К содержанию
РецензированоUZ2026

“UZOQ MUDDAT DAVOLANISHGA MUHTOJ BO‘LGAN BOLALAR UCHUN TA’LIM MUHITINI YARATISHDA OTA-ONALAR BILAN HAMKORLIK”

YOSH OLIMLAR · ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI · Alimova Nigora Israilovna (in-academy.uz/index.php/yo) · Abdullayev Aziz Xabibullayevich (in-academy.uz/index.php/yo)

Молодые ученые · 31 · 2026

Аннотация

Ushbu maqola uzoq muddatli kasalliklarga duch kelgan bolalar uchun ta’lim muhitini yaratishda ota-onalar bilan hamkorlikning ahamiyatini muhokama qiladi. Maqolada ota-onalar va o‘qituvchilar o‘rtasidagi samarali aloqa, bolaning ehtiyojlarini aniqlash, o‘quv jarayonini moslashtirish va bolaning ruhiy va ijtimoiy farovonligini qo‘llab-quvvatlash kabi muhim jihatlar ko‘rib chiqiladi. Kalit so‘zlar: Uzoq muddatli kasalliklar, ta’lim muhiti, ota-onalar bilan hamkorlik, bolaning ehtiyojlari, o‘quv jarayonini moslashtirish, ruhiy va ijtimoiy farovonlik. Bugungi ma'ruzamizning mavzusi - uzoq muddatli kasalliklarga duch kelgan bolalar uchun ta'lim muhitini yaratishda ota-onalar bilan hamkorlikning ahamiyati. Biz hammamiz bilamizki, uzoq muddatli kasalliklar bolaning hayotini tubdan o‘zgartirishi mumkin. Davolanish jarayoni, shifoxonalarga borish, cheklangan jismoniy faoliyat va ijtimoiy hayotning pasayishi bolaning o‘qishga bo‘lgan qiziqishini va o‘ziga bo‘lgan ishonchini pasaytirishi mumkin. Ushbu qiyinchiliklarni yengish va bolaning o‘qish jarayonini davom ettirishi uchun ota- onalar bilan hamkorlik muhimdir. Bugungi kunda O‘zbekistonda Bolalar onkologiyasi, gematologiyasi va immunologiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markazida Makatabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi “Mehrli maktab” davlat ta’lim muassasasi faoliyat yuritib kelmoqda. Ushbu maktab uzoq muddat davolanishga muhtoj bo‘lgan bolalarga ta’lim va tarbiya xizmatlarini koʻrsatadi. Maktabda ta’lim muhitini yaratishda ota-onalarning ishtiroki va ular bilan hamkorlik muhim ahamiyatga ega. Chunki, uzoq muddat davolanishda bo‘lgan bolalar doimiy ravishda, asosan, ota-onalari yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar hamrohligida bo‘ladi. Uzoq muddatli kasalliklar bolaning ta’lim jarayoniga jiddiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Davolanish jarayoni, shifoxonalarga borish, cheklangan jismoniy faoliyat va ijtimoiy hayotning pasayishi bolaning o‘qishga bo‘lgan qiziqishini va o‘ziga bo‘lgan ishonchini pasaytirishi mumkin. Ushbu qiyinchiliklarni yengish va bolaning o‘qish jarayonini davom ettirishi uchun ota-onalar bilan hamkorlik muhimdir. Davolanayotganlar tibbiyot muassasalarida bo‘lib turgan vaqtda davolovchi shifokor xulosasiga ko‘ra ota-onalar yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar (keyingi o‘rinlarda — ota- onalar) roziligi bilan umumiy o‘rta ta’limga jalb qilinadi. Bunda, o‘quvchilar davolanishga kelgan kundan boshlab uch kun mobaynida davolovchi shifokorning umumiy o‘rta ta’limga jalb etish bo‘yicha xulosasi beriladi. 80 YOSH OLIMLAR ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI in-academy.uz/index.php/yo Davolovchi shifokorning ijobiy xulosasi va ota-onalarning yozma roziligi Mehrli maktabga taqdim etiladi. Davolanayotganlarni o‘qitish muddati davolovchi shifokorlarning tibbiy ko‘rsatmalariga muvofiq ota-onalar roziligi bilan belgilanadi. Quyidagi usullar orqali ota-onalar bilan samarali hamkorlikni yo‘lga qo‘yish mumkin: 1. Ota-onalar va pedagog xodim hamkorligi. Tibbiyot muassasasiga davolanishga kelgan bolani Mehrli maktabga jalb qilish uchun ariza va individual ta’lim ehtiyojlari xaritasi to‘ldiriladi. Bunda: a) Bolaning ismi, familiyasi, otasining ismi, tug‘ilgan vaqti, yashash manzili; b) ta’lim olayotgan maktabi, sinfi, ta’lim tili va sinf rahbari; c) davolovchi shifokori va kasallik tashxisi; d) qancha vaqt maktab borganligi va ta’lim shakli; e) sog‘ligi bo‘yicha qo‘yilgan cheklovlar; f) qiziqishlari; g) psixolog va logoped xizmatiga muhtojligi kabi ma’lumotlari o‘rganiladi. 2. Ota-onalar va psixolog hamkorligi. Ilk marotaba onkologik va gemotologik kasllikka chalingan bola va uning ota-onasi ruhiy tushkunlik va qo‘rquv holatiga tushishi tez-tez kuzatiladi. Bunday vaziyatdagi bola va uning ota-onasi ta’lim olishni rad etishadi. Bu holatda psixolog yordami kerak bo‘ladi. Ota-onalar bolaning kasalligi, davolanish jarayoni va o‘quv ehtiyojlari haqida eng yaxshi ma'lumotga ega shaxslardir. Ular o'qituvchilar bilan bolaning o‘quv jarayonini moslashtirish uchun birgalikda ishlashi mumkin. Ota-onalar bolaning o‘quv jarayonini uning jismoniy va ruhiy holatiga moslashtirishda yordam beradi. Masalan, ular o‘qituvchilar bilan bolaning o‘quv jadvalini o‘zgartirish, o‘quv materiallarini moslashtirish yoki qo‘shimcha yordam berish haqida muhokama qilishlari mumkin. Ular bolaning ruhiy va ijtimoiy farovonligini qo‘llab-quvvatlashda muhim rol o‘ynaydi. Farzandining o‘ziga bo‘lgan ishonchini oshirish, o‘qishga bo‘lgan qiziqishini saqlab qolish va ijtimoiy hayotini davom ettirishga yordam beradi. Bolani ta’limga jalb qilishda ota-onaning qo‘llab-quvvatlashi muhim ahamiyatga ega. Uzoq muddat davolanishga muhtoj bo‘lgan bolalar jamiyatning to‘laqonli a’zosi sifatida ta’lim olish huquqiga ega. Ularning jismoniy va ruhiy holatini inobatga olgan holda ta’lim jarayonini samarali tashkil etish muhim vazifalardan biridir. Bunda pedagog va ota-onalarning o‘zaro hamkorligi asosiy o‘rin tutadi. Ota-ona pedagog xodim va o‘quvchi o‘rtasida ko‘prik vazifasini ham bajaradi. Ma’lumki, odatdagi davlat

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqola uzoq muddatli kasalliklarga duch kelgan bolalar uchun ta’lim muhitini yaratishda ota-onalar bilan hamkorlikning ahamiyatini muhokama qiladi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqola uzoq muddatli kasalliklarga duch kelgan bolalar uchun ta’lim muhitini yaratishda ota-onalar bilan hamkorlikning ahamiyatini muhokama qiladi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Uzoq muddatli kasalliklar, ruhiy va ijtimoiy farovonlik., ta’lim muhiti, bolaning ehtiyojlari, o‘quv jarayonini moslashtirish, ota-onalar bilan hamkorlik
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники