К содержанию
РецензированоRU2025

IPAK YO‘LIDAGI QADIMGI SOʻGʻDLAR

Rong Xinjiang · Hebibulla Tursun

Современная наука и исследования · 4 · 2025

Аннотация

This article talks about the Sogd tribe formed in Central Asia and their spread along the Great Silk Road, their place in the historical development, culture, art and ethnic development of the Chinese people. Key words: history, Great Silk Road, ethnic development, Zoroastrianism, Sogdian, Sabao, Sarcophagus, Epitaph. ДРЕВНИЕ СОГДИЙЦЫ НА ШЕЛКОВОМ ПУТИ Аннотация. В статье говорится о племени согдийцев, образовавшемся в Средней Азии, и их распространении по Великому Шелковому пути, их месте в историческом развитии, культуре, искусстве и этническом развитии китайского народа. Ключевые слова: история, Великий Шелковый путь, этническое развитие, зороастризм, Согдийец, Сабао, Саркофаг, Эпитафия. Rong Xinjiang(荣新江, Pekin Universitetining tarix kafedrasi va qadimgi Xitoy tarixi tadqiqot markazi professori, Xitoy Taʼlim vazirligining Changjiang olimlari boʻyicha taniqli 1 04 9 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2025 VOLUME 4 / ISSUE 2 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ professori, Britaniya Akademiyasi (FBA) muxbir aʼzosi, Xitoy Dunhuang-Turpan jamiyati prezidenti va Pekin Universiteti tarix bo'limi ilmiy qo‘mitasi direktori. Uning “Xo‘tan tarixining tsenzurasi”, “Guyi qo‘shini tarixi bo‘yicha tadqiqotlar”, “Chet eldagi Dunhuang va Turpan hujjatlari haqida ma’lumot”, “Dunhuangshunoslik bo‘yicha o‘n sakkizta ma’ruza”, “Zhang Tsiandan Mark Pologʻacha: Ipak yo‘lidagi o‘n sakkiz ma’ruza” va boshqa asarlari muallifidir. Uning asosiy ilmiy yoʻnalishlari Xitoy-tashqi munosabatlar tarixi, Ipak yoʻli, Sui va Tang sulolalari tarixi, Oʻrta Osiyo tarixi, Dunhuang-Turpanshunoslik va boshqalar. Xitoy tarixiy maʼlumotlarida soʻgʻdlar gʻuz, soʻgʻdiy va boshqa nomlar bilan mashhurdirlar. Etnik jihatdan ular Eron ulusiga mansub qadimiy Markaziy Osiyo xalqi; til jihatidan Hind- Evropa tillari oilasiga mansub eroniy tillar oilasining Sharqiy Eron boʻlimida, yaʼni soʻgʻd tilida soʻzlashgan; ularning yozuvlari Oromi yozuvlaridan foydalaniladi, hozir keng tarqalgan. So‘g‘d yozuvi nomi bilan mashhurdir. So‘g‘diylarning vatani Zarafshon daryosi havzasi, Sir va Amudaryo oralig‘ida royunlar go‘shasida joylashgan bo‘lib, G‘arb mumtoz adabiyotida So‘g‘diyona mintaqasi (So‘g‘diyona) deb ataladi. Uning asosiy hududi: hozirgi Oʻzbekistondan Tojikiston va Qirgʻizistonning bir qismiga to‘g‘ri keladi. So‘g‘d viloyatidagi katta-kichik vohalarda turli o‘lchamdagi shahar-davlatlar tarqalgan. Ular orasida markazi esa Samarqand bo‘lgan, Kangiya davlati eng yirik hisoblanadi. Ko‘pincha So‘g‘d shahar-davlatlarining vakili hisoblanadi. Bundan tashqari, markazi Buxoroda joylashgan Buhara davlati ham nisbatan yirik So‘g‘d podsholigi edi. Shuningdek, Sutrushana/Ushrusanada Sutrushana davlati, Kaputana /Kedudda orta Sutrushana davlati, Ishitixonda g‘arbiy Sutrushana davlati, Maymurgda Merv davlati, Kushanikada Qay davlati, Nakhshabda Kesh /Kash davlati, Shashda Choch davlati va boshqalar mavjud. turli davrlarda boʻlingan va birlashtirilgan boʻlishi mumkin. Milodiy III asrdan eramizning X asriga qadar koʻp sonli soʻgʻdiylar tadbirkorlik va sovda bilan shugʻullanib, Xitoyga kirib, shaharlar atrofida yoki Ipak yoʻli boʻyidagi shaharlar oʻrtasida bir qator sugʻdiy aholi punktlarini qurgʻanlar. So‘g‘diylar bilan birga yana boshqalar urug‘ vakillari ham Xitoyga kirgan, masalan, toxarlar, turkiylar va boshqalar. Bir paytlar men Xitoy tarixi kitoblarini, turli joylardan topilgan Xitoy va Eron hujjatlarini, Xitoy tosh o‘ymakorligi va boshqa materiallarni to‘plagan edim, ular Tarim havzasi bo‘ylab Tang sulolasining poytaxti Chang‘anga yoki Luoyangga kelganlikini tasvirlaydi. 1 05 0 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2025 VOLUME 4 / ISSUE 2 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ Shuningdek, Shansi va Hebeydan, sharq-shimolida Yingzhou (xozirgi Pekin) mintaqasigacha soʻgʻd aholi manzilgohlari topilgan. Ushbu aholi manzilgohlarini bir-biriga bog‘lab turgan, biz so‘g‘diylar sharqqa tomon olib borgan Ipak yo‘lini aniq belgilashimiz mumkin. Bu yo‘l G‘arbiy hududlarning shimoli yo‘nalishiga ham cho‘zilgan degan taxminlar ham yo‘q emas. So‘g‘d aholi punktlarining kundalik hayoti va diniy madaniyati. Xitoy tarixiy hujjatlarini solishtirsak, biz So‘g‘d manzilgohlaridagi ko‘plab real kundalik hayotni yorqin izlarini payqashimiz, shuningdek, ularning dini, madaniy e’tiqodlari haqida ham ma’lumotlarga duch kelishimiz mumkin. Hujjatlarda qayd etilishicha, So‘g‘d aholi manzillarining rahbari “Sabao” deb atalgan. Bizgacha etib kelgan tarixiy yodgorliklarda, sur’atlarda Sabaoga o‘xshagan bosh qahramon bor. U o‘rtadagi tosh lavhaga, uyda o‘tirib, xotini bilan ziyofat qilayotgani tasvirlangan. O‘ng tomonda uning yuqori qismida turkiy yetakchilar bilan uchrashgani, pastki qismida esa turklar va so‘g‘dlar ittifoq tuzayotgani tasvirlangan. Tasvirlar orasida Sabaoning so‘g‘d, turk va xan mehmonlari bilan uchrashishi yoki turkiy, fors va hind qirollarining ov qilayotgani tasvirlari mavjud. Bu Sabaoning xuzuriga dunyoning tur

Доказательный фрагмент

«This article talks about the Sogd tribe formed in Central Asia and their spread along the Great Silk Road, their place in the historical development, culture, art and ethnic development of the Chinese people.»

Образец извлечения

Демо-превью

This article talks about the Sogd tribe formed in Central Asia and their spread along the Great Silk Road, their place in the historical development, culture, art and ethnic development of the Chinese people. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
history, Great Silk Road, ethnic development, Zoroastrianism, Sogdian, Sabao, Zardo‘shtiylik, Sarkofag, So‘g‘d, tarix, etnik taraqqiyot, Epitafiya., Buyuk Ipak yo‘li
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники