К содержанию
РецензированоUZ2026

AXBOROTLASHGAN JAMIYATDA YOLG‘ON AXABOROTLARNING MAZMUN-MOHIYATI

YOSH OLIMLAR · ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI · G‘ulomov Zuxriddin Baxromjon o‘g‘li (in-academy.uz/index.php/yo)

Молодые ученые · 2026

Аннотация

Axborotlashgan jamiyatda yolg‘on axaborotlarning mazmun-mohiyati va konseptual asoslari va dezinformatsiya sharoitida axborot siyosatining ustuvor yo‘nalishlari va ilg‘or xorijiy tajribalar tahlili amalga oshirilgan. Kalit so`zlar: axborotlashgan jamiyat, yolg‘on axaborot, dezinformatsiya, axborot siyosati, “feyk xabarlar”, globallashuv. Bugun dunyoning barcha mintaqalarida globallashuv jarayoni ijtimoiymadaniy hodisalarga o‘zining turlicha ta’sirini o‘tkazmoqda. Bunday ta’sirning bir xil emasligi dunyo mamlakatlarining siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, axborot, ma’naviy salohiyatlari va geosiyosiy omillar bilan chambarchas bog‘liq. Olamda yuz berayotgan bu kabi shiddatli jarayonlarning har bir mamlakatga salbiy ta’sirini kamaytirish, va aksincha, ijobiy ta’sirini kuchaytirish uchun shu hodisaning mohiyatini chuqurroq anglash, uning o‘ziga xos xususiyatlarini tadqiq etish global axborotlashuv sharoitida bugungi kunning muhim talablaridan biri hisoblanadi. Zero global axborotlashuv yoshlarning ijtimoiymadaniy hayotini zabt etishga urinayotgani hozirgi vaqtda yaqqol namoyon bo‘lmoqda. SHu o‘rinda Mamlakatimiz Prezidenti SH.Mirziyoevning bu boradagi fikrlariga e’tibor qaratsak: “...yoshlar hayoti, o‘ykechinmalari, orzuniyatlari, eng muhimi, ularni qiynayotgan masalalar, afsuski, radio va televidenie, gazeta va jurnallarda o‘z ifodasini to‘liq topmayapti. Go‘yoki hamma narsa joyida, olam guliston. Agar hammasi joyida bo‘lsa, to‘g‘ri yo‘ldan adashgan yoshlar, jinoyatchilik, ishsizlik qaerdan paydo bo‘lyapti? Nega yoshlarga oid davlat siyosatiga loqayd munosabatda bo‘layotgan amaldorlar haqida ommaviy axborot vositalari, avvalo, yoshlar matbuoti churq etmaydi?”[1]. Mazkur fikrlardan kelib chiqib global axborotlashuvning hozirgi ko‘lamini his etmaslik va uning salbiy ta’sirlaridan yoshlarni muhofaza qilmaslikning oqibatlari kelajagimiz egalarini barkamol inson bo‘lib shakllanishlari borasida bugun qayg‘urish zarurligini taqozo etmoqda. Yolg‘on, uydirma, soxta ma’lumotlardan iborat axborotlar “feyk xabarlar” deyiladi. Feyk – inglizcha “fake” so‘zning anologi bo‘lib, zamonaviy tilshunos likda ko‘pincha ikki xil: “trick” – quv, ayyor, aldov, yasama, soxta degan ma’nolarda qo‘llanadi, shu bilan birga ba’zan “swindle” – hazil, sho‘xlik, xushchaqchaqlik degan ma’nolarni ham ifoda etadi. Turli manbalarga murojaat qilganda “feyk” so‘zining yigirmadan ortiq istilohi borligiga guvoh bo‘ldik. Soxta, yolg‘on, qalbaki, haqiqiy emas, bo‘xton, aldoqchi, uydirma, noxolis, sun’iy, uyushtirilgan, ayyor, chalkash, qutqu, nayrang, ig‘vo, xiyla, chalg‘itish kabi so‘zlar ana shular jumlasidandir. Keng ma’noda fake news – bor narsani ko‘rsatishga qaratilgan har qanday qalbaki, soxta yangiliklar, g‘iybat, uydirma, tashviqot va maxfiy-yashirin qoidalar aralashmasidan iborat. Bu hodisa oshkor etish osonroq bo‘lgan azaldan mavjud yolg‘on axborotdan ko‘ra xavfliroqdir. “Feyk xabarlar” yolg‘on xabarlar tarqatishdan kelib chiqadi, biroq bu hodisaning yangiligi zarar keltirishga astoydil urinishdan iboratdir. Axborot imkoniyatlari uni cheksizlikka daxl etadi. Asossiz, uydirma xabarlarni tarqatishdan maqsad kimnidir yoki nimanidir yomonlab 42 YOSH OLIMLAR ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI in-academy.uz/index.php/yo ko‘rsatish, noto‘g‘ri, soxta axborot tarqatish orqali axborot iste’molchilari orasida, auditoriyada muayyan tashkilot, idora, davlat arbobi, siyosiy shaxs, taniqli odamlarga nisbatan ishonchsizlik paydo qilishdir. So‘zlashuv tilimizga kirib kelganiga hali unchalik ko‘p bo‘lmagan bunday yangiliklar, umuman axborot makonini “feyk”lashtirish tushunchasi firibgarlik, qalbakilik, aldash singari turli harakatlarni o‘z ichiga oladi. Xalq orasida norozilik kayfiyatini uyg‘otish maqsadida, fitna chiqarish ilinjida turli uydirmalarni ommaviy axborot vositalari orqali tarqatadilar. XXI asrga kelib internetning mislsiz rivojlanishi tufayli “butun olam bir qadam”ga aylandi. Endilikda dunyoning bir burchagidan sodir bo‘lgan yangilik boshqa burchagiga bir necha soniyalarda etib boryapti. Har kuni jahonda sanoqsiz voqeahodisalar sodir bo‘ladi. Inson o‘zini o‘rab turgan borliqdagi turli signallar ta’sirini, hatto OAV orqali uzatilayotgan axborotlarning aksariyat qismini ham tabiiy qabul qiladi. OAV, shuningdek ijtimoiy tarmoqlar orqali uzatilayotgan har qanday axborotni ko‘pchilik to‘g‘ri, deb hisoblaydi. Hatto ba’zan o‘zini aldayotganini bilib turib ham bunga qarshilik ko‘rsatmaydi. Eng katta muammo ham ana shunda. To‘g‘ri, deb qabul qilgan axborotlarning noto‘g‘ri bo‘lib chiqadi. Bittagina soxta, yolg‘on yoki uydirma axborot bir inson hayotini butkul izdan chiqarib yuborishi mumkin. SHuning uchun hozirgi sharoitda soxta, yolg‘on, uydirma axborotlar, ya’ni “feyk xabarlar” masalasi ijtimoiy hayotning eng ko‘p muhokama qilinadigan dolzarb mavzularidan biriga aylandi. “Feyk xabarlar” er yuzi aholisi, qaysi qita, qaysi mamlakatda yashashidan qat’i nazar deyarli har bir inson to‘qnash kelish ehtimoli yuqoribo‘lgan faol media platformadir. Xo‘sh, u qanday platforma?

Доказательный фрагмент

«Axborotlashgan jamiyatda yolg‘on axaborotlarning mazmun-mohiyati va konseptual asoslari va dezinformatsiya sharoitida axborot siyosatining ustuvor yo‘nalishlari va ilg‘or xorijiy tajribalar tahlili amalga oshirilgan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Axborotlashgan jamiyatda yolg‘on axaborotlarning mazmun-mohiyati va konseptual asoslari va dezinformatsiya sharoitida axborot siyosatining ustuvor yo‘nalishlari va ilg‘or xorijiy tajribalar tahlili amalga oshirilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
yolg‘on axaborot, dezinformatsiya, globallashuv., axborotlashgan jamiyat, axborot siyosati, “feyk xabarlar”
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники