Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
BO‘LAJAK O‘QITUVCHILARNING MA’NAVIY KOMPETENTLIGINI RIVOJLANTIRISHDA AKSEOLOGIK QADRIYATLARNING O‘RNI VA AHAMIYATI
Hakimov Akmalbek Qahramonovich
Современная наука и исследования · 2 · 2026
Аннотация
This article specifically addresses the development of spiritual competence in future primary school students, as well as the content and essence of axeological values in the development of this competence. The article also discusses the concept of "axeology" and its content and essence. Keywords: perfection, enlightenment, axeological approach, folk pedagogy, value, national value. РОЛЬ И ЗНАЧЕНИЕ АКСИОМАТИЧЕСКИХ ЦЕННОСТЕЙ В РАЗВИТИИ ДУХОВНОЙ КОМПЕТЕНТНОСТИ БУДУЩИХ УЧИТЕЛЕЙ Аннотация. В данной статье рассматривается развитие духовной компетентности у будущих учащихся начальной школы, а также содержание и сущность аксиоматических ценностей в развитии данной компетентности. В статье также рассматривается понятие «аксиология» и его содержание. Ключевые слова: совершенство, просвещение, аксиоматический подход, народная педагогика, ценность, национальная ценность. Kirish: Inson kamolotga yetishida, uning kamol topishda tarbiyaning o‘rni va ahamayati juda muhim hisoblanadi. Bugungi kunda juda tezlik bilan rivojlangan davrda o‘qituvchning har tomonlama yetuk ma’naviyatli, yuksak salohiyatga ega bo‘lgan kadrlar qilib tarbiyalashimiz uchun ularni har tomonlama kamol topishi uchun va kelajak avlodga ta’lim beradigan salohiyatli qilib tarbiyalashimiz zarur hisoblanadi. Shuningdek ma’naviy-ma’rifiy faoliyat bo‘lajak o‘qituvchi kasbiy faoliyatining tarkibiy qismi hisoblanishi barchamizga sir emas albatta. 1345 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 2 Oliy ta’lim muassasalarida o‘qitiladigan ijtimoiy-gumanitar va umumkasbiy fanlar mazmuniga ma’naviy-ma’rifiy faoliyatning mazmuni, shakl va usullari singdirilgan. Ijtimoiy- gumanitar fanlar orqali talabalarning intellektual madaniyati rivojlantiriladi, jamiyat haqida ilmiy-innovatsion fikrlash qobiliyatlari shakllantiriladi. Oliy ta’lim muassasalari Davlat ta’lim standartlariga asosan ijtimoiy-gumanitar fanlarni o‘qitishdan ko‘zlangan amaliy maqsad – talabalar olgan bilimlarini amalda qo‘llay olishga o‘rgatish, ya’ni talabalarda kasbiy kompetensiyalar rivojlanishini ta’minlashdan iboratdir. Asosiy qism: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2023-yil 19- sentabrda Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 78-sessiyasidagi nutqida butun jahondagi ikki milliarddan ortiq yosh avlod vakillarining insoniyat taraqqiyotida muhim o‘ringa ega bo‘layotgani va yoshlar omilining alohida e’tiborni talab qilayotgani haqidagi fikri nihoyatda muhim ahamiyatga ega ekanligi barchamizga sir emas. Yurtboshimizning ushbu anjumanda ta’kidlaganidek, «…diyorimiz jahon ilm fani rivojiga beqiyos hissa qo‘shgan, islomni ilm- ma’rifat va tinchlik dini sifatida namoyon etgan Al-Xorazmiy, Beruniy, Ibn Sino, Imom Buxoriy, Mirzo Ulug‘bek, Alisher Navoiy singari ulug‘ alloma va mutafakkirlar vatani ekani bilan haqli ravishda faxrlanamiz, shu bilan birga zamonaviylashuv jarayonlarida inson kapitalini rivojlantirish va har tomonlama iqtidorli bo‘lgan salohiyatli kreativ yosh avlodni tarbiyalash – O‘zbekiston o‘z oldiga qo‘ygan strategik vazifalardan biri hioblanadi. Biz huquqiy, dunyoviy, demokratik va ijtimoiy davlat bo‘lmish Yangi O‘zbekistonni barpo etish siyosatini qat’iy davom ettirmoqdamiz. Mamlakatimiz «Inson qadri va manfaatlari uchun» degan ezgu g‘oya asosida demokratiya va adolat tamoyillarini mustahkamlashga qaratilgan tub islohotlar yo‘lidan dadil ilgari bormoqda. Yuqoridagi dolzarblikni inobatga olgan holda bugungi kunda ta’limdagi qadriyatlarni rivojlantirish va bevosita bu orqali yurtimizdagi pedagoglarni ma’naviy kompetentligiga bevosita e’tibor qaratishimiz zarur va shartdir. Bugungi kunda milliy ta’lim tizimimizda tarbiya va unga bogʻliq jarayonlarga yangicha sogʻlom pedagogik tafakkurga tayangan holda yondashuvlarga asoslangan holda tarbiyaning milliyligiga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Bunda ajdodlar merosidan samarali foydalanish, xalq pedagogikasi boyliklari, oʻzbek mutafakkirlarining pedagogik qarashlarini sinchikovlik bilan oʻrganish natijasida Oʻzbekiston pedagogikasi fani va amaliyotida oila tarbiyasining ham, ijtimoiy tarbiyaning ham oʻziga xos oʻrni borligi tan olina boshlandi. Shaxs ma’naviyatining asosiy omili bo‘lgan tarbiyaga zamonaviy tarzda e’tibor qaratib, tarbiyaning ijtimoiylashuvi uchun imkoniyat yaratildi. Pedagogik faoliyatlar jarayonida “tarbiya” tushunchasi o‘z navbatida “qadriyat” tushunchasi bilan uzviy bog‘liq ravishda qo‘llaniladi. 1346 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 2 Qadriyat - voqelikdagi muayyan hodisalarning umuminsoniy, ijtimoiy axloqiy, madaniy maʼnaviy ahamiyatini koʻrsatish uchun qoʻllanadigan tushuncha sifatida inson va insoniyat uchun ahamiyatli boʻlgan barcha narsalar, erkinlik, tinchlik, adolat, ijtimoiy tenglik, maʼrifat, haqiqat, yaxshilik, goʻzallik, moddiy va maʼnaviy boyliklar, anʼana, urf-odatlarning o‘zaro uyg‘unlikdagi tushunchasi hisoblanib, u aksiologiyaga xos kategoriyadir. Tadqiqot ishimizda muayyan bir elat, millat, xalqning hayoti, turmush tarzi, tili, madaniyati
Доказательный фрагмент
«This article specifically addresses the development of spiritual competence in future primary school students, as well as the content and essence of axeological values in the development of this competence.»
Образец извлечения
Демо-превьюThis article specifically addresses the development of spiritual competence in future primary school students, as well as the content and essence of axeological values in the development of this competence. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- perfection, enlightenment, axeological approach, folk pedagogy, value, akseologik yondashuv, xalq pedagogikasi, milliy qadriyat., kamolot, ma’rifat, qadriyat
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025
МонографииK.J.Murodov2026