К содержанию
РецензированоUZ2026

BOLALAR IJTIMOIY HIMOYASINING ASOSIY TAMOYILLARI

YOSH OLIMLAR · ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI · Adizova Marjona Mirazizovna (in-academy.uz/index.php/yo)

Молодые ученые · 2026

Аннотация

Mazkur maqolada bolalarning ijtimoiy himoyasi, ularning jismoniy ehtiyojlarini qondirish, psixologik va ma’naviy rivojlanishini qo‘llab-quvvatlash, bolalar uchun to‘g‘ri ijtimoiy himoya tizimini yaratish, jamiyatning barqaror rivojlanishining muhim omillari sifatida ijtimoiy himoya tizimi, oilalar, jamiyat va xalqaro tashkilotlarning bolalar ijtimoiy himoyasidagi ham hamkorligini talab qilishi kabi masalalalr muhokama qilinadi. Kalit so‘zlar: ijtimoiy himoya, bola, ijtimoiy muammolar, tamoyillar, kuzatuv, diagnostika, statistik tahlil. Bolalarning ijtimoiy himoyasi – bu nafaqat bolalarning jismoniy xavfsizligini ta’minlash, balki ularning huquqlari, ma’naviy rivojlanishi va ijtimoiy integratsiyasini ham qo‘llab- quvvatlashga qaratilgan tizimdir. Ushbu himoya jarayonining muvaffaqiyatli bo‘lishi uchun bir qator asosiy tamoyillarga tayanish zarur. Ushbu tamoyillar, ijtimoiy himoya tizimini tashkil etishda va amalga oshirishda yo‘l ko‘rsatuvchi asosiy qoidalar hisoblanadi. Quyida bolalarning ijtimoiy himoyasining asosiy tamoyillari batafsil keltirilgan. Bolalarning ijtimoiy himoyasining eng muhim tamoyillaridan biri – ularning asosiy inson huquqlari va erkinliklarini ta’minlashdir. Har bir bola inson sifatida teng huquqlarga ega bo‘lishi kerak. Bu tamoyil, bolalarga nafaqat huquqlarni berish, balki ularning bu huquqlardan to‘liq foydalanish imkoniyatlarini yaratishni anglatadi. Bolalarning asosiy huquqlari, masalan, ta’lim olish, sog‘liqni saqlash, uy-joy bilan ta’minlash, zo‘ravonlikdan himoya qilish, va boshqa ijtimoiy va iqtisodiy ehtiyojlarni qondirish, barcha sohalarda himoya qilinishi kerak. Xalqaro miqyosda bolalarning huquqlarini himoya qilish uchun qabul qilingan eng muhim hujjatlardan biri Bola huquqlari to‘g‘risidagi konventsiya (BCHB) bo‘lib, u bolalarga ta’lim, sog‘liqni saqlash, adolatli muomala qilish, ekspluatatsiyadan himoya qilish kabi huquqlarni ta’minlashni belgilaydi. Tenglik tamoyili bolalar ijtimoiy himoyasining muhim asoslaridan biridir. Bu tamoyil bolalarning irqi, jinsi, dini, millati, iqtisodiy holati va boshqa shaxsiy xususiyatlariga qarab har qanday diskriminatsiyaga yo‘l qo‘yilmasligini ta’minlashni nazarda tutadi. Har bir bola teng imkoniyatlarga ega bo‘lishi va jamiyatda adolatli sharoitda yashashi kerak. Tenglikni ta’minlash – bu bolalar uchun teng ta’lim olish, sog‘liqni saqlash xizmatlaridan foydalanish, ijtimoiy xizmatlar va yordamlar olishda hech qanday to‘siqlarga yo‘l qo‘yilmasligi kerak. Masalan, qiyin ijtimoiy holatda bo‘lgan bolalar, nogironlar, ma’lum bir dini yoki madaniy guruhga mansub bolalar uchun qo‘shimcha yordamlar va resurslar taqdim etilishi zarur. Bolalarning ijtimoiy himoyasining yana bir asosiy tamoyili – ularning shaxsiy hayoti va maxfiyligini himoya qilishdir. Bola, o‘zining barcha shaxsiy ma’lumotlari, qarorlar va 46 YOSH OLIMLAR ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI in-academy.uz/index.php/yo aloqalarida maxfiylikka ega bo‘lishi kerak. Shuningdek, bola har qanday zararli yoki xavfli vaziyatlardan himoyalanishi lozim. Xavfsiz muhit yaratish borasida bolalar o‘z oilalarida, maktablarda, jamoat joylarida va boshqa ijtimoiy muhitlarda xavfsiz bo‘lishlari kerak. Zo‘ravonlik, ekspluatatsiya, jinsiy zo‘ravonlik va majburiy mehnat kabi xavf-xatarlar bolalarga zarar yetkazadi, shuning uchun ular bunday holatlardan himoya qilinishi zarur. Bolalarni himoya qilishda oila va jamiyatning mas'uliyati juda muhimdir. Bolalar o‘z oilalarida tarbiyalanishi, ularga e'tibor berilishi, ularning sog‘lig‘i va ma’naviy rivojlanishi uchun mas'uliyatni oila zimmasiga olish zarur. Shuningdek, jamiyatning barcha qatlamlari, davlat tashkilotlari, ta’lim muassasalari va jamoat tashkilotlari ham bolalarni himoya qilishda mas'uliyatli bo‘lishlari kerak. Oila mas'uliyati – bu bolaning birinchi tarbiya manbai va ijtimoiy himoyaning asosiy shakli hisoblanadi. Bolalarga oila tomonidan to‘g‘ri tarbiya, sog‘lom muhit va zarur qo‘llab- quvvatlashni ta’minlash juda muhim. Shuningdek, oila muhitidagi zo‘ravonlik va suiste’molliklar ham bolalar uchun xavf tug‘diradi, shuning uchun davlat bu holatlarni ham nazorat qilish zarur. Jamiyat bolalarning huquqlarini himoya qilish, ularni xavfsiz va sog‘lom muhitda tarbiyalashda hamkorlik qilishi kerak. Bu jamiyatning barcha a’zolari – davlat organlari, ta’lim muassasalari, ijtimoiy tashkilotlar va har bir fuqaroning mas'uliyatini anglatadi. Bolalar o‘z salomatligi, ta’limi va ijtimoiy integratsiyasi uchun maksimal imkoniyatlar yaratish kerak. Bolaning rivojlanishiga turli omillar, masalan, sog‘liqni saqlash, ta’lim, ijtimoiy va madaniy muhitlar ta’sir qiladi. Rivojlanish tamoyili bolalarga yuqori sifatli ta’lim olish, sog‘lom ovqatlanish, psixologik va emotsional qo‘llab-quvvatlash hamda ular uchun xavfsiz va ijobiy muhit yaratishga asoslanadi. Har bir bola ta’lim olish huquqiga ega. O‘qish, ilm olish va o‘zini o‘stirish, bola uchun faqat jamiyatning kelajagi uchun emas, balki uning shaxsiy rivojlanishi va baxtli hayoti uchun ham zarurdir. Sog‘lom hayot tarzi ma

Доказательный фрагмент

«Mazkur maqolada bolalarning ijtimoiy himoyasi, ularning jismoniy ehtiyojlarini qondirish, psixologik va ma’naviy rivojlanishini qo‘llab-quvvatlash, bolalar uchun to‘g‘ri ijtimoiy himoya tizimini yaratish, jamiyatning…»

Образец извлечения

Демо-превью

Mazkur maqolada bolalarning ijtimoiy himoyasi, ularning jismoniy ehtiyojlarini qondirish, psixologik va ma’naviy rivojlanishini qo‘llab-quvvatlash, bolalar uchun to‘g‘ri ijtimoiy himoya tizimini yaratish, jamiyatning… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
statistik tahlil., diagnostika, ijtimoiy muammolar, tamoyillar, ijtimoiy himoya, kuzatuv, bola
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники