Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
PEDAGOGLARDA KASBIY STRESS VA EMOTSIONAL SO‘NISH HOLATLARINI OLDINI OLISH
YOSH OLIMLAR · ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI · OLDINI OLISH (in-academy.uz/index.php/yo) · Siddiqova Gulchinoy Baxodirovna (in-academy.uz/index.php/yo)
Молодые ученые · 2022
Аннотация
Ushbu maqola pedagoglarda kasbiy stressning sabablari va emotsional so‘nish holatining salbiy oqibatlarini ko‘rib chiqadi. Shuningdek, maqolada olimlarning pedagoglarda kasbiy stressni yengish uchun taklif qiladigan turli xil usullar, jumladan, stressni boshqarish texnikalari, ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, kasbiy rivojlanish va ish joyida sog‘lom muhit yaratish kabi masalalar muhokama qilinadi. Kalit so‘zlar: Kasbiy stress, pedagoglar, stressni boshqarish, ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, kasbiy rivojlanish, ish joyida sog‘lom muhit, kasbiy emotsional so‘nish, pedagoglar, o‘z-o‘zini tarbiyalash. Mamlakatimizda so‘nggi yillarda o‘qituvchi-pedagog kasbiga o‘lgan e’tibor ortib bormoqda. 2022 – 2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi maqsadlarining 44-bandida maktablarda ta’lim sifatini oshirish, pedagogkadrlarning bilimi va malakasini xalqaro darajaga olib chiqish, maktabda faoliyat olib borishi uchun har bir fan bo‘yicha mahalliy yoki xalqaro sertifikatsiya talablarini belgilash, toifaga ega bo‘lmagan maktab o‘qituvchilarining bilim va ko‘nikmalarini diagnostikadan o‘tkazish, umumta’lim maktablarini, ayniqsa, chekka hududlardagi ta’lim maskanlarini oliy ma’lumotli pedagog kadrlar bilan to‘ldirish ishlarini davom ettirish kabi aniq maqsadlar belgilangan. Biz boshdan kechirayotgan bugungi o‘zgarishlar davri aynan iste’dodli va iqtidorli, zehni o‘tkir, mulohazali, yangidan yangi kashfiyotlarga qodir insonlari tarbiyalashni talab qilmoqda va ikkinchi tomondan mustaqillikning o‘zi tub ma’noda ana shunday barkamol avlodni tarbiyalash uchun shart- sharoitlarni yaratib berdi. So‘nggi yillarda pedagogika sohasi xodimi shaxsiga qo‘yiladigan talablar uning kasb malakasi, kasbiy mahorati, kasbiy tayyorgarligi, o‘z kasbining barcha jihatlarini har tomonlama to‘liq va puxta egallagan ustasiga xos sifatlari darajasini oshirib borishni taqozo etadi. Shu o‘rinda ta’kidlash joizki, kasb malakasi, kasbiy mahorat, kasbiy tayyorgarlik darajasi, kasb ustasi kabi tushunchalarning har biriga psixologik ta’rif va izoh keltirilgan. Shu bilan birga mazkur tushunchalarning mazmun-mohiyati bir-biriga juda yaqin va umumiy o‘zakka ega ekanligini hisobga olgan holda ularni umumlashtirib ifodalovchi tushuncha sifatida professionalizm deb nomlash maqsadga muvofiq ekanligi juda ko‘p mualliflar tomonidan e’tirof etiladi. Pedagogika fani uchun fundamental xarakterga ega bo‘lgan pedagogning amaliy faoliyati, avvalambor, psixik aks ettirish orqali taqozo etilgan hayot birligi bo‘lib, uning haqqoniy funksiyasi shundaki, u subyektni predmetli dunyoda yo‘naltiradi. Boshqacha qilib aytganda faoliyat – bu reaksiya emas, balki qurilish, o‘z ichki o‘tishlari va aylanishlari, o‘z rivojlanishiga ega tizimdir[7]. Mehnat faoliyatining muvaffaqiyatli kechishi, shaxslararo munosabatlarda xulq- atvorning namoyon bo‘lishi ijobiy psixologik holat sifatida baholansa, emotsiya va hissiyotning barqaror, maqsadga yo‘nalgan tarzda hukm surish ehtimoli e’tirof etiladi. His-tuyg‘ularning 76 YOSH OLIMLAR ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI in-academy.uz/index.php/yo barqarorligi, mustahkamligi, mukammalligi sifatlarining mavjudligi ularning dinamik stereotiplar toifasiga aylanganligidan dalolat beradi, faoliyat va xulqni shaxs tomonidan ongli rvishda boshqarish uslubi shakllanganligini bildiradi. Tabiatning tarkibiy qismlari va jamiyatning a’zolari bilan turli shakldagi, har xil xususiyatli munosabatga kirishishi, ular bilan muomala qilish maromlarini davriy (muvaqqat tarzda) o‘zgarishini vujudga keltiradi. Ana shu o‘zgarish tufayli muvaffaqiyat va muvaffaqiyatsizlik, omad va omadsizlik, optimizm va pessimizm, romantika va realiya, simpatiya va antipatiya, progress va regress, jo‘shqinlik va tushkunlik, faollik va sustlik kabi ijobiy va salbiy ruhiy hodisa kelib chiqadi[8]. Pedagoglar jamiyatda muhim rol o‘ynaydi va bolalarning ta’lim va tarbiyasiga bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Biroq, ularning kasbiy faoliyati ko‘pincha yuqori stress darajasi bilan bog‘liq. O‘quvchilarning turli xil ehtiyojlari, ota-onalar bilan muloqot, ma’muriy vazifalar va moliyaviy qiyinchiliklar pedagoglarni doimiy stress holatida saqlashi mumkin. Kasbiy stress - bu kasbiy faoliyat bilan bog‘liq bo‘lgan hissiy-salbiy va ekstremal omillarning uzoq muddatli intensiv ta’siri natijasida xodimda yuzaga keladigan stress holati. Kasbiy stress ish samaradorligining pasayishi, ichki noqulaylikning kuchayishi, pedagogik faoliyat bilan bog‘liq ijtimoiy motivlarning yo‘qolishi, o‘z-o‘zidan va faoliyatdan norozilik, psixosomatik kasalliklar va depressiv holatlarda namoyon bo‘ladi. Bugungi kunda pedagoglar faoliyati psixogen, intellektual, hissiy tarangliklarga boy. Chunki, kundalik hisobotlar, murabbiylik faoliyati bilan bog‘liq masalalar, pedagogik jamoadagi rahbar-xodim munosabatlaridagi muammolar pedagoglarning pedagogik ijod bilan shug‘ullanishiga vaqt qoldirmaydi, bu ham ruhiy, ham jismoniy charchoq, zo‘riqishlarga olib keladi[3]. Pedagogik xodimlarning salomatligi va ularning pedagogik
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqola pedagoglarda kasbiy stressning sabablari va emotsional so‘nish holatining salbiy oqibatlarini ko‘rib chiqadi.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqola pedagoglarda kasbiy stressning sabablari va emotsional so‘nish holatining salbiy oqibatlarini ko‘rib chiqadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Kasbiy stress, ish joyida sog‘lom muhit, kasbiy emotsional so‘nish, pedagoglar, stressni boshqarish, o‘z-o‘zini tarbiyalash., kasbiy rivojlanish, ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Диссертации и авторефератыYusupov Kuanıshbay Baltabayevich2026
МонографииK.J.Murodov2026