning ta’siri shunchalik muhimdir. Bugungi kunda tabiat va inson hayotining ekologik xavf ostida qolish jarayoni yanada kuchayib borayotgani sir emas. Tabiatning barqarorligiga, turg‘unligiga putur yetayotganligining asosiy sabablaridan biri, kishilarda ekologik madaniyatning, atrof-muhit muhofazasi haqidagi bilimlarning yetishmasligidir. Shu bois, ekologik muammolar yildan-yilga oshib bormoqda. Atmosferadagi ozon qatlamining yemirilishi, daryolar suvining ifloslanishi, o‘rmon va chakalakzorlarning yo‘q qilinishi, o‘simlik va hayvonot olamining qirilishi hali ham davom etayapti. Ona-tabiatga bunday munosabat o‘sib kelayotgan avlodga ekologik ta’lim- tarbiya berish o‘ta muhimligidan dalolat. Ekologik muammolarning oldini olish uchun inson o’zida ekologik tarbiya va madaniyatni shakllantirishi zarur. Ekologik tarbiya oiladan boshlanadi. Oddiygina uy, hovlini ozoda tutishga odatlanish yashash uchun qulay muhitni yaratishning boshlanishi bo‘lib xizmat qiladi. So‘ngra ekologik ta’limning bog‘chada, maktabda, oliy o‘quv yurtlarida olib borilishi maqsadga muvofiqdir.Aslida, ekologik madaniyat tabiatni barcha go'zalliklari bilan his qilishdan, sevishdan boshlanadi. Insonning tabiat kuchlari-sovuq va issiq, qurq'oqchilik, yong'inlar, turli ofatlar ustidan g'alabasi unga bo'lgan munosabatini o'zgartiradi. Bu ko'r-ko'ronalikdan asta-sekin ongli munosabatga aylana boradi. Tabiatga bo'lgan mehr tuyg'usi boyib, unga munosabat shaxs madaniyatining ajralmas bir bo'lagini tashkil etadi. Har bir inson tabiatdan bahra oladi. Ammo bu hali tabiatga muhabbat degani emas. Tabiatga muhabbat uni tushunishdan, uning go'zalliklarini anglashdan, tabiat bilan munosabatga kirishishdan boshlanadi. O'z navbatida, tabiat insonda kuzatuvchanlik, sezgirlik, nazokatlilik kabi tuyg'ularni tarbiyalaydi. Bu-insonda ikki ko'rinishda: tabiatga va o'ziga bo'lgan munosabatlarda namoyon bo'ladi. Tabiat insonda vatan tuyg'usini uyg'otadi, uni mehnat va jasoratga undaydi, juda ko'p tuyg'ularni kamol toptiradi hamda ko'p narsalarni talab etadi. Madaniyatli kishi tabiat va jamiyat o'rtasidagi muvozanatni saqlaydi, bu borada boshqalarni ham to'g'ri faoliyat ko'rsatishga da'vat etadi, hech bo'lmaganda ko'chalarga axlat tashlanmasligiga, suv va havo 26 YOSH OLIMLAR ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI in-academy.uz/index.php/yo ifloslanmasligiga, tabiat in’om etgan etgan ne’matlardan oqilona foydalanishga, unga ziyon yetkazmaslikka harakat qiladi. Ekologik madaniyat tarkibiga tabiatni muhofaza qilish madaniyati, tabiat boyliklaridan foydalanish madaniyati, ekologik tizimni qaytadan o'zgartirish madaniyati ham kiradi. Bular bir kishining yoki hududning vazifasi bo'la olmaydi. Umum insoniyat bunday vazifalarni yechishga birgalikda kirishsagina ekologik muammolar hal bo'ladi. Masalan, birgina Orol muammosi bunga yaqqol dalil bo'la oladi. Orol dengizining suvi kamayib ketishi haqida dastlabki xavotirlar bildirilganidan beri yarim asrdan ortiq vaqt o'tdi. O'zbekiston mustaqilligi e'lon qilinishidan oldingi yillarda dengizning sathi keskin kamayib ketayotganligi baralla gapirilib, bu masalaga butun dunyo mamlakatlari va suvchi mutaxassislarning e'tibori tortildi. Birgina Orol dengizining qurishi shu hudud aholisi uchun qanchadan-qancha zarar keltirmoqda, ularning sog’lig’iga ziyon yetkazmoqda. Orolning qurib ketishi faqatgina uning atrofida joylashgan O'zbekiston, Qozog'iston, Turkmaniston emas, butun dunyo iqlimiga salbiy ta'sir etadi. Shuning uchun Orolni saqlab qolish dunyo ahamiyatidagi muammoga aylandi. Orol dengizining qurishi oqibatida mahsuldorligi yiliga 45 ming tonnagacha ovlangan baliqchilik sanoati, tub aholining doimiy hayot manbai boʻlgan ovchilik va moʻynachilik sohalari inqirozga uchradi. Yana bir qancha ekologik muammolar, jumladan, Ozon qatlamining yemirilishi, global isib ketish, atmosferaning ifloslanishi kabilar borki bularga hali hanuz yechim topilmagan. Butun dunyo ana shu muammolar bilan kurashmoqda, ularga yechim topishga harakat qilmoqda. Atmosferaning ifloslanishi ayniqsa aholi zich joylashgan va ishlab chiqarish rivojlangan davlatlarda ko’proq kuzatiladi. Aslida barcha ekologik muammolar va tabiatga yetkazilayotgan zararlar m

Доказательный фрагмент

«Mazkur maqolada inson va tabiat oʻrtasidagi munosabatlar, ekologik madaniyat, ekologik xavflar va ularning inson organizmiga boʻlayotgan ta'siri, Orol fojeasi, atmosferadagi ozon qatlamining emirilishi, atmosfera havo…»

Образец извлечения

Демо-превью

Mazkur maqolada inson va tabiat oʻrtasidagi munosabatlar, ekologik madaniyat, ekologik xavflar va ularning inson organizmiga boʻlayotgan ta'siri, Orol fojeasi, atmosferadagi ozon qatlamining emirilishi, atmosfera havo… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
inson va tabiat, ozon qatlami emirilishi, ekologik xavf, Orol fojeasi, atmosfera havosining ifloslanishi.
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники