Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
FRANSUZ TILIDA SODDA PREDLOGLARNING QO’LLANILISHI
Sh.Q. Xolmanova · S. Abdurashidova
Современная наука и исследования · 4 · 2025
Аннотация
This article analyzes simple prepositions in French and their use. Prepositions provide connections between words and are used to express various relationships within a sentence, such as place, time, reason, purpose, means, and possession. The article explains the meanings of the most commonly used prepositions and their use in context. Keywords: prepositions, simple prepositions, and grammatical rules. ИСПОЛЬЗОВАНИЕ ПРОСТЫХ ПРЕДЛОГОВ ВО ФРАНЦУЗСКОМ ЯЗЫКЕ Аннотация. В данной статье анализируются простые предлоги во французском языке и их употребление. Предлоги обеспечивают связь между словами и используются для выражения различных отношений в предложении, таких как место, время, причина, цель, средства и принадлежность. В статье объясняются значения наиболее употребительных предлогов и их использование в контексте. Ключевые слова: предлоги, простые предлоги и грамматические правила. Har qanday til oʻzining aniq grammatik qoidalari bilan ajralib turadi. Fransuz tilida bu qoidalar orasida predloglarning oʻrni alohida ahamiyatga ega. Predloglar yordamchi soʻz boʻlib koʻmakchilar kabi gapda soʻzlarni bir - biri bilan bogʻlash va ularning oʻzaro munosabatlarini koʻrsatish uchun hizmat qiladi. Fransuz tilida kelishiklar yoq biron - bir otlar turlanmaydi va kelishik qoʻshimchalarining ma'nosi turli predloglar yordamida ifodalanadi. Predlog yordamchi so’z bo’lib, ko’makchilar kabi gapda so’zlarni bir-biri bilan bo’glash va ularning uzaro munosabatini ko’rsatish uchun xizmat kiladi. 1 10 0 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2025 VOLUME 4 / ISSUE 2 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ Fransuz tilida kelishiklar yo’q, binobarin otlar turlanmaydi va kelishik qo'shimchalarining ma'nosi turli predloglar yordamida ifodalanadi.1. Fransuz tili grammatikasi jihatdan murakkab tuzilishga ega boʻlib undagi predloglar gap tarkibidagi soʻzlar orasidagi munosabatni belgilovchi muhim elementlardan biri hisoblanadi. Sodda predloglar (les prépositions simples) tarkib jihatdan bitta soʻzdan iborat boʻlib, ular sintaktik bogʻlovchi va semantik aniqlovchi vazifasini bajaradi. Shuningdek P. Grevisse "Le Bon Usage" asarida fransuz predloglarini togʻri qoʻllash qoidalari yoritib sodda predloglarning nutq tuzilishdagi ahamiyatini koʻrsatgan2. Predloglar o‘zgarmas so ‘z turkumi bo’lib, gapda so’zlarning bog’lanishiga xizmat qiladi va so’zlar orasidagi turli munosabatlarni bildiradi. Fransuz tilida predloglarning roli rus tilidagi predloglanikiga qaraganda ancha kattadir, chunki fransuz tilida kelishik qo‘shimchalari mavjud bo’maganligi sababli, ular o ‘zbek va rus tillaridagi kelishik qo‘shimchalari o ‘rnini egallaydi va ko‘pincha ular o‘zbek va rus tillariga tarjima qilinmaydi3. Masalan, Bu kutubxonaning eshigi - C'est la porte de la bibliothèque. Il passe le livre àson ami - U kitobni do'stiga uzatdi. Fransuz tilida sodda predloglar Sodda predloglar (Les prépositions simples) bitta soʻzdan iborat boʻlib gap tarkibida soʻzlar orasidagi munosabatni belgilaydi. Ular maʼno jihatidan turli guruhlarga boʻlinadi va gap tarkibida muhum grammatik rol oʻynaydi. Agar predloglar notoʻgʻri yoki umuman ishlatilmasa gapning mazmuni buzilishi yoki noaniq boʻlib qolishi mumkin. -les prépositions de lieu bu predloglar biror narsaning joylashuvi yoki yoʻnalishini bildiradi. 1.À predlogi da, ga, tomon ma’nosida ishlatiladi. Fransuz tilida kelishik qo'shimchalari bo'lmaydi, ularning o'rnida esa predloglar ishlatiladi, à predlogi jo‘nalish kelishigi qo‘shimchasi - ga va o‘rin-payt kelishigi qo‘shimchasi - da ni ifodalaydi4. Je vais à l'école - Men maktabga ketyabman. 1 M. Boboxonov, Fransuz tilida predloglarning qo‘llanilishi. Fransuz tili grammatikasi fanidan o’quv-uslubiy qo’llanma Namangan – 2010. 5-b 2 Le Petit Grevisse: grammaire française. Grevisse, Moris, Bruxelles – 2015, 245.b 3 A.E.Mamatov, M.M.Mirxoliqov, A.S.Asqarov – FRANSUZ TILINING AMALIY GRAMMATIKASI, Toshkent.2015, S.136 4 A.E.Mamatov, M.M.Mirxoliqov, A.S.Asqarov – FRANSUZ TILINING AMALIY GRAMMATIKASI, Toshkent.2015, S.138 1 10 1 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2025 VOLUME 4 / ISSUE 2 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ à predlogi harakat yoʻnalishini bildiradi. Agar bu predlog ishlatilmasa, gap noaniq boʻlib qoladi. Sur - ustida Le livre est sur la table - Kitob stol ustida. Sur predlogi kitobning joylashuvini bildiradi. Dans - ichida Il y a un stylo dans la boîte - Qutining ichida ruchka bor. Dans predlogi ruchkaning joyini aniq bildiradi. Sous - ostida Le tapis sous la table – Gilam stolning ostida Entre – orasida, faqat ikkita narsaning orasida degan ma’noni anglatadi. Le tableau est entre deux fenêtres – kartina ikki derazaning orasida Fransuz tilida sodda predloglar (Les prépositions simples) gapdagi soʻzlar oʻrtasidagi bogʻliqlikni ifodalovchi muhum unsirlardan biridir. Ular joylashuv, yonalish, sabab, vaqt va boshqa munosabatlarni bildiradi. Masalan à( da, ga ) de ( dan ning) en ( ichida, da) avec ( bilan) kabi
Доказательный фрагмент
«This article analyzes simple prepositions in French and their use.»
Образец извлечения
Демо-превьюThis article analyzes simple prepositions in French and their use. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- prepositions, simple prepositions, and grammatical rules, predloglar, sodda predloglar va grammatik qoidalar.
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Диссертации и авторефератыYusupov Kuanıshbay Baltabayevich2026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025