К содержанию
РецензированоUZ2019

OILAVIY ZOʻRAVONLIKKA QARSHI KURASHNING HUQUQIY ASOSLARI

YOSH OLIMLAR · ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI · Axmadova Farangiz Akmal qizi (in-academy.uz/index.php/yo)

Молодые ученые · 2019

Аннотация

Mazkur maqolada huquqiy taʼlimning ahamiyati, oilaviy zoʻravonlikka qarshi kurashning samaradorligini oshirish yoʻllari hamda ushbu muammolar yechimiga qaratilgan xalqaro va milliy tajriba asosida olib borilgan tadqiqotlar tahlil qilinadi. Shu bilan birga, jamiyatda huquqiy savodxonlikni oshirish va oilaviy muhitda sogʻlom ijtimoiy munosabatlarni shakllantirish boʻyicha amaliy tavsiyalar ham bayon etiladi. Kalit soʻzlar: huquqiy ta'lim, oilaviy zoʻravonlik, huquqiy madaniyat, huquqiy ong, huquqiy tarbiya, jinoyatchilik, oila instituti, xalqaro tajriba, milliy tajriba. Jamiyatda huquqiy taʼlim va oilaviy zoʻravonlikka qarshi kurash masalalari bugungi kunda eng dolzarb muammolardan biriga aylangan. Inson huquqlarini himoya qilish, demokratik qadriyatlarni qaror toptirish va jamiyatda tinchlik hamda totuvlikni mustahkamlashning muhim shartlaridan biri huquqiy savodxonlikni oshirishdir. Ayniqsa, oilaviy muhitda zoʻravonlikning oldini olish masalasi fuqarolar xavfsizligi, yosh avlod tarbiyasi va barqaror oilaviy munosabatlar uchun alohida ahamiyat kasb etadi. Bugungi globallashuv va axborot asrida huquqiy bilimga ega boʻlish shaxsning nafaqat huquqlarini himoya qilishiga, balki davlat va jamiyat qurilishidagi faol ishtirokiga ham zamin yaratadi. Oʻzbekiston Respublikasida huquqiy madaniyatni oshirish, aholining barcha qatlamlarini huquqiy savodxonlikka oʻrgatish davlat siyosatining ustuvor yoʻnalishlaridan biri sifatida eʼtirof etilmoqda. Xususan, 2019-yilda qabul qilingan “Huquqiy madaniyatni yuksaltirish toʻgʻrisida”gi qaror jamiyatda huquqiy savodxonlikni oshirishga xizmat qilmoqda. Oilaviy zoʻravonlik esa nafaqat shaxsiy muammo, balki jamiyat uchun ham katta tahdid hisoblanadi. Zoʻravonlik holatlari bolalarning psixologik rivojlanishiga salbiy taʼsir koʻrsatadi, oilaviy qadriyatlarning yemirilishiga sabab boʻladi va umuman jamiyat barqarorligiga raxna soladi. Shu sababli, oilaviy zoʻravonlikning oldini olish nafaqat huquqiy choralar bilan, balki keng qamrovli profilaktika tadbirlari, tarbiyaviy ishlar va jamiyatdagi ijtimoiy madaniyatni oshirish bilan amalga oshirilishi lozim. Har bir shaxs huquqiy va diniy ilmga ega boʻlsa, uni hayotga tatbiq qila olsa oilaviy zoʻravonliklar sodir boʻlmaydi. Huquqiy va diniy bilimlar shaxsning axloqiy va ijtimoiy xulq-atvorini shakllantirishda muhim ahamiyatga ega. Har bir inson oʻz huquq va burchlarini yaxshi bilsa, shuningdek, dinning odob- axloq, sabr-qanoat, hurmat va mehr-oqibat kabi qimmatli ta'limotlarini hayotiga tatbiq eta olsa, oilaviy nizolar va zoʻravonlik holatlarining oldini olish mumkin. Huquqiy bilim insonga oʻz huquqlarini himoya qilish bilan birga, oilaviy mas'uliyatlarini ham anglashga yordam beradi. Masalan, Oila kodeksida belgilangan ota-onalarning burchlari, er-xotin oʻrtasidagi huquqiy munosabatlar va farzandlar huquqlari haqida xabardorlik turli nizolarning oldini olishga xizmat qiladi. Shu bilan birga, din oilaviy hayotning ajralmas qismiga aylangan jamiyatlarda oila institutining mustahkamlanishida muhim oʻrin tutadi. Masalan, islom dini er-xotin oʻrtasida mehr-oqibat, hurmat va sabr-toqatni targʻib qiladi. Rasululloh (s.a.v.)ning "Eng yaxshilaringiz ayollaringizga yaxshi munosabatda boʻlganlaringizdir" degan hadisi bunga yorqin misoldir. Shunday ekan, huquqiy va diniy bilimlarni hayotga tatbiq etish 56 YOSH OLIMLAR ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI in-academy.uz/index.php/yo orqali nafaqat oilaviy zoʻravonlikning oldini olish, balki sogʻlom va totuv oilaviy muhitni yaratish mumkin. Shu ma'noda, jamiyatda huquqiy savodxonlik va diniy madaniyatni oshirish borasidagi taʼlim-tarbiyaning roli juda katta.Oiladagi zoʻravonlikdan jabrlangan shaxslarga oʻz vaqtida manzilli yordam koʻrsatish va qoʻllab-quvvatlash, himoya qilinishi Oʻzbekiston Respublikasi davlati tomonidan alohida nazoratga olingan. Jumladan, Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni, 2024 yil 21 oktyabrdagi OʻRQ-978-son “Oilaviy (maishiy) zoʻravonlikdan himoya qilish choralari kuchaytirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritish toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni. Oilaviy zoʻravonlikka qarshi kurashda huquqiy taʼlimning ahamiyati juda katta. Bu jarayon jamiyatdagi huquqiy madaniyatni oshirish, zoʻravonlikka nisbatan toqatsizlikni shakllantirish va jabrlangan shaxslarni huquqiy himoya bilan taʼminlashga qaratilgan. Bunda huquqiy taʼlimning ahamiyati katta rol oʻynaydi: 1. Huquqiy xabardorlikni oshirish:  Odamlar oʻz huquqlari va majburiyatlarini bilib oladi.  Zoʻravonlik qurboni boʻlish ehtimolini kamaytiradi.  Jabrlanuvchilar qayerga va qanday murojaat qilish kerakligini bilishadi. 2. Profilaktika va oldini olish  Huquqiy taʼlim orqali zoʻravonlikning salbiy oqibatlari tushuntiriladi.  Oilaviy munosabatlarda huquqiy me'yorlarga rioya qilish zarurati anglashiladi. 3. Huquqiy himoyani taʼminlash:  Jabrlanganlar advokat, ijtimoiy xizmatlar yoki huquqni muhofaza qilish organlariga murojaat qilish qobiliyatiga ega boʻl

Доказательный фрагмент

«Mazkur maqolada huquqiy taʼlimning ahamiyati, oilaviy zoʻravonlikka qarshi kurashning samaradorligini oshirish yoʻllari hamda ushbu muammolar yechimiga qaratilgan xalqaro va milliy tajriba asosida olib borilgan tadqiq…»

Образец извлечения

Демо-превью

Mazkur maqolada huquqiy taʼlimning ahamiyati, oilaviy zoʻravonlikka qarshi kurashning samaradorligini oshirish yoʻllari hamda ushbu muammolar yechimiga qaratilgan xalqaro va milliy tajriba asosida olib borilgan tadqiq… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
huquqiy tarbiya, milliy tajriba., huquqiy ong, huquqiy ta'lim, oila instituti, huquqiy madaniyat, oilaviy zoʻravonlik, xalqaro tajriba, jinoyatchilik
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники