К содержанию
РецензированоUZ2026

AVTOTRANSPORT VOSITALARIDAN TEXNIK FOYDALANISH VA EKSPLUATATSION XUSUSIYATLARI.

EKSPLUATATSION XUSUSIYATLARI. · Tog‘ayev Javlonbek Shuhrat o‘g‘li · O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari

Исследования в области технических наук в Узбекистане · 2026

Аннотация

To sum up the essence of this article, I would like to summarize the essence of the management and direction system of the motor vehicle complex with economic relations and the continuous improvement of the regulatory and legal bases that ensure the acceleration of the motor transport activities and types of transport, the acceleration of innovation and investment policy in it, and the activities that ensure the process of using motor vehicles in the use of motor vehicles, including the activities aimed at keeping motor vehicles in a state of technical operability. includes. In addition, you can find out what characteristics the ATV has so that the probability of traffic accidents is as low as possible. Key words: labor, opportunity, transportation, specialist, technology, technique, operation, innovation, investment, use, road, transport, production, creation, economy, loads, transport, costs, relationship, decline, rise, use, construction, car, vehicle. 40 ASOSIY QISM Avtomobil transporti davlat iqtisodiyotini muvaffaqiyatli rivojlanishini harakatga keltiruvchi kuchlarning muhim tarkibiy qismidan biridir. Avtomobil transporti nafaqat iqtisodiy, balki strategik ahamiyatga ham ega. Avtomobil transporti o’z vazifalarni bajarishda o’ziga xos fazilatlarni ishga soladi: • yuklarni aniq grafik bo’yicha yetkazib berish imkoniyati; • yuklarni yuqori tezlik bilan tashish; bu esa aylanma mablag’larga talabni kamaytiradi va kapital aylanishini tezlashtiradi; • yuklarni iste’molchining talabiga binoan mayda partiyalarda yetkazib berish imkoniyati; • yuklarni tashishda tezkorlik. Avtotransport kompleksini takomillashtirish transport xarajatlarini pasaytirish va raqobatbardoshlikni oshirishga zamin yaratadi. Iqtisodiy munosabatlar bilan avtotransport kompleksining boshqarish va yo’naltirish tizimini izchil takomillashtirish hamda avtomobil transporti faoliyati va transport turlarining o’zaro munosabatlari, undagi innovatsiya va invetsitsiya siyosatini jadallashtirishni ta’minlaydigan me’yoriy-xuquqiy bazani tobora takomillashtirish sodir bo’lmoqda. Avtotransport kompleksini boshqarish va yo’naltirish tizimini iqtisodiy munosabatlar bilan ischil takomillashtirish hamda avtomobil transporti faoliyati va transport turlarining o’zaro munosabatlari, undagi inovatsiya va investistiya siyosatini jadallashtirishni ta’minlaydigan me’yoriy- huquqiy ba’zani tobora takomillashtirish sodir bo’lmoqda. Yuk oqimlari O’zbekiston Respublikasi orqali o’tishini hisobga oladigan istiqbolli xalqaro transport yo’laklari shakllanayapti, o’zbek avtoyuk tashuvchilarining xalqaro transport kommunikastiyalaridan foydalanish imkoniyatlari kengayib borayapti va multimodal yuk tashishlar rivojlanayapti. Avtotransportning barqaror rivojlanishi sertifikatsiyalash tizimini takomillashtirish, yangi texnika, diagnostika va ta’mirlashning ilg’or texnologiyasini tatbiq etish, avtotransport vositalari parkini yangilash, avtoyuktashish xavfsizligini tekshirish va nazorat qilishning izchil mexanizmini kuchaytirish bilan bog’liq. Ishlarning samaradorligi ijtimoiy himoya va kadrlar bilan ishlash siyosatining samaradorligiga, mehnatni va atrof muhitni muhofaza qilish tadbirlarini takomillashtirishga bog’liq. Avtotransport vositalaridan foydalanish transport vositalarini ishlatish jarayonini ta’minlaydigan, shu jumladan, avtotransport vositalarini texnik ishga layoqatli holatda tutib turishga yo’naltirilgan tadbirlar majmui (kompleksi)dir. Texnik foydalanish resurslarni oqilona sarf qilib, avtotransport vositalarini ishga layoqatli holatda tutib turishdan iboratdir. Texnik foydalanish konstrukstiyalash va ishlab chiqarishda ko’zda tutilgan yuk tashish jarayoni imkoniyatlarini, iqtisodiy maqsadga muvofiqligini e’tiborga 41 olgan holda, yo’lovchilarni va yuklarni tashishda muntazamlilikni va xavfsizlikni ta’minlashga yo’naltirilgan. Texnik foydalanish yana quyidagilarni ko’zda tutadi: • mehnat va moddiy resuslardan oqilona foydalanib, avtomobilni ishga layoqatli holatda tutib turish; • harakatdagi tarkibning tavsiflarini ekologik xavfsizlik va harakat xavfsizligi sharoitlariga muvofiqligini ta’minlash; • xodimlarga me’yoriy hujjatlarda ko’rsatilgan talablarga mos ish sharoiti yaratish va ularni yangi zamonaviy ishlab chiqarish texnologiyalari hisobiga bundan keyin ham yaxshilash. Avtomobil transporti korxonasi xodimlarining malakasini oshirish, xizmatchilar mehnatini maqsadga muvofiq rag’batlantirib borish, kadrlarni rivojlantirish siyosati kompaniyaning bozordagi muvaffaqiyatini ta’minlaydi. Zamonning yangi talablaridan biri – transport vositalaridan texnik foydalanish sifatini boshqarish tizimini joriy etishdir. Avtotransport vositalaridan texnik foydalanish-jo’shqin o’zgaruvchi tarmoq. Texnik foydalanishning hozirgi holatiga avtotransport vositalari konstrukstiyasining o’zgarishlari, birinchi navbatda, mustahkamligini oshirish, be vosita o’rnatilgan diagnostika vositalari bilan to’la ta’min etish, mikroprostessor texnikasini keng qo’llash katta ta’sir o’tkazadi.

Доказательный фрагмент

«To sum up the essence of this article, I would like to summarize the essence of the management and direction system of the motor vehicle complex with economic relations and the continuous improvement of the regulatory…»

Образец извлечения

Демо-превью

To sum up the essence of this article, I would like to summarize the essence of the management and direction system of the motor vehicle complex with economic relations and the continuous improvement of the regulatory… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
labor, opportunity, transportation, specialist, technology, technique, transport, avtomobil, ishlatish, mutaxasis, ko‘tarilish, munosabat, vosita., xarajatlar, avtotransport, texnika, imkoniyat, ishlab chiqarish, investitsiya, tashish, pasayish, mehnat, yuklar, yo‘l, innovatsiya, yaratish, foydalanish, texnologiya, ekspluatatsiya, konstruksiya, iqtisodiyot
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники