К содержанию
РецензированоEN2026

MIOPIYA

Karimova Yulduz

Современная наука и исследования · 2 · 2026

Аннотация

Myopia is also called nearsightedness or farsightedness, it is a condition of incorrect refraction of light, in which distant objects appear blurry, and close objects appear clear. In it, the main focus is located in front of the retina. Myopia is congenital and acquired. Basically, its mild, moderate and severe degrees are distinguished. Myopia is corrected with the help of lenses, glasses and laser surgery. Keywords: eye, myopia, retina, lens, glasses, focus, laser surgery. Miopiya yoki yaqinni ko’rish - bu refraksion anomaliya bo’lib, unda parallel yorug’lik nurlari ko’z gavhari va to’r pardaga yetib bormasdan oldin to’planadi. Natijada, uzoq masofadagi obyektlarning tasviri loyqalanadi, yaqindagi buyumlar esa aniq ko’rinadi. Etiologiya va patogenez. Miopiyaning rivojlanishida quyidagi faktorlar asosiy o’rin egallaydi. 1.Genetik omillar – Agar ota-onadan biri yoki ikkisi ham miopiyaga ega bo‘lsa, bolada ushbu kasallik rivojlanish ehtimoli yuqori bo‘ladi. 1339 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 2 2.Atrof-muhit omillari – Ko‘zning uzoq vaqt davomida yaqin masofada ishlatilishi, masalan, kitob o‘qish, kompyuter yoki telefon ekraniga tikilish, miopiyaning rivojlanish xavfini oshiradi. 3.Ko‘zdagi anatomik o‘zgarishlar – Ko‘zning shaklining cho‘zilishi yoki shox pardasi va gavhar (linza)ning qalinligi optik fokusning noto‘g‘ri joylashishiga olib keladi. 4.Yorug’likdan noto’g’ri foydalanish – Kam yorug‘likda yoki ortiqcha sun’iy yorug‘lik ostida uzoq vaqt ishlash ko’rish o’tkirligining pasayishiga olib kelishi mumkin. Miopiyaning belgilari. Miopiya turli darajada bo‘lishi mumkin va uning asosiy belgilari quyidagilar: Uzoqqa qaraganda narsalarni xira ko’rish; Ko‘zlarni qisib, tiniq ko’rishga harakat qilish; Ko‘z charchashi va bosh og‘rig‘i; Kechasi ko‘rishning yomonlashishi (tungi miopiya) O‘quv jarayonida yoki kundalik hayotda qiyinchiliklar yuzaga kelishi. Miopiyaning diagnostikasi Miopiyani aniqlash uchun oftalmolog tomonidan turli tekshiruvlar o‘tkaziladi: Ko’rish o’tkirligini aniqlash– Standart Snellen jadvali, Golovin jadvali yordamida ko‘zning uzoqni ko‘rish qobiliyati tekshiriladi. Refraktometriya – Ko‘zning optik quvvatini aniqlash uchun avtomatlashtirilgan yoki qo‘lda bajariladigan tekshiruv usuli; Skiaskopiya – Yorug‘lik nurlari yordami bilan ko‘zning refraksiya qobiliyati baholanadi. Biomikroskopiya va funduskopiya – Ko‘zning anatomik tuzilishini batafsil tekshirish uchun ishlatiladi. Bunda ko’zning tubiga baho beriladi. Miopiyani davolash usullari Miopiyani davolashning turli usullari mavjud bo‘lib, ularning har biri bemorning yoshiga, kasallik darajasiga va hayot tarziga bog‘liq ravishda tanlanadi. Optik korreksiya. Ko‘zoynaklar yordamida- miopiyani korreksiya qilishning eng keng tarqalgan va qulay usuli. Kontakt linzalar – ko‘zoynak o‘rnida ishlatilishi mumkin.bunda maxsus yumshoq linzalardan foydalaniladi. Farmakologik terapiya Atropin tomchilari – Bolalar va o‘smirlarda miopiyaning rivojlanishini sekinlashtirish uchun qo‘llaniladi. Bu qorachiqni ma’lum bir muddat kengaytirib akkomodatsiya spazmini olishga yordam beradi. 1340 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 2 Dopamin agonistlari – ko‘zning o‘sish jarayonini tartibga solishga yordam berishi mumkin. Jarrohlik muolajalari. LASIK (Laser-Assisted in Situ Keratomileusis) – Ko‘zning shox pardasini shaklini o’zgartirish orqali ko‘rish qobiliyatini yaxshilovchi operatsiya. PRK (Photorefractive Keratectomy) – LASIKga o‘xshash usul bo‘lib, ko‘zning tashqi qatlamiga lazer yordamida ta’sir qilinadi. Fakal linzalar implantatsiyasi – yuqori darajadagi miopiyani tuzatish uchun ichki linzalar qo‘yiladi. Miopiyaning oldini olish va profilaktika. Miopiyani oldini olish uchun quyidagi choralarga rioya qilish tavsiya etiladi: 1.Yaxshi yorug‘lik sharoitida ishlash – kitob o‘qish yoki kompyuter bilan ishlashda yetarlicha yorug‘lik bo‘lishi kerak. 2.Ko‘z mashqlarini amalga oshirish – ko‘z mushaklarini mustahkamlash uchun maxsus mashqlar qilish kerak. 3.Ekologik omillarga e’tibor berish – ko‘zni ortiqcha charchatmaslik, uzoq vaqt ekranga qarashdan saqlanish lozim. 4.Muntazam oftalmologik tekshiruvlar – har yili ko‘z shifokoriga murojaat qilib, ko‘rish qobiliyatini tekshirtirib turish muhimdir.miopiyasi bor shaxslar har 6 oyda qayta tekshiruvdan o’tishlari shart. Xulosa Miopiya bugungi kunda keng tarqalgan muammo bo‘lib, uning tarqalish darajasi yildan yilga ortib bormoqda. Bu kasallikning rivojlanishiga genetik va atrof-muhit omillari ta’sir qiladi. Miopiyani erta aniqlash va to‘g‘ri davolash orqali uning salbiy oqibatlarini kamaytirish mumkin. Zamonaviy optik vositalar, farmakologik davolash va jarrohlik usullari miopiyani samarali tarzda boshqarishga yordam beradi. Shuningdek, profilaktika choralari ko‘rish qobiliyatini saqlashda muhim rol o‘ynaydi.

Доказательный фрагмент

«Myopia is also called nearsightedness or farsightedness, it is a condition of incorrect refraction of light, in which distant objects appear blurry, and close objects appear clear.»

Образец извлечения

Демо-превью

Myopia is also called nearsightedness or farsightedness, it is a condition of incorrect refraction of light, in which distant objects appear blurry, and close objects appear clear. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
eye, myopia, retina, lens, glasses, focus, laser surgery, fokus, linza, ko’zoynak, to’r parda, ko’z, miopiya, lazer jarrohlik.
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники